Mavzu: Psixometr yordamida havo namligini aniqlash.
Nazariy qism.
Tabiatdagi
suv turli xil shaklda, chunonchi, yomg‘ir, qor, tuman, qirov,
shudring, muz kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘lib, ularning barchasi namlik tushunchasini ifodalaydi. Namlikning etishmasligi quruqlikdagi hayotning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Ma’lumki, havo atmosferasi tarkibiga ba’zi gazlar bilan bir qatorda suv bug‘i ham kiradi. Havoning 1m
3 xajmidagi suv bug‘ining miqdoriga son jihatidan teng kattalik absolyut namlik deb kiritiladi. Klayperon tenglamasiga muvofiq 1m
3 havodagi suv bug‘ining miqdorini quyidagicha hisoblash mumkin.
q=l,06p/(1+at°) (1.1)
a=1/273 (grad)
-1 havoning hajm kengayish koeffitsienti. Uncha katta bo‘lmagan temperaturadagi absolyut namlik q, shu temperaturadigi suv bug‘ining parsial bosimidan (r) farq qilmaydi. SHu tufayli absolyut namlik suv bug‘ining parsial bosimlarida ifodalandi va mm simob ustuni birligi bilan o‘lchanadi.
Er sirti va ochiq suv havzalaridan suyuqliklarni bug‘lanish va kondensatsiyalanishi atmosferaning iqlim sharoitlariga ta’sir qiladi. Havoni quruq yoki namligi nafaqat absolyut namlikka balki uning tuyinish darajasiga yaqinligiga ham bog‘liq bo‘lib, u nisbiy namlik orqali hisobga olinadi.
Nisbiy
namlik deb, berilgan temperaturadagi, suv bug‘ini
parsial bosimini, shu temperaturadagi tuyintiruvchi bug‘ bosimiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka aytiladi.
R=(P/P0)
100 % (1.2)
Bu erda P
0 - berilgan temperaturadagi tuyintiruvchi bug‘ bosimi.
Berilgan temperaturada o‘z cuyuqligi bilan termodinamik muvozanatda bo‘lgan bug‘,
tuyingan bug‘ deyiladi.
Agar tuyinmagan bug‘ni o‘zgarmas bosim sharoitida sovutilsa, ma’lum