Mavzu: pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul va banklar2
MUSTAQIL ISH FAN: PUL VA BANKLAR MAVZU: PUL AYLANISHI VA UNING TARKIBIY QISMLARI Bajardi: Suyunov D Tekshirdi: Umarova L TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Reja : · Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qimlari · Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari · Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati · Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tashkil etilishi va tamoyillari · Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari · Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish Tayanch iboralar Pulning naqd pullik va naqd pulsiz aylanishi. Pul aylanishini ayrim belgilari bo’yicha guruhlanishi. Monetar va fiskal siyosat. Naqd pul aylanishi subyektlari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etilishi. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning unsurlari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning to’lov topshiriqnoma, to’lov talabnoma, akkreditiv, inkasso topshiriqnoma, hisob – kitob cheki, memorial order shakllari. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning plastik – kartochka shakli. Plastik kartochkalarni ayrim belgilari bo’yicha guruhlanishi. Hisob – kitob va to’lov intizomi ustidan nazorat va u bo’yicha qullaniladigan choralar. Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qismlari Pul aylanishi – bu naqd pullik va naqd pulsizlik olib boriladigan hisob – kitoblarning yiђindisidir. Pul aylanishi asosan ikki belgiga: 1. Jami ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish 2. Pulni funksiyalariga ko’ra tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin Jami ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan boђliq holda pul aylanishi: tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, kapital qurilish bilan boђliq aylanishga, hamda tovar va ularning xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga bo’linadi. Tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi pul aylanishiga ishlab chiqarishga tegishli ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, mahsulotni sotish, tegishli tashkilotlar bilan hisob – kitoblar olib borish kiradi, ikkinchisiga kapital qurilish va ta’minlash sohasidagi hisob – kitoblar kiradi. Tovar va ularni xarakati bilan boђliq bo’lmagan aylanishga milliy daromadni taqsimlash va kayta taqsimlash bilan boђliq to’lovlar va boshqa tovar xarakati bilan boђliq bo’lmagan to’lovlar kiradi. Pul funksiyalariga va to’lov turiga ko’ra pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz aylanishga bo’linadi. Umuman pul aylanishi quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: 1. Pullik munosabatlarning turiga ko’ra: a) Tovar – moddiy qiymatlarni ayriboshlash jarayonidagi pul ayla-nishi b) Tovar xarakteriga ega bo’lmagan hisob – kitoblardagi pul aylanishi 2. To’lov usuliga ko’ra: a) Naqd pullik b) Naqd pulsiz 3. Pul munosabatlari ishtirokchilarining xududiy joylashishiga ko’ra: Xududlararo pul aylanishi 4. Pulni to’lov jarayonidagi ishtirokiga ko’ra: a) Aktiv pul aylanishi – to’lov jarayonida bevosita ishtirok etayotgan pul massasi b) Passiv pul aylanishi – ma’lum davr ichida, vaqtincha muomilada ishtirok etmayotgan pul massasi (jamђarmadagi, hisob – varaqlardagi bo’sh pul mablaђlari). Pul aylanishi holatini tartibga solish bo’yicha xukumat organlari tegishli tartibda monetar va fiskal siyosatini olib boradi. Monetar siyosat – mamlakatda pul massasi va pul bozorini tartibga solishdir. Monetar siyosatning bosh ђoyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul. Davlat yalpi talabga muomiladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi kerak. Bunga ko’ra muomiladagi pul miqdori = Yalpi milliy mahsulot Monetar siyosat: xarakatdagi pul miqdorini belgilash, uni qat’iy nazorat qilish; tijorat banklari faoliyatini ko’zatib borish: kredit emissiyasini bajarib borish; davlat oltin – valyuta zaxirasini yaratish va foydalanishni ko’zda tutadi. Davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo’yicha chora – tadbirlar ko’rish orqali mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosat fiskal siyosat deyiladi. Fiskal siyosatning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash. Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bo’linadi. Avtomatik deganda xukumat tomonidan qo’shimcha chora – tabirlar belgilamay mavjud iqtisodiy mexanizm orqali iqtisodiy o’zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq to’zilmalarini iqtisodiy kon’yuktura o’zgarishiga boђliqligi va boshqalar. Diskresion (lotincha dissrecio – o’z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat davlat tomonidan yalpi milliy mahsulotning real xajmiga, bandlik, iflyasiya va iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora – tadbirlarni belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar, me’yorlarga kushimcha ravishda yoki ularni o’zgartirish bo’yicha tezkor tarzda majburiy chora – tadbirlar ko’riladi (soliq reformasi va boshqalar). Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy ximoya usullarini, byudjet daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirish siyosati, narx – navoni pasaytirishga ta’sir ko’rsatish kabi chora – tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ma’lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish jarayoni odatda korxona va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan pullik munosabatlarga boђliq. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni o’z xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz shaklda olib boriladi. Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning xarakati bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chikkach korxona va tashkilotlar kassasi orqali axoli kuliga utadi. Oldi – sotdi va to’lov xarakatlari bajarilgach u yana bankga kaytadi. Mamlakatimizda naqd pul qullaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi subyektlar o’rtasida bo’ladi. 1. Davlat va korxona, tashkilotlar, muassasalar o’rtasida (ish xaqi, tovar sotib olish, xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar va boshqalar) 2. Davlat va axoli o’rtasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to’lovlari va boshqalar) 3. Kredit tizimi va aholi o’rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni jamђarmaga qo’yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar) 4. Korxona, tashkilot va muassasalar o’rtasida cheklangan holdagi naqd pul bo’yicha hisob – kitoblar, chunki ular o’rtasidagi hisob – kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi. Pulning naqd aylanishi – bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to’lovlar yiђindisidir. Bu aylanish pul o’zining to’lov va muomila vositasi funksiyalarini bajarishi bilan boђliq. Naqd pullar muomila vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar o’rtasida hamda aholi o’rtasidagi tovarlar sotib olinganda va sotishda qullaniladi. Pul to’lov vositasi sifatida ish xaqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi kurilish va boshqa maqsadlarga beriladigan kreditlar, suђurta to’lov va qoplamalarini amalga oshirishda Undan tashqari naqd pulning aylanishi: - kommunal va maishiy xizmatlar uchun to’lovlarda - soliq va boshqa yiђimlar to’lovida - «O’zbekiston pochtasi» xizmatlari bo’yicha to’lovlarda - Temir yul, xavo yuli va mahalliy transportga to’lovlarda - savdoda tovarlarni sotishda - Šuyilmalarni quyish va olishda - mehnat xaqi, pensiya va nafakalar to’lovini amalga oshirishda va boshqa xolatlarda amalga oshiriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi bir – biri bilan o’zviy boђliq, chunki pul naqd pul aylanishidan naqd pulsiz aylanishga va aksincha aylanib doimiy xarakatda bo’lib, umumiy pul aylanishini ta’minlaydi. Korxona, tashkilot va muassasalarning banklardagi hisob raqamlaridagi pul mablaђlari quyidagi xollarda naqd pulga aylanadi: - Ishchi, xizmatchilarga ish xaqi berishda - Ko’rsatilgan xizmat va ishlar uchun naqd pul to’lovida - Pensiya, nafaqa, har xil mukofotlar, suђurta qoplamasi to’lovida - Aholidan qishloq xo’jalik mahsulotlari sotib olinganda - Davlat zayomlari va lotoreya biletlari bo’yicha to’lovlarda - Aholi banklardan o’z jamђarmalarini talab qilganda va boshqa hollarda O’z navbatida naqd pullar quyidagi hollarda naqd pulsiz aylanishga tushadi: - Uy– joy va kommunal xizmatlar uchun to’lovlarda - Ќar xil soliq va yigimlar, boj va jarimalar to’lovlarida - Aloqa tashkilotlariga to’lovlarda Davlat zayomlari, lotoreya va boshqa uyinlardan tushumlar orqali - Aholini yakka tartibdagi banklar bilan qurilish va boshqa kredit munosabatlari bo’yicha to’lovlarda - Bolalar muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda - Dam olish uylari va boshqa soђlomlashtirish muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda va boshqa hollarda Pulning naqd pullik aylanishga o’tish jarayoni pul muomilasi uchun xatarliroq ekanligi tufayli Markaziy bank tomonidan u qattiq nazorat qilinadi. Markaziy bank tomonidan nazoratni oshirilishi tufayli 1996 – 2002 yillarda naqd pullarni bank kassalariga qaytishi 80 – 93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, 2005 yilda u 96,3 foizga yetdi. Naqd pullik munosabatlarning xususiyatlari yana shundaki, bir pul belgisi bir necha marta to’lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Muomilada bo’lgan naqd pul massasi ma’lum bir davrda (oy, chorak, yillarda o’zgarmas bo’lib turgan holda naqd pul aylanishi pulni aylanish tezligiga ko’ra muomiladagi naqd pul miqdoridan bir necha marta ko’p bo’lishi mumkin va aksincha. Pul aylanishida to’lov aylanishi bilan naqd pulsiz aylanishlar o’rtasidagi farqni bilish lozim. To’lov aylanishi deb pulning to’lov vositasi sifatida xarakati tufayli vujudga kelgan pul aylanishiga aytiladi. Naqd pulsiz aylanish to’lov aylanishining tarkibiy qismi bo’lib naqd pulsiz aylanish va naqd pul aylanishining pulning to’lov vositasi funksiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi. 3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga to’ђri keladi. Naqd pulsiz hisob – kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha bir – biriga bo’lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablaђlarini schyotdan – schyotga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul oborotida naqd pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ortib boradi. Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 27 – iyunda №60 son bilan tasdiklangan «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’ђrisida» Nizom qabul qilingan va unga 2002 yilni 12 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritilgan. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar va bank faoliyati to’ђrisidagi, O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’ђrisidagi Šonunlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston xududida naqd pulsiz hisob – kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika makonida hisob – kitoblarni o’zluksiz bajarilishini ta’minlashga muljallangan. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi: 1. Yalpi ichki mahsulot va milliy daromad xajmining ortib borishi; 2. Tovar aylanishi hajmini o’sishi; 3. Xo’jalik subyektlari o’rtasida hisob – kitob munosabatlarining oshishi; 4. Bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolini o’sishi; 5. Iqtisodiy alokalarni rivojlantirishda va hisob – kitoblarda elektron hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan keng ko’lamda samarali foydalanishni oshishi; 6. Naqd pulning kuprok miqdorda oldi – sotdi bilan shuђullanuvchi ishbilarmonlar qo’liga o’tib ketganligi; 7. Pulning davlat gaznasidan chiqib yana qaytib kelishi jarayonlarida uzilishlarning paydo bo’lishi; 8. Davlatning naqd pul yetishmasligi muammosiga duch kelishi va boshqalar Naqd bo’lmagan pul xarakati xajmining doimiy o’sib borishi xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega va u quyidagilar bilan belgilanadi: 1. Xo’jalik subyektlarining naqd pulga bo’lgan ehtiyoji keskin qisqaradi; 2. O’zaro hisob – kitoblarni amalga oshirish jarayonidagi muomila xarajatlari tejaladi; 3. Muomiladagi pul mablaђlarining xavfsizligi kamayadi; 4. Hisob – kitoblarni banklar orqali amalga oshirilishi ularning xuquqiy jihatdan qonuniyligini ta’minlaydi. 5. Xo’jalik hisob varaђiga pul mablaђlarining kelib tushishi, ular yaratgan mahsulot yoki kursatgan xizmatlarnig ijtimoiy tan olinishi ta’minlanadi; 6. Xo’jaliklar o’rtasidagi aloqalarni mustaxkamlaydi, tovar – pul mablaђlari xarakatini tezlashtiradi; 7. Naqd pulga bo’lgan talabni va shu bilan birga qoђoz pullar emissiyasi va ularni saqlash bilan boђliq xarajatlarni kamaytiradi; 8. Hisob – kitoblarni banklar orqali o’tishi lozim bo’lgan soliqlar miqdorini to’ђri aniqlash bo’yicha nazoratni ta’minlaydi; 9. Muomilada naqd pul miqdorini kamayishi uning inflyasiya darajasini pasaytiradi va boshqalar Naqd pulsiz hisob – kitob tashkil etilishi va tamoyillariNaqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etish va amalga oshirishni banklar olib boradi. Maxsus banklar xalk xujaligi tarmoklari korxonalariga hisob – kitob xizmatini kursatadi. Markaziy bank bu hisob – kitoblarni yuritish bo’yicha tartib qoidalarni ishlab chiqadi. Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi unsurlarni o’z ichiga oladi: 1. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni olib borish va amalga oshirishning asosiy tamoyillari; 2. Hisob – kitob shakllari; 3. Hisob – kitob xujjatlari; 4. To’lov turi; 5. To’lov navbati va manbalari; 6. Hisob – kitob qatnashchilari; 7. Hisob – kitob qatnashchilarining xuquq va majburiyatlari va boshqalar Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: 1. Korxona va tashkilotlar o’z pul mablaђlarini (qarzga olganlarini ham) banklarda saqlashi zarur; 2. Barcha naqd pulsiz hisob – kitoblarni bank orqali o’tishi; 3. Xo’jalik subyektlari hisob – kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari. 4. Xo’jalik subyektlarining hisob – kitoblar bo’yicha shartnomaviy munosabatlariga bankni aralashmasligi; 5. Tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga oshirilishi; 6. To’lovlar xo’jalik subyektlarining hisob varaqasidagi mablaђlari hisobidan, ba’zida (agar korxona kredit olishi mumkin bo’lsa) bank krediti hisobidan amalga oshirilish. 7. Mol yetkazib beruvchining hisob varaђiga pul mablaђlarini o’tkazish mazkur mablaђlarning mol sotib oluvchining hisob varagidan chiqarilgandan keyin amalga oshiriladi; 8. To’lovchi tegishli xuquqga ega bo’lsa to’lovni qisman va tulik rad etishi. Xo’jalik subyektlari pul mablaђlarini saqlash va hisob – kitoblar olib borish, kassa operasiyalarini amalga oshirish uchun tegishli bank bo’linmalarida o’zlarining hisob varaqlarini ochadi. Byudjet hisob varaqlari byudjet kassasini ijro etish operasiyalarini bajarish, to’lovlarning tushumi va xarajatlarni aks etirish uchun ochiladi. Ssuda hisob varaqlari ma’lum tartibda rasmiylashtiriladigan ssudalar (kreditlar) bo’yicha ochiladi. 1997 yildan hisob – kitob va joriy hisob varaqlari urniga depozit hisobvaraqlari, ya’ni talab kilib olinadigan depozit hisob varaqlari joriy etilgan. Depozit – bank muassasalarida saklash uchun quyilgan pul mablaђlari yoki qimmatli qoђozlar ma’nosini bildiradi. 5. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari Hisob – kitoblar shakli deganda xuquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan hisoblashuv xujjatlarining turi va xujjat aylanishi tartibi bilan farq qiladigan mablaђlarni naqd pulsiz utkazish shartlari tushuniladi. Hisob - kitob operasiyalari banklar tomonidan korxona uchun ochilgan hisob varaqlaridan mijoz bilan hisob – kitob xizmati kursatish yuzasidan to’zilgan shartnomaga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 1998 yil 27 iyundagi 60 – sonli «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’ђrisida Nizom»ga asosan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi - to’lov topshiriqnoma - to’lov talabnoma - akkreditivga ariza - inkasso topshiriqnoma - hisob – kitob cheki - memorial order - №0505411002; - №0505411001; - №0505411009; - №0505411013; - №0505411005; - №0505411008; - plastik kartochkalar bilan hisoblashish Korxonalar o’ziga qo’lay bo’lgan hisob – kitob shaklini erkin tanlashi mumkin. Hisob – kitoblarning qaysi shaklini qo’llash mumkinligini, to’lovning to’lash tartibi, to’lovchi bilan mablaђ oluvchi o’rtasida to’ziladigan shartnomada kursatiladi. Yukoridagi shakllar bo’yicha qullaniladigan xujjatlar Markaziy bankning quyidagi talablari va andozalariga mos kelishi lozim: - hisob-kitob xujjatining raqami; - xujjat to’ldirilgan sana, oy, yil; - to’lovchining nomi; - to’lovchining hisob varaq raqami; - soliq to’lovchisining identifikasiya raqami (chek va akkreditivlarda kursatilmaydi); - to’lovchi bank nomi; - to’lovchi bank kodi; - oluvchining nomi; - oluvchining hisob raqami; - oluvchi bank nomi; - oluvchi bank kodi; - to’lov so’mmasi miqdori (yozuvda ham ko’rsatiladi); - to’lovning maksadi (cheklarda ko’rsatilmaydi); Bulardan tashqari hisob-kitob cheklarida qo’shimcha ravishda quyidagilar kursatiladi; - chekning seriyasi va raqami; - jismoniy shaxs pasportining seriyasi va raqami; - chekning oxirgi amal qilish sanasi Shu kabi akkreditiv bo’yicha arizada quyidagilar kushimcha ravishda kursatiladi; -amal qilish mudatti; - akkreditiv ochilayotgan shartnoma raqami va sanasi; - buyurtma raqami; - buyurtma sanasi; - tovar yoki xizmatning nomi; - akkreditiv bo’yicha to’lovni amalga oshirishda asos bo’lgan xujjatning turi; -qo’shimcha shartlar Xujjatlar imzo quyish xuquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslarning o’z qo’li bilan qo’ygan imzosi va korxona muxri mavjud bo’lganda qabul qilinadi. Xujjatlarni buyash, chizish va tozalashga yul quyilmaydi. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllarining muhim turlaridan biri to’lov topshiriqnoma hisoblanadi. To’lov topshiriqnoma mijoz o’z hisobvaraђidan unga xizmat kursatuvchi bankka ma’lum bir so’mmani boshqa mijozning hisobvaraђiga o’tkazish to’ђrisidagi topshiriђidir. Topshiriqnomalar bilan tovarlar, ish, xizmatlar va boshqa to’lovlar bo’yicha hisob – kitoblar amalga oshiriladi. O’zbekiston Pochta va telekommunikasiya agentligi orqali (pensiyalar, alimentlar va boshqalar) mablaђlarni oluvchilarga to’lov topshiriqnomalari bilan junatishda ilova qilinishi lozim bo’lgan barcha xujjatlar (junatmalar ro’yxati, ma’lumotnomalar va boshqalar) mijozlar tomonidan bevosita O’zbekiston Pochta va telekommunikasiya agentligi korxonalariga taqdim etiladi. Topshiriqnomalar bank tomonidan to’lovchi hisob varaђida mablaђlar bo’lgandagina (agar shartnoma va boshqa me’yoriy xujjatlarda boshqalar ko’zda tutilgan bo’lmasa) qabul qilinadi. To’lov topshiriqnomalari bankga to’lovchi va oluvchiga bitta bank xizmat qilsa 3 nusxada (bank uchun, to’lovni oluvchi va to’lovchiga) taqdim etiladi, agar har xil banklar xizmat qilsa 4 nusxada to’ziladi. Elektron to’lovlar tizimi orqali olingan elektron to’lov topshiriqnoma mablaђlarni oluvchi bankda 2 nusxada qabul qilinadi: - bir nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi. - ikkinchi nusxasi mablaglar oluvchining shaxsiy hisob varagidan olingan kuchirmaga ilova qilinadi. To’lov topshiriqnomaning sanasi uni bankka takdim etilgan sana bilan bir xil bo’lishi kerak, ular mos kelmagan xolda to’lov topshiriqnoma ijro uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha fondlar bo’yicha to’lovlar bundan mustanosno). To’lov talabnomalar bilan hisob-kitoblar To’lov talabnoma – bu mablag oluvchining begilangan so’mmani to’lovchi tomonidan bank orqali to’lashi to’ђrisidagi talabini o’z ichiga olgan hisob – kitob xujjatidir. Talabnomalar yuklab junatilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, kursatilgan xizmatlar, shuningdek tomonlar shartnomasida ko’zda tutilgan boshqa to’lovlar uchun quyilishi mumkin. Talabnomalar tomonlar o’rtasida to’zilgan shartnomaga asosan akseptli va akseptsiz bo’lishi mumkin. Bank tomonidan to’lovchilarga talabnomalarni quyidagi akseptlash tartibi va muddati belgilangan: - Bir xudud ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni banka kelib tushgan kunidan tashqari 3 ish kunida - Boshqa xududlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalar bankka kelib tushgan kunidan tashqari 5 ish kunida - To’lovchining asosli iltimosiga ko’ra 10 ish kunigacha Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi. To’lovchining hisobvaraђida mablaђlar yetarli bo’lmaganda talabnoma to’lovini bank qisman amalga oshiradi. Šolgan so’mmadagi talabnoma 2 – kartotekaga joylashtiriladi, bunda talabnomaning orqa tomonida to’langan so’mma yozib ko’rsatiladi. Talabnoma akseptlashdan qisman bosh tortganda to’lovchi tomonidan akseptlangan so’mma bo’yicha to’lovlar amalga oshriladi, mablaglar bo’lmaganda esa 2–kartotekaga joylashtiriladi. Talabnomaning dastlabki so’mmasi aylanaga olinadi va yoniga to’lovchi akseptlagan talabnoma so’mmasi quyiladi. Bunda bank to’lovchi tomonidan akseptlashni qisman rad qilganligi to’ђrisida mablaђlar oluvchining bankiga yozma ravishda xabar berishi shart. Akseptsiz tulanadigan to’lov talabnomalari to’lovchilarning hisob varaqlaridan mablaglarni akseptsiz hisobdan chiqarishda quyidagi xollarda amalga oshiriladi. a) Elektr va issiklik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu xolda talabnoma ajratilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat kursatuvchi bankka quyiladi. b) Šarzdor tomonidan talabnoma da’vo so’mmasi tan olinganligi xakida javob xatining asl nusxasi ilova qilinganda c) Šonunchilikda to’ђridan – to’ђri ko’zda tutilgan boshqa xollarda Ulchov asboblari kursatkichlari va amaldagi tariflar asosida yozilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda «To’lov maqsadi» grafasida «Ulchov asboblari ko’rsatkichlari» yoki «tarif asosida» degan yozuv kursatiladi. Talabnomaning yukori burchagiga «Akseptsiz» degan so’z yoziladi yoki yozuv yozilgan muxr qo’yiladi. Bank ilova qilingan xujjatlarning talabnomada ko’rsatilgan rekvizitlariga mosligini tekshiradi. To’lovchining bankida amaliyot (operasiyaon) kuni davomida kelib tushgan akseptsiz to’lanadigan talabnomalar shu kunning o’zidayoq to’lanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, agar to’lovchining hisob varaђida mablaђlar mavjud yoki yetarli bo’lmasa talabnomaning to’lanmagan so’mmasi ikkinchi kartotekadagi hisobvaraqlarga joylashtiriladi. Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar Akkeditiv – mijozning topshirigiga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir. Unga ko’ra akkreditiv ochgan bank (bank imitent) uning kontragenti - mablaglarni oluvchi foydasiga to’lovni amalga oshirish yoki boshqa bankka bu turdagi to’lovni bajarish uchun vakolat berish majburiyatini mablaђlar oluvchi tomonidan xujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda oladi. Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin: - qoplangan (deponentlangan); - qoplanmagan (kafolatlangan). Akkreditivlar bank tomonidan ko’zda tutilmagan xolatlarning alohida hisob varaqlarida va 22602 – «Mijozlarning akkredtivlar bo’yicha depozitlar» hisob varaђida hisobga olinadi. Ќar bir mablaђlarni oluvchi uchun unga xizmat kursatuvchi bankda akkreditivlar bo’yicha alohida depozit hisob varaqlari ochiladi. Šoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, bank emitent uni ochish vaqtida mijozning o’z mablaђlarini yoki unga berilgan kreditni bank – emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank ixtiyoriga utkazishi shart. Šoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank – emitent ijrochi bankka akkreditivning butun so’mmasini bank – emitentning ijrochi bankida yuritilayotgan hisob varagidan kuchirish xuquqini beradi. Šoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan bo’lishi mumkin. Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank – emitent tomonidan mablaђlarni oluvchi bilan oldindan xabardor qilmagan holda o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivlarni chaqirib olish bank emitent zimmasiga mablaђlarni oluvchi oldida biron – bir majburiyat yuklamaydi. To’lovchi chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o’zgartirishi va bekor qilinishi to’ђrisidagi barcha kursatmalarni mablaђlar oluvchiga faqat bank – emitent orqali berishi mumkin, ushbu bank mablaђlarni oluvchini banki (ijrochi bank) ni, u esa mablaђ oluvchini xabardor qiladi. Agar ijrochi bank operasiyalarni bajarish paytigacha akkretivning o’zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirishnoma olmagan bo’lsa u chaqirib olinadigan akkreditiv bo’yicha to’lovni yoki boshqa operasiyalarni amalga oshirishi shart. Mablaђlar oluvchining roziligisiz, uni foydasiga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Ijrochi bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday holda chaqirib olinmaydigan akkretiv tasdiqlangan akrreditiv bo’ladi. Tasdiklangan akkreditiv bo’lganda ijrochi bank bank – emitentni akkreditiv shartlariga muvofiq to’lovni amalga oshirish majburiyatlari bo’yicha o’z zimmasiga qo’shimcha ravishda majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o’zgartirilish yoki bekor qilinishi mumkin emas. To’lovchi akkreditiv shakldagi hisob – kitoblarda bankka akkreditivga ariza taqdim etadi. Akkreditivga arizada akkreditlar bo’yicha mablaђlarni olish uchun mablaђlarni oluvchi taqdim etishi lozim bo’lgan akkreditiv shartlari ruyxati to’liq bo’lmasa tasdiqlovchi xujjatlarning aniq tasnifi va ularni rasmiylashtirishga doir talablar mavjud bo’lmasa, banklar akkreditiv uchun arizani to’lovchiga qaytarib berish va akkreditiv hisob varaqlarini ochmasligi kerak. Akkreditivga ariza bank – emitentga ikki nusxada taqdim etiladi: - birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik xujjatlariga tikiladi. - ikkinchi nusxasi mablaђlar to’lovchining shaxsiy hisob varaђidan olingan ko’chirmaga ilova qilinadi. Mablaђlar oluvchining bankida akkreditiv quyidagi xollarda yopiladi: a) Akkreditiv muddati tamom bo’lgach b) Mablaђlar oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom bo’lgunicha undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi yozma arizasiga ko’ra, agarda bu akkreditiv shartlarida kursatilgan bo’lsa v) To’lovchining akkreditivni to’liq yoki qisman chaqirib olish haqidagi yozma talabiga ko’ra, agar bu akkreditiv shartlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, akkreditiv bank – emitentdan xabar yetib kelgan kuni yopiladi yoki kamayadi, lekin 22602 – «Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari» balans hisob varaђidagi qoldiq so’mmadan ko’p bo’lmagan xolda. Ijrochi bank akkreditiv yopilganligi to’ђrisida bank emitentga xabar beradi. Foydalanilmagan so’mma to’lovchining bankiga mablaђlar qaysi hisob varaqdan deponent qilingan bo’lsa shu hisob varaqga utkaziladi. Hisoblashuvlarning akkreditiv shaklini ustunligi mablag oluvchi uchun ishonchli, uning shartlari oddiy; Kamchiligi – to’lovchining puli shu davrga muomiladan chiqadi, mahsulot junatuvchi bankida kutadi. Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblar Inkasso topshiriqnomasi – mablaђlar oluvchining hisob varaђiga to’lovchining hisob varaђidan so’zsiz tartibda mablaђlarni hisobdan chiqarish to’ђrisidagi bankka topshirigini anglatadi. Inkasso topshiriqnomalarini quyidagilar taqdim qilishi mumkin: - Soliq idoralari – soliqlar va davlat byudjetiga boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi byudjetidan tashqari pensiya jamgarmasiga majburiy to’lovlarga oid to’lovlar va boqimandalarni undirib olishda - O’zavtodor konserni organlari – Respublika yo’l fondiga muddati o’tib ketgan to’lovlar bo’yicha mablaђlar undirishda - Bojxona organlari – o’z muddatida to’lanmagan bojxona to’lovlari va jarimalarni unidirishda - Sud ijrochilari va undiruvchilar - ijro xujjatlari bo’yicha pul mablaђlarini undirishda - Šonunchilikka muvofiq boshqa organlar Ijro xujjatlari deb quyidagilar tan olinadi. a) Sudlar tamonidan berilgan ijro varaqalari b) Sud buyruqlari c) Alimentlar to’lash to’ђrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar. d) Natariuslarning ijro ustxatlari. d) Mehnat nizolari bo’yicha komissiya qarorlari asosida beriladigan guvoxnomalar ye) Ma’muriy buyruqbozlik to’ђrisidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatiga ega organlar. (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar j) Sud ijrochilarining qarorlari z) Qonunchilikda ko’zda tutilgan xollarda boshqa organlarning xujjatlari Bank tomonidan ijro xujjatlari asosan quyilgan hisob varaqlaridan pul mablaђlarini undirish uchun inkasso topshiriqnomalarini faqat ijro xujjatining asl nusxasi yoki uni dublikati ilova qilingan holda qabul qilinadi. Xujjatlarning nusxalari bo’yicha to’lovchilarning hisob varaqlaridan mablaђlarni hisobdan chiqarish taqiqlanadi. Inkasso topshiriqnomasi banka quyidagi tartibda taqdim etiladi: 1. agar to’lovchi va mablaђlar oluvchiga bitta bank xizmat ko’rsatsa – turt nusxada. Bunda topshiriqnomaning dastlabki uch nusxalari bankda ijro uchun koldiriladi, turtinchi nusxa xujjatlarni qabul qilish sanasi kursatilgan xolda buxgalter tomonidan imzolanib va bankni unga biriktirilgan shtampi bilan tasdiqlanib mablaђlarni oluvchiga qaytariladi. 2. Bir xudud ichida hisob – kitoblar yuritishda inkasso topshiriqnomasi bevosita to’lovchining bankiga uch nusxada taqdim qilinadi. 3. Bir xudud ichida, xududlararo hisob – kitoblarda to’langan hamda elektron tizimi orqali olingan elektron inkasso topshiriqnomasi mablaђlar oluvchining bankida ikki nusxada chiqariladi. To’lovchining hisob varaђida mablaђlar bo’lmaganda inkasso topshiriqnomasi 2 – kartotekada joylashtiriladi va qonunchilikda o’rnatilgan tartib navbatida to’lanadi. Bank aybi bilan inkasso topshiriqnomalari ijro qilinmagan yoki noto’ђri ijro qilingan xollarda amaldagi qonunchilik asosida va hajmda bank javobgar hisoblanadi. Cheklar bilan hisob – kitoblar Hisob – kitob cheki – bu mijozning xizmat kursatuvchi bankka chek beruvchining hisob varaђidan chek qabul qiluvchining hisob varaђiga ma’lum miqdordagi mablaђlarni utkazib berish uchun bankning maxsus blankasida bankka bergan topshiriђidir. Chek blankalari tijorat banklari buyurtmasiga ko’ra ularning faoliyati uchun yetarli bo’lgan miqdorda Markaziy bank qoshidagi «Davlat belgisi» (Gosznak) korxonasida belgilangan shaklda tayyorlanadi. Bunda chek raqami va seriyasi, bank – emitentning nomi va firma belgisi tipografiya usulida yoziladi. Hisob – kitob cheklari fakat tovarlar, ish va xizmatlar uchun xo’jalik subyektlari va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob – kitoblarda qullaniladi. Hisob-kitob chekining maksimal so’mmasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki o’rnatadi, minimal so’mmani esa tijorat banklari tamonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bank chek berganda jismoniy shaxsning arizasiga asosan chek so’mmasiga 200206 - «Jismoniy shaxslarning talab kilib olinguncha saklanadigan depozitlari» balans hisobvaragiga aloxida ikkilamchi hisobvaragi ochadi va to’lovlarni shu hisob varaqdan amalga oshiradi. Chek omonat kuyuvchi jismoniy shaxsning depozit hisob varaqlarida saklanayotgan mablaglar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul hisobiga beriladi. Chek ikki qismdan: hisob-kitob cheki va milk (koreshok) dan iborat. Milk hisob – kitob chekida kursatilgan so’mmalarni tasdiqlash uchun belgilangan nazorat raqamlarini o’z ichiga oladi. Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Agar chek amal qilish muddatida bankka taqdim qilinmagan bo’lsa, chek so’mmasi 29842 – «Xarakatsiz depozit majburiyatlari» balans hisob varaђida hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojoat qilgan taqdirda bank qarshiliksiz chek egasining pasporti yoki unga tenglashtirilgan xujjat asosida chekni qabul qiladi va to’lab beradi. Chekni berishda tegishli rekvizitlar to’ldirilgach bankni mas’ul xodimi hisob-kitob chekiga imzo quyadi va hisob-kitob cheki milkini nazorat raqamlari joylashgan qismi bo’yicha qirqib ajratadi va muxr bilan tasdiqlaydi. Hisob-kitob chekini olganligi haqida milkga imzo quyiladi. Alohida daftarga hisob-kitob chekining seriyasi va raqamini, chek nomiga yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi va chek so’mmasi yozib quyiladi. Kassir bankning mas’ul bajaruvchisidan barcha zururiy xujjatlarni olgach ularni tekshiradi va imzolaydi, hisob-kitob chekini oluvchidan chek beriladigan so’mmada naqd pullarni va chek omonat daftarchasini topshiradi, chek milkini amaliyot kuni oxirida bank kassiri chek milkining ma’sul bajaruvchiga topshiradi. Agar hisob-kitob cheki varaђini to’ldirishda xatoga yo’l qo’yilsa unda ushbu varaq bo’zilgan deb hisoblanadi va uning o’rniga yangi chek varaђi to’ldiriladi. Hisob-kitob chekini qabul qilish vakolotiga ega bo’lgan tashkilot xodimi mahsulot to’lovi uchun hisob-kitob chekini qabul kilaniyotgan hisob-kitob cheki belgilangan namunadagi balankada tuldirilganligi, uchirib to’zatishlari yo’qligi, nazorat raqamlari chekda yozilgan so’mmaga muvofiqligi, chek muddati o’tmaganligi, unda bank bo’limi muxrining aniq izi va imzolar mavjudligini tekshiradi. Shundan so’ng shaxsiyatini tasdiqlovchi pasportini kursatadi.1 Tekshiruvdan sung chek mahsulot uchun to’lovga qabul qilinadi va tashkilot xodimi hisob – kitob chekining teskari tomoniga tashkilotning shtampini va mansabdor shaxsning imzosini kuyadi. Agar sotilayotgan tovar, ish yoki ko’rsatilgan xizmatning qiymati hisob – kitob cheki so’mmasidan past bo’lsa, u xolda chekni qabul qiluvchi tashkilot ushbu chek so’mmasining 25 foizidan oshmagan miqdorda qiymat kaytimini naqd pulda beradi. Tovar, ish va xizmatlar to’lovi uchun qabul qilingan cheklar, cheklarni qabul qiluvchi tashkilotlar tomonidan ularga xizmat kursatuvchi bank muassasalariga pul tushumi bilan birga inkassator orqali belgilangan tartibda topshiriladi. Bank tomonidan qabul kilingan cheklar quyidagi tartibda tulanadi: a) chek beruvchi va chek qabul qiluvchiga bitta bankda xizmat kursatilganda chek so’mmasi chekni qabul qiluvchi tashkilotning hisob varagi kreditiga va «inkasso kilingan pul tushumlari va cheklar» hisobvaragi orqali chek beruvchining hisob varagi debetiga utkaziladi. Chekni asl nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi. b) chek beruvchi va chek qabul qiluvchiga turli banklar xizmat kursatsa: - chek qabul qiluvchining banki chekda kursatilgan so’mma miqdoridagi mablaђlarni qabul qilgan va chekga asosan chek qabul qiluvchini hisob varagiga kiritadi. - tijorat banklarning elektron hisob – kitob cheklari elektron tizimi orqali chek beruvchining bankiga junatiladi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi. - chek beruvchining bankida chek so’mmasi olingan elektron hisob varaq chek asosida dasturiy yul bilan avtomatlashtirilgan tarzda chek beruvchining ikkilamchi hisobvaraђidan hisobdan chiqariladi. Foydalanilmagan chek bankka taqdim qilinganda bank xodimi: - taqdim etilayotgan chekning xaqiqiyligini va uning egasini chekni olishda asos bo’lgan xujjat bo’yicha tekshirib ishonch xosil qiladi. - chekni yuz tomonida quyidagi mazmunda ustxat yoziladi. - chekni bankning bosh buxgalteriga beradi, tasdiqlovchi xujjat esa egasiga qaytariladi. Chek yo’qotilgan taqdirda bank yo’qotilgan chek bo’yicha mablaђlarni hisobdan chiqarishga javob bermaydi. Chek shaklidan foydalanishni ustunliklari quyidagilar: - hisoblashuvni tez bo’lishi; - hisob - kitobni kafolatlanganligi; - debitorlik qarzlarni kamayishi; - mablaђlar aylanishi tezlashuvi. Chek shaklning kamchiliklari quyidagilar: - cheklarni yirik hisob – kitoblarga rasmiylashtirilmasligi; - ularni rasmiylashtirishdagi murakkabliklar; - chek orqali tovarlarni nominal qiymatida sotib olib Hisob – kitoblarning memorial order shakli bank to’lovchi sifatida qatnashganda qullanilib memorial orderlar bank raxbari va bosh baxgalteri imzosi bilan tasdiqlanadi, qolgan hollarda esa memorial order bosh buxgalter va ushbu bank hisobvaraђini yurituvchi buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Memorial – orderlar bilan bajariladigan operasiyalarning qonuniy bajarilishi bank raxbari va bosh buxgalterga yuklatiladi. Fuqarolarning yozma topshiriqlari bo’yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan boђliq bo’lmagan pul mablaђlarini naqd pulsiz o’tkazishni amalga oshirish uchun banklar memorial orderlardan foydalanishlari mumkin. Bu xolda to’lov amalga oshirilgandan keyin topshiriqnoma memorial order bilan birga bankning kunlik xujjatlariga tikiladi. 6. Naqd pulsiz hisob – kitoblarda plastik kartochkalardan foydalanish Plastik kartochkalar tegishli bankda kartochka egasining hisob varagi mavjudligini tasdiklovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish xuquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to’lov vositasini o’zida ifoda etadi. Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan, mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat kursatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi tomondan, o’rtasida bo’ladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarda, shuningdek naqd pul berish punktlari (terminal) va bankomatlardan naqd pul olishda qullaniladi. Plastik kartochkalar bo’yicha xizmat ko’rsatish shartnoma asosida amalga oshirilib, shartnoma quyidagilarni o’z ichiga oladi: - tomonlarning nomlari - shartnoma mavzusi - tomonlarning xuquq va majburiyatlari - tomonlarning javobgarligi - hisob – kitoblarni utkazish shartlari - shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari - nizolarni hal qilish tartibi - tomonlarning yuridik manzili Plastik kartochkalar quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: 1. Aloqadorligi bo’yicha a) shaxsiy – bu jismoniy shaxsga beriladigan plastik kartochkalar b) oilaviy – bu shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida oilada foydalanuvchiga beriladigan plastik kartochka c) korparativ – bu yuridik shaxslarga xizmat kursatish uchun mo’ljallangan plastik kartochka bo’lib ulardan ish xaqi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa to’lovlarni, shuningdek naqd pullarni to’lashda foydalanish takiklanadi. 2. Bajaradigan vazifalariga ko’ra: a). Debet – kartochkasidan foydalanish uning egasiga emitent bilan mijoz o’rtasida to’zilgan shartnoma shartlariga muvofiq o’zining kartochkasidagi pul mablaglaridan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to’lash yoki naqd pul mablaglarini olishda (korparativ kartochkalardan tashqari) b). Kredit – kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan to’zilgan shatnoma shartlariga muvofik emitent tomonidan tovarlar, ishlar, xizmatlar xakini tulash yoki pul mablaђlarini olish uchun (korporativ kartochkalardan tashqari) berilgan kredit liniyasi miqdorida operasiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. v). Elektron xamyon – jismoniy shaxslarning kartochkasi bo’lib undan foydalanish uning egasiga plastik kartochkadagi koldik mablaglar doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarga xaq to’lash yoki pul mablaђlarini olishga imkon beradi. Plastik kartochkalarni tegishli shaxslarga biriktirishda quyidagi rekvizitlar bo’lishi shart: - identifikasiya belgilari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar) - bank – emitentning kodi - hisobvaraq raqami va kartochka egasining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilotning nomi) - kartochkaning amal qilish muddati Plastik kartochkalardan foydalanib operasiyalarni amalga oshirishda to’zilgan xujjatlar rekvizitlari plastik kartochkalar rekvizitlari bilan kartochka egalarining bank hisob varaqlari, shuningdek korxona identifikatorlari, naqd pul berish punklari, bankomatlar va tashkilotlarning bank hisob varaqlari kartasidagi muvofiqlikni belgilashga imkon beruvchi tomonlar o’rtasida kelishib olingan belgilarni o’z ichiga olishi kerak. Kartochkalar bo’yicha banklararo hisob – kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlari ko’zda tutadi: a). Hisob – kitoblarni amaldagi elektron to’lovlar tizimi orqali yalpi hisob – kitob asosida utkazish b). Hisob - kitoblarni hisob – kitob qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan jarayon markazlaridan kun davomida utkazilib yakuniy majburiyatlar hisoblangan holda tijorat banklarining vakillik hisob – varaqlaridan yakuniy hisob – kitoblar so’mmasini o’tkazish. Jarayon markazlari orqali hisob – kitoblarni utkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) kun davomida kartochkalar bo’yicha barcha tranzaksiyalar, hisob – kitoblar qatnashchilari tomonidan tasdiklangan tartibda jarayon markazi orqali utkaziladi va hisob – kitoblarda qatnashuvchi xar bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisob varaqlarda aks ettiriladi. b) hisob – kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan hisob – kitoblar bo’yicha yakuniy so’mmalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning hisob – kitoblar markazida ochilgan vakillik hisob varaqlari orqali shartnomada kayd etilgan davriylikda utkaziladi v) banklar jarayon markazida olingan ma’lumotlarga asosan kartochkalardan foydalanilgan xolda amalga oshirilgan operasiyalar bo’yicha mablaђlarni mijozlarning hisob varaqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar. 2005 yilda tijorat banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalarning umumiy soni 2 mln 99 mingtani va plastik kartochkalar orqali hisob – kitoblarni amalga oshiruvchi terminallar soni 11 mingtani tashkil etib ular orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 143 mlrd so’mni tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasi xududida faoliyat kursatayotgan banklar hisob – kitob va kredit operasiyalarini bajarish bo’yicha amaldagi qonunchilik va Markaziy bank tomonidan belgilangan bank operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga asosan javobgardirlar. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’lovlarni o’z vaqtida o’tkazilishi va tijorat banklarini vakillik hisob varaqlari (tijorat banklarini Markaziy bankni xududiy bo’linmalarida ochilgan schyotlari) holatini nazorat qiladi. Bank vakillik hisob varaђida mablaђ yo’qligi sababli korxonalarning hisob varaqlaridan to’lovlarini o’tkazilishini doimiy ravishda ushlanib qolishiga yul qo’yuvchi tijorat banklarining bo’linmalariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko’radi. Shartnoma shartlari bo’zilgan yoki talab darajasida bajarilmagan hollarda tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. Nizomda belgilangan qoidalarga amal kilmaslik yoki sifatsiz bajarilgan xollarda bank va ularning mijozlari amaldagi qonunchilik va O’zbekiston Resupblikasi Markaziy bankning me’yoriy xujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Jumladan, Markaziy bank to’ђrisidagi qonunning «Markaziy bank tomonidan qullaniladigan chorva va «….. (sanksiya) lar» moddasida – Agar bank tomonidan amalga oshirilgan operasiya va yo’l quyilgan kamchiliklar omonatchiga va kreditorlar manfaatiga putur yetkazadigan bo’lsa: - banklar ustav fondi minimal miqdorining bir foizi miqdorida jarima undirish - banklarga ayrim operasiyalarni bajarishdan 1 yilga marxum etish - bank operasiyalarini amalga oshirish bo’yicha lisenziyani chiqarib olish - bank filiallari tomonidan to’lovlarni o’z vaktida amalga oshirmaganda va vakillik hisobvaraqlari xolatini qoniqarsizligi uchun markaziy bank filialni shu faoliyatdan olgan foydasini olib quyish va shuncha miqdorda jarima solish. O’zbekiston Respublikasining «Banklar va banklar faoliyati» to’ђrisidagi qonunning 39 – «Banklarning o’z mijozlari oldidagi javobgarligi» moddasida – «Banklar o’z mijozlari oldida mablaglarni saqlanishi va boshqa olgan majburiyatlarini bajarilishi, shu jumladan to’lovlarni bir bankdan ikkinchi bankka o’z vaqtida o’tishi va ularni korxona va tashkilotlarni schyotlariga o’z vaqtida yozilishiga erishish uchun javobgar» - deyilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 yanvardagi «To’lov intizomini va o’zaro hisob – kitoblar tizimini mustahkamlash to’ђrisida»gi farmonida – tijorat banklarining raxbarlari korxona va tashkilotlar bilan bir qatorda xo’jalik subyektlarining muddati o’tgan debetorlik va kreditorlik qarzlari paydo bo’lishiga shaxsiy jivobgardirlar» - deyilgan. Agar to’lovlar kreditlar hisobiga amalga oshirilgan bo’lsa u bo’yicha shartnoma shartlarini bajarilmasligi jarima solinishiga, foizlarni oshirilishiga, kredit muddatini qisqartirish kabi choralarga sabab bo’ladi. Bu choralar yordam bermaganda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo’jalik sudi orqali amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi «Banklardagi depozit hisob varaqlaridan naqd pul to’lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to’ђrisida» gi qarorida «Aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarga depozit hisob varaqlaridan naqd pullar uzluksiz berilishi tijorat banklarining chorak, yarim yillik va yillik ish yakunlarini sarhisob qilishda ular faoliyati samaradorligi va ishonchliligini baholashning eng muhim mezonlaridan biri deb hisoblansin» - deyilgan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining ish yakunlarini ko’rib chiqish vaqtida aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarga banklarning depozit hisob varaqlaridan naqd pullarni kechiktirmay tulash borasida urnatilgan tartib bir necha marta (oyiga uch martadan ko’prok) buzilgan takdirda tijorat banklari xududiy bo’limlari va filiallarining raxbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi lozimligi ta’kidlangan. Shu kabi qarorda «Markaziy bank naqd pul mablaђlari berishni muntazam kechiktirish xollari mavjud bo’lganida tijorat banklariga nisbatan qattiq javobgarlik choralari, xatto bank operasiyalarini amalga oshirish xuquqini beradigan lisenziyani kaytarib olish choralarini qullasin» - deyilgan. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling