Mavzu: Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari


Download 17.6 Kb.
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1742544
  1   2
Bog'liq
Mavzu Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari. Pul ni-fayllar.org


Mavzu: Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari. Pul nima uchun maxsus tovar hisoblanadi?

Mavzu: Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari.


1. Pul nima uchun maxsus tovar hisoblanadi?
2. Pul xo‘jalik yuritish tuzumining qanday shaklida vujudga keldi?
3. Natural xo‘jalik tuzumida kishilar o‘rtasidagi qanday holatlar pulning vujudga kelishiga turtki bo‘ldi?
4. Pulning vujudga kelishi ayirboshlash munosabatlarida qanday muammolarni hal etdi?
5. Pulning ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga qanday omillar ta’sir etgan?
6. Pulning qanday qiymat shakllarini bilasiz?
7. O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar qachon va kim tomonidan zarb etilgan?
8. Amir Temur hukmronligi davrida qanday pul islohotlari amalga oshirilgan va pullar zarb etilgan?
9. Pul nima uchun iqtisodiy kategoriya hisoblanadi?
10. Pulning zarurligini belgilovchi omillar nimalardan iborat?
11. Nima uchun pulning funksiyalari iqtisodchi va mutaxassislar tomonidan turlicha talqin etiladi?
12. Pulning funksiyalarini sanab bering?
13. Pul qachon barcha funksiyalarini bajaradi?
14. Pulning to‘lov vositasi funksiyasi qanday namoyon bo‘ladi?
15. Pulning funksiyalarini o‘zaro aloqadorligi qanday namoyon bo‘ladi?
16. Haqiqiy pullar va haqiqiy bo‘lmagan pullarga tavsif bering?
17. Natural shaklidagi pullarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?
18. Bir tomonlama va ikki tomonlama ayirboshlash jarayonlarini vujudga kelish sabablari?
19. Metall pullarni vujudga kelishiga qanday omillar ta’sir qilgan?
Javoblari.

  1. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi. Pul qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar, pul bo‘lib qolaveradi. Yuqoridagilarga asoslangan holda, pulning mohiyatini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.


  2. Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib yashaganlar va ular o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. Natural xo‘jalik sharoitida pul bo‘lmagan, chunki unga hech qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan. Natural xo‘jalikda mahsulot ishlab chiqarilgan, tovar emas. Chunki ushbu xo‘jalikda mahsulotlar o‘z ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot tasodifiy tarzda boshqa natural xo‘jalikdagi ortiqcha mahsulotga ayriboshlangan xolos.


  3. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning ajralib chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayriboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida yetishtirgan mahsuloti tovarga aylandi.


  4. Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida bozor pul rolini o‘ynovchi metallarga quyidagi talablarni qo‘yadi: - metalning tabiatda kamyobligi; - metallning bir tarkibliligi; - kerakli miqdorda olishning qiyinligi; - qiymatni yo‘qotmasdan, yoki juda kam miqdorda yo‘qotish asosida bo‘linishi (maydalanishi); - ixchamligi va yengilligi; - uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi. Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan talablarga aynan kumush hamda undan ko‘p miqdorda oltin to‘la javob bergan. Ushbu talablarga javob bergan kumush ham uni ko‘p miqdorda hamda kam xarajat bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u oltinga teng kela olmagan. Shunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka hukmronga aylangan. Shu asosda butun dunyo bo‘yicha xalqaro hisob - kitoblarda yagona to‘lov vositasi bo‘lib oltin hisoblangan.


  5. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning ajralib chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayriboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida yetishtirgan mahsuloti tovarga aylandi.


  6. Pulning qiymat shakillari Kumush Oltin bo’lgan oldingi davrlarda hozirga kelib esa har hil tuzulishga ega. Yani hozirda kripta valyuta, qog’oz pullar, electron va metal pullar bor.


  7. Oʻzbekiston hududida dastlabki metall T.lar mil. av. 6-asrda Doro I davrida zarb etilgan, ogʻirligi.8,4 g ni tashkil etgan "darik" deb nomlangan tilla tangalar, deb taxmin qshAnadi. Mil. av. 3— 1-asrlarda va undan keyingi davrda zarb etilgan T.lar namunalari hrzirgacha saklanib qolgan. Ular jumlasiga Antiox 1 (mil. av. 281—261 yillar), Yevtidem 1 (mil. av. 235—200 yillar), Demetriy I (mil. av. 200—185 yillar), Yevkratid I (mil. av. 171 —155 yillar), Mitridat 11 (mil. av. 124—88 yillar) va Germey (mil. av. 75—55 yillar) Tlari kiradi. 8-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoda arablar hukmronligi boshlanganidan soʻng savdo muomalasini amalga oshirish uchun vazni 4,3 g boʻlgan oltin dinor, maosh va soliqlar toʻlovi uchun vazni 2,8 g. boʻlgan kumush dirhamlar va kundalik savdosotiq uchun mis tangalar — fuluslar zarb etilib, muomalaga chiqarilgan. Amir Temur davrida Samarqandda T.lar zarb etiladigan maxsus zarbxonalar tashkil etilgan, birinchi marta turkiy nom, yaʼni "tanga" deb atalgan, vazni 4,5—4,7 g boʻlgan kumush T.lar, vazni 2 g ni tashkil etgan oltin dinorlar va vazni 1,8 g boʻlgan va kumushdan tayyorlangan mirilar zarb etila boshlagan.


  8. Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim Pul islohotlari Amir Temur hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan oʻsha davrgacha muomalada boʻlgan mayda mis tangalar oʻrniga sifat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq boʻlgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshlagan. Amir Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar boʻlganligi va ularda zarb etilgan tangalar Yevropada ham mashhur boʻlganligi haqida koʻp maʼlumotlar bor. Birgina Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan 1428-yil amalga oshirilgan Pul islohotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning muomalada boʻlishi taqiqlangan. Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Ter-mizda yangi tangalar zarb etila boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin, fakat Buxorodagi zarbxona faoliyati saklab qolinib, qolganlari yopilgan.




  9. Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.
  10. Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi. Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori darajada bo‘lmasa, banklarga naqd pullarni topshirishga bo‘lgan moyilligi pasayadi, hisob-kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi.


  11. Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalari haqida turlicha talqin etishiga quyidagilar sabab bo‘ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar pulning funksiyasini zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib bayon etadi, boshqa guruh olimlar esa turli mamlakat olimlarining pulni funksiyalari xususidagi fikrlariga tayangan holda unga talqin beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa pulning funksiyalarini ta’riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‘liq voqelik va nazariyalarga tayanadi.


  12. K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi mavjudligini ta’kidlaydi. U pulning funksiyalarini quyidagi ketma – ketlikda ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‘lchovi, ikkinchisi – muomala vositasi, uchinchisi – moliyaviy pul. K.Marksning fikridagi pulning uchinchi funksiyasi ayrim iqtisodchilar tomonidan jamg‘arma vositasi, to‘lov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini bajarishi mumkinligini ilgari suriladi.


  13. Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy pul) qiymatiga ega bo‘lgan va asl qiymatiga ega bo‘lmaganligi (o‘rinbosar pullar) ga e’tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl qiymatga ega bo‘lgan pullar to‘lov vositasini bajarganda, ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi yoki aksincha. Asl qiymatga ega bo‘lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va kumushni, kredit pullarni va 100 foiz oltin bilan ta’minlangan pullarni qayd etish mumkin. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarga qog‘oz pullar, oltin asosiga ega bo‘lmagan kredit pullar kiradi. Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to‘lov vositasini ifodalagan paytda ular pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho metallar o‘rnini qog‘oz pullar egallagandan so‘ng, qog‘oz pullarning inflatsiyaga uchrashi natijasida ular pulning barcha funksiyalarini bajarmay qo‘ydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, vaqt o‘tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli qarashlar vujudga kela boshladi.


  14. Mavjud chet el iqtisodiy adabiyotlarida va keyinchalik, Rossiya olimlari tomonidan chop qilingan adabiyotlarda, pulning muomala vositasi funksiyasi uning to‘lov vositasi ekanligidan dalolat beradi, degan kabi chalkash xulosalarni uchratish mumkin. Lekin biz yuqorida keltirilgan muomala vositasi funksiyasining xususiyatlari to‘lov vositasi funksiyasiga ham mos keladi, deb ayta olmaymiz. Bu xususiyatlar pulning to‘lov vositasi funksiyasi muomala vositasi funksiyasidan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi.


  15. Kredit va pul mablag‘lari o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda, kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari bilan almashtirish funksiyasi oldinga surilgan. Lekin bu funksiya hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlar “sahnasidan” chiqib ketgan. Kreditning tashqi muhit bilan aloqasi uning ikkinchi funksiyasini keltirib chiqaradi.


  16. Pulning paydo bo'lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud. Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o‘ynovchi ko‘plab tovarlar ichidan ba’zi birlari o‘zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. Masalan, chorva, jun, tamaki, tuz ana shunday ekvivalent vazifasini bajargan. Chunki, ekvivalent rolini o ‘ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida muomala vositasi vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo‘lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.


  17. O‘zbekistonda muomala vositasi funksiyasini Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qog‘oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan naqd pullar miqdori savdo-sotiq hajmiga, ish haqi to‘lashning vaqtiga, aholining bankdan qarzga mablag‘lar olish imkoniyatiga va boshqa omillarga bog‘liq. Savdo-sotiq hajmining ko‘pligi va ish haqining tez-tez to‘lab turilishi muomalaga ko‘p pul chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko‘proq kredit olish imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuni aytish kerakki, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo‘jalik, kichik korxona, fermer xo‘jaliklarining ko‘payishi muomala vositasiga bo‘lgan talabni kamaytiradi.





  18. Download 17.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling