Mavzu: Purin-nuleotid guruh preparatalari taxlili


Download 0.63 Mb.
bet1/3
Sana08.11.2020
Hajmi0.63 Mb.
#142565
  1   2   3
Bog'liq
Норкобилов С


Toshkent farmatsevtika inistituti farmatsiya yunalishi 312-а guruh talabasi Norqobilov Sulaymon ning farmasevtik kimyo fanidan tayorlagan

Mavzu: Purin-nuleotid guruh preparatalari taxlili

тошкент 2020



Reja:

Kirish

Mavzuni dolzarbligi va ahamiyati


I. Adabiyotlar sharhi
1.1. Purin guruh dori moddalari olinishi

1.2. Purin guruh dori moddalarining fizik-kimyoviy xossalari

1.3. Purin guruh dori moddalarini miqdorini aniqlash usullari

1.4. Purin guruh dori moddalarining tibbiyotda qo’llanilishi


  1. Tajriba qism


2.1. Riboksin moddasining DF X bo’yicha to’liq tahlili

2.2. Riboksin chinligini aniqlash usullari

2.3. Riboksin dori moddasining miqdorini Spektrofotometriya va Keldal usulida aniqlash

    1. Olingan natijalarni matematik-statistik hisoblash


III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar

V.Mundarija
Kirish

Mavzuni dolzarbligi va ahamiyati


Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi—ta'lim soxasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.

Farmatsevtik kimyo farmatsiya fanlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallab, dori moddalarning olinishi, kimyoviy tuzilishini aniqlash, sifatini nazorat qilish va standartlash, turg‘unligini, saqlash muddatini aniqlash va saqlash sharoitini belgilab berish kabi muammolarni hal etadi.

Ushbu fan asos kimyo va fizika, tibbiyot fanlarining qonuniyatlari va usullaridan dori vositalarini izlab topish, ularni sifatini nazorat qilish uchun foydalanib, dori moddalari va dori preparatlarining sifatini baxolash, shuningdek biofarmatsevtik, farmakokinetik tahlil usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Dori vositalari uchun asosiy sifat standartlari bo‘lgan me'yoriy hujjatlar, ularning tuzilishi, ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish ushbu fan zimmasiga yuklatilgan. Dori vositalarining sifatliligini ularning tozaligi orqali belgilanganligi uchun ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan, shuningdek yot aralashmalarni aniqlashning aniq va sezgir usullarini ishlab chiqish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Har bir dori vositasi ozmi-ko’pmi salbiy ta’sirni ham namoyon qiladi. Shu sababdab bemor qabul qilayotgan dori vositasi qanday ta’sirga ega ekanligini anglash lozim. Bugungi kunda zamonaviy fizik, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar yaratilgan bo’lib, ular yordamida dori vositasi to’g’risida aniq ma’lumotlar olish mumkin. Farmatsiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida tez va oson, qulay bo’lgan usullar yordamida dori vositasi tahlil qilinmoqda. Bu esa o’z navbatida dori vositalarini tahlili nechog’li muhim ekanligidan dalolat beradi.



I.Adabiyotlar sharhi

1.1. Purin guruh dori moddalari olinishi
Purin imidazol va pirimidin xalqalarining tutashishidan xosil bo‘lgan. Purin aromatik xossaga ega, 10 ta π-elektronlardan iborat ta’sirlashgan sistema.

Olinishi:



4,5-diaminopirimidinga karbon kislotalarni ta’sir ettirib purinning xosilalari hosil bo‘ladi



Purin aromatik xossaga ega, 10 ta π-elektronlardan iborat ta’sirlashgan sistema.


Tautomeriya hodisasi kuzatiladi.


Muhim hosilalari

Purin qator preparatlami o‘rganishga qulay bo‘lishi uchun ularni molekula tuzilishidagi o‘zgarishlariga qarab, quyidagi shartli guruhlarga bo’lish mumkin:



  1. Ksantin hosilalari (purin qator alkaloidlar va ularning yarimsintetik hosilalari).

  2. Purinning dori sifatida ishlatiladigan nukleozidlari

  3. Purinning sintetik hosilalari.





Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling