Mavzu: Qad-qomatning shakllanishi. Darsning ta’limiy maqsadi


Download 58.5 Kb.
Sana20.01.2020
Hajmi58.5 Kb.

Mavzu:Qad-qomatning shakllanishi.

Darsning ta’limiy maqsadi:

O’quvchilarda qad-qomatning shakllanishi, tabiiy egilishlar, qad-qomatning shakllanishidagi kamchiliklar ,ularning kelib chiqishining oldini olish ,qad-qomatning 18 yoshgacha shakllanishi to’g’risida o’quvchilarda bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish.



Darsning tarbiyaviy maqsadi:

O’quvchilarda ekologik tarbiyani,axloqiy fazilatlarni shakllantirish. Jamoada ishlash, o’zgalar fikrini hurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash.



Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

O’quvchilarning qad-qomat to’g’risidagi bilimlarini rivojlantirish, duyoqarashini kegaytirish, fikrlash qobiliyati va nutqini o’stirish.



Dars turi:

Aralash dars.



Darsda foydalaniladigan texnologiyalar:

“Aqliy hujum”,”Klaster”, “Venn diagrammasi”, test savollari, tarqatma materiallar.



Darsda foydalaniladigan jihozlar:

Texnik vositalar, bukletlar, rasimlar, plakat, darslik.



Darsning borishi:

Tashkiliy qism. 3-4 daqiqa.

O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi. Sinfdagi navbatchi o’quvchidan davomatni aniqlaydi va sinf jurnaliga qayd etadi. Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini aniqlaydi.Mamlakitimizda va jahonda fan sohasida bo’layotgan yangiliklar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi. O’quvchilardan ham fikrlarini so’raydi.

O’tilgan mavzuni so’rash: 15daqiqa.

O’qituvchi “Aqliy hujum”dan foydalanib o’quvchilarga o’tilgan mavzudan umumiy savollar bilan murojaat qiladi.

Savollar:

1.Muskullarni harakatga keltiruvhi nerv hujayralari nima deyiladi?

2.Skelet muskullari necha xil ish bajaradi?

3. Muskulning statik ishiga misol ketiring.

4.Muskullarning dinamik ishiga misol keltiring.

5.Muskul necha xil sababga ko’ra charchaydi?

6.Muskul kontrakturasi deganda nimani tushunasiz?

Aqliy hujum”dan keyin o’qituvchi doskaga ikki nafar o’quvchini chiqaradi.Ular doskada “Skelet tuzilishi”, “Skelet tarkibi”, “Muskullar” mavzularida “Klaster” usulda ishlaydilar.Bu vaqtda o’tirgan o’quvchilardan darsda faol qatnashmaydigan o’quvchilar tanlab olinadi va ularga kartochkalar tarqatiladi.Kartochka quyidagi savollardan tashkil topgan bo’lishi mumkin.



1-Kartochka.

Motoneyronlarning nerv markazlari qayerda joylashgan?

2-Kartochka.

Muskullarning qanday xillarini bilasiz?

3-Kartochka.

Skelet muskullari qanday bo’limlarga bo’lib o’rganiladi?

4-Kartochka.

Bosh muskullariga qaysi muskullar kiradi?

5-Kartochka.

Ko’krak qafasi muskullari qanday funksiya bajaradi?

6-Kartochka.

Muskullarning statik va dinamik harakatiga ta’rif bering.

O’quvchilar yuqoridagi kartochka savollariga javob topgunlaricha doskada bir o’quvchi o’tilgan mavzuni og’zaki gapirib beradi. “Klaster” usulda doskada ishlagan o’quvchilar o’z fikrlarini asoslab beradilar va baholanadilar. Kartochkalarga tayyor bo’lgan o’quvchilar navbat bilan javob beradilar va baholanadilar.

Yangi mavzu bayoni. 15 daqiqa.

Qad-qomat deb odam tanasining o’zi odatlangan holatda erkin tutishiga aytiladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda tabiiy egilishlar bo’lmaydi. Bola o’sib borgan sari uning umurtqa pog’onasining bo’yin va bel qismida oldinga, ko’krak va dumg’aza qismida orqaga egilishlar hosil bo’ladi. Bu tabiiy egilishlar hisoblanadi. Odamning qad-qomati 18 yoshgacha shakllanadi.Qad-qomatning shakllanishida quyidagi kamchiliklar uchraydi: egilgan, kekkaygan, lordotik, kifotik, skoliotik qad-qomat. Qad-qomat shakllanishidagi kamchiliklar nafaqat tashqi ko’rinishga, balki ichki organlar joylashuviga ham ta’sir ko’rsatadi. Odam spot va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanganda tez charchaydi, nafas qisadi, yurak urishi tezlashadi. Qad-qomat to’g’ri rivojlanishi uchun yoshlikdanoq gigiyena qoidalariga rioya qilmog’I lozim. Buning uchun bolani erta yurgizmaslik, o’tqizmaslik, bir qo’lidan yetaklamaslik kerak. Yassioyoqlik. Oyoq kaftining o’yig’I tananing ressori hisoblanadi, ya’ni tana massasi oyoqning hamma joyiga teng taqsimlanadi. Oyoq kaftida gumbazning ko’payib, o’yig’ning kamayishi yassioyoqlik deyiladi.Yassioyoqlik tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma bo’lsa nasldan-naslga o’tadi yoki ona qornida rivojlanish jarayonida kelib chiqadi. Orttirilgani esa bolani erta yurgizish, og’ir yuk ko’tartirish, poshnasiz oyoq kiyim kiydirish, uchi tor poshnasi baland orqasi keng oyoq kiyim kiyishdan kelib chiqadi.Yassioyoqlik umurtqa pog’onasining egirlanishiga va qad-qomatning buzilishiga olib keladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:7 daqiqa.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

1.Qad-qomat deb nimaga aytiladi?

2.Umurtqa pog’onasidagi tabiiy egilishlarni ayting.

3.Qad-qomat rivojlanishidagi kamchiliklarni ayting.

4.Skoliotik qad-qomat qanday kelib chiqadi?

5.Kifotik qad-qomat qanday tuzilishga ega?

6.Yassioyoqlikning kelib chiqishi haqida ma’lumot bering.

Yangi mavzu mustahkamlangandan keyin o’qituvchi o’tilgan va yangi mavzuni umumlashtirib, yakunlaydi. 3daqiqa.

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarning baholarini o’qib, eshittiradi va rag’batlantiradi. Darsda qatnashmay, chetda qolgan o’quvchilarni ogohlantirib, qo’shimcha vazifalar beradi.

Uyga vazifa berish.2 daqiqa.

Mavzuni o’qib, o’zlashtirish, mavzu bo’yicha bukletlar, krossvordlar tuzish.

Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.

Bayramni 2 nafar o’quvchi olib boradi.

1-o’quvchi: -Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar.

2-o’quvchi: -Assalomu alaykum, bugungi qushlar bayrami qatnashchilari.

Shundan so’ng tadbirni ochib berish uchun so’z maktab direktoriga beriladi.

Qanotlarin samolarda silkitgan,

Bahor nafasiga dimog’in tutgan.

Sog’ingandan chanqog’ini unutgan,

Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.

Suhbat ayla bugun har bir qush bilan,

So’zlarini tingla aqlu xush bilan.

Xayrlashib kelgan qora qish bilan,

Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.

Turnalar samoga solar arg’imchoq,

Peshtoqdan joy olar bizning qaldirg’och.

Bulbullar sho’x sayrar dimog’lari chog’,

Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.

Boyqush ham salom deb boshin egadi,

Popishak boshiga tojin kiyadi.

Oqqush ham kelinchakdek xo’p yasanadi,

Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.

1-o’quvchi:- Bilsangiz, qushlar sanitarlarimiz hisoblanadi, chunki o’laksaxo’r qushlar o’lik qoldiqlarini yeb atmosfera havosini ifloslanishdan asraydi.

2-o’quvchi:-Qizilishton bolalariga bir kecha-kunduzda 300 marta ovqat keltiradi, bir juft chittak 30-40 daraxtni zararkunandalardan saqlab qoladi. Bitta qaldirg’och yoz mavsumida bir millionga yaqin hasharotni yeydi.Bir juft mayna esa bir yilda 150 ming chigirtkani yo’q qiladi.

1-o’quvchi: - Olim Zeverovning hisoblab chiqishicha, ikkita miqqiy qush bir yilda bolalariga to’qqizta yumronqoziq, beshta cho’l sichqoni, ikkita dala sichqoni va bitta sichqon bolasini keltirar ekan.

2-o’quvchi: - Endi yurtimizga uzoq o’lkalardan uchib kelgan, “Qizil kitob”ga kiritilgan vohamizdagi o’troq, uchib ketuvchi va uchib o’tuvchi qushlar bugungi bayramimizga tashrif buyurishgan. Navbatni ularga beramiz.

O’QUVCHI:

Assalom dunyoni bezagan qushlar,

Bugun bayram, sizni barcha olqishlar.

Nomingizni ayting taniylik sizni,

Davramizga qo’shilib shod eting bizni.

( Sahnaga qushlar chiqishadi.)

QALDIRG’OCH:

Qaldirchochman bahordan darak berib turaman,

Loy va xas cho’pi tashib shiftga uya quraman.

Ayvonidan joy berdi, hatto menga odamzod,

Tong sahar chug’urlashib qilaman ko’nglini shod.

Afrika, Hindistonda qishlab keldim, charchadim,

Bugun bayram ekan-ku joy beringlar, do’stlarim.

QIZILISHTON:

Uzun tumshuq menda bor, kavakda in quraman,

Daraxt tanasini qurtlardan qutqaraman.

Panjam o’tkir, dumim qattiq, erga tushmayman bir on,

Dorbozchiga o’xshayman, nomimdir qizilishton.

Taq-taq ovozimni taniydi jumlai jahon,

Safingizdan joy olishga shoshib keldim siz tomon.

SASSIQPOPISHAK:

Uzun tumshuq va zar kokil menda bor,

Hasharotxo’r qushman mening foydam bor.

Uyam oddiy yerga tuxum qo’yaman,

Bolalarim doimo och, ularni to’ydiraman.

Sassiqpopishak derlar meni tojimdan tanib,

Do’stlar, meni safingizga qo’shing deyman yolvorib.

HAMMA:

Keling-keling davramizning to’riga,

Boshingizga toj kiyib o’tavering so’riga.

BOYO’G’LI:

Men boyqushman, patlarim chipor va sarg’ish,

Boshimni egib mudom qilarman xonish.

Kuzataman dunyoni tepada turib,

O’z ozig’im poylayman tunda ov qilib.

Foydali qushman men ham safingizda turay-chi,

O’troq qushman yumushim huv o’sha kemiruvchi.

HAMMA:

Og’ir bosiq boyo’g’li, marhamat kelgin,

Bizlarni ham o’zingga do’st deya bilgin.

JIBLAJIBON:

Turimiz ko’p ahillikda bizdan o’tmas biror jon,

Jajji qushmiz rang-barang, nomimiz jiblajibon.

Zax joyga uya qurib olti bola ochamiz,

Hasharotlarni qirib bolamizni boqamiz.

Yugurdakmiz juda chaqqon dumimizdan tanishar,

Bizni ko’rib do’stlarimiz saflariga olishar.

HAMMA:

Kelgin marhamat, jajji qush jiblajibon ,

Davramizga qo’shilgin, bo’lgin sog’-omon.

VAHMAQUSH:

Og’irligim 10 gramm, juda mitti qushchaman,

Daraxning shoxlariga namatdan in quraman.

Vahmachi demang also nomim mening vahmaqush,

O’zgartirib rangimni ishim doim ov qilish.

Qishlash joyim bilsang Eron, Hindiaton,

Bag’ringdaman men bugun, hur vatan O’zbekiston.

HAMMA:

Sizni do’st deb bilamiz vahmaqush o’zimizga,

Oldinroqdan joy olib, ko’rining ko’zimizga.

TURNA:

Men turnaman gala bo’lib samolarda uchaman,

Uchib o’tuvchi qushman, ehtiyotkor bo’laman.

Ozig’im yashil poya, don, baqa va molluska,

Xushovoz tovush bilan uchaman men olisga.

Birpasgina davrangizga keldik biz,

Umr bo’yi sho’x va shodon bo’ling siz.

HAMMA:

Davramizga xush kelding, go’zal turnaoy,

Raqsga tushib berarsan bugun hoynahoy.

OQQUSH:

Noyob qushlar safidan joy olgan oqqushdirman,

Chiroyli qanotim bor hammadan soz qushdirman.

Maskanim ochiq ko’llar va Orol dengizi,

Boshimni egib goho dam olaman kunduzi.

Patlarim hammadan ko’p qush o’zimman bilsangiz,

Men ham sizga do’stdirman qatordan joy bersangiz.

HAMMA:

Xush kelibsan, oqqushjon,

Bo’l bugun bizga mehmon.

TUYAQUSH:

Tuyaqushman baland bo’yli, hammangizdan yirikman,

Naqd bir yarim kilogram tuxum qo’yib turibman.

Patlarim momiqqina, aybim- qanotim kuchsiz,

Uchish menga shart emas,yuguraman juda tez.

Qushlar bayrmiga keldim uzoq o’lkamdan,

Joy bo’lmasa mayliga qo’nim toping yelkamdan.

HAMMA:

Kelaqol, tuyaqushim, sig’asan safimizga,

Do’stlarga ochiq eshik, quloq sol gapimizga.

HAMMA QUSHLAR:

Tabiatning ko’rkimiz barchamiz ahil-inoq,

Foydamiz tegar sizga, biz bilan bo’ling o’rtoq.

Rahmat sizga, odamlar, bayram bilan kutdingiz,

Barcha qushlarni yig’ib ko’nglimiz shod etdingiz.

Xayr endi do’stlarim, in qurishga shoshaylik,

Yurtni obod qilishga hissamizni qo’shaylik.

1 –VA 2-O’QUVCHI BARALLA:

E’tiboringiz uchun rahmat.

Qushlar bayrami tadbirlarini o’tkazish o’quvchilarga estetik zavq bag’ishlaydi, qushlarni avaylab-asrash, ularga ozor bermaslik, mehr va oqibatli bo’lish kabi tuyg’ularni uyg’otadi. O’quvchilar qushlar haqida ko’pgina bilimlarga ega bo’lib, nafaqat tinglovchi, balki bayram ishtirokchisiga aylanishga harakat qilishadi. Bunday tadbirlar har bir bolaning individual yondashuvini takomillashtiradi va uni tarbiyalaydi.

TARJIMAI HOL

Men Fozilova Maqso’da 1974-yilning 3-yanvarida Jizzax viloyati Jizzax tumanining H.Olimjon nomli SFU “Toqchiliq” mahallasida ziyolilar oilasida tug’ilganman. Otam Alijon Fayziyev (marhum) oily ma’lumotli bo’lib, uzoq yillar davomida viloyat suv xo’jaligi boshqarmasida rahbar lavozimlarda ishlab, nafaqaga chiqqanlar. Onam Fayziyeva Qo’ysinoy hamshira bo’lib ishlaganlar. Oilada uch nafar farzand edik. Ikki nafar opam bo’lib, men oilada kenja farzandman. Ikkala opam ham oily ma’lumotli, maktabda o’qituvchi bo’lib ishlab kelmoqda.Oilali.

Men 1981-yilda Jizzax tumanidagi 12- umumiy o’rta ta’lim maktabiga 1-sinfga qabul qilindim. Maktabni 1991-yilda a’lo baholar bilan “Oltin medal” ga bitirdim. Shu yili Jizzax Davlat Pedagogika oliygohiga 1-kursga talaba etib qabul qilindim. Oliygahda faqat a’lo baholarga o’qib, 1995-yilda oliygohni imtiyozli qizil diplom bilan tugatdim.

1996-yilda Jizzax tumanidagi 12- umumiy o’rta ta’lim maktabiga biologiya fani o’qituvchisi bo’lib ishga kirdim. Mana 20 yildirki, ushbu maktabda yosh avlodga biologiya fanidan dars berib kelmoqdaman.

Oilaliman, 1994- yilda turmushga chiqqanman. Turmush o’rtog’m Fozilov Mo’min tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi. Hozirgi kunda besh nafar farzandim bor.

Nomi va tashkil etilgan sana


Geografik o’rni, maydoni

Nimalar muhofaza qilinadi

Bodayto’qay 1971-yil

Qoraqalpog’istonda, Amudaryo deltasida, maydoni 1000 gektar.Deltada hosil bo’lgan to’lqinsimon tekislik.

Qayirbo’yi to’qaylari, landshaftlari, adir va ko’k bargli terak, jiyda, tol chingil, qamish, har xil hasharot turlari, Turkiston ola-bula qanotli kapalagi,qora qanotli ninachi, ko’plab qushlar jumladan, ilonxo’r, uzun dumli burgut, sapsan, qora kalxat, fazan(tustovuq), xongul, to’ng’iz.

Zarafshon 1975-yil

Zarafshon daryosining o’rta oqimida, maydoni 2330 gektar. Mutlaq balandligi 620-900 metr

Cho’l zonasidagi daryo o’zanlari to’qay ekotizimi, noyob o’simliklardan ko’p yillik piyozsimon sovrinjon, shafran, ko’kterak, Turkiston do’lanasi, chakanda, yumronqoziq, jayra, qunduz, tustovuq.

Zomin 1959-yil

G’arbiy Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’rida. Maydoni 15600 ga. 1978-yili O’zbekiston Milliy bog’I tashkil etilib, uning maydoni 31500 gektarga yetkazilgan. 1700-3500 m. mutlaq balandda joylashgan tog’lar, daryo vodiylari, ko’plab daralar mavjud.

O’simliklardan archa, qora terak, tog’ piyozi, shirach,bir necha tur tog’ lolasi, zirk, marmarak va boshqalar; hayvonlardan “Qizil kitobga” kiritilgan qo’ng’r ayiq, silovsin, qor barsi, tog’ echkisi; qushlardan qora laylak, burgut, hasharotlar, jumladan, noyob kapalaklar muhofaza qilinadi.

Kitob 1979-yil

Zarafshon tog’ining yon bag’rida, Hojiqo’rg’on soyining chap qirg’og’ida joylashgan. Maydoni 5378 ga. Yer yuzasi o’rta balandliklardagi (1500-2000 m) tog’lar.

Turkistondagi yagona geologic qo’riqxona. 300-400 mln. Yillar ilgari yashagan hayvonlarning izlari, tog’ jinslari. “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob o’simlik turlari: ulug’vor yunona, ulug’ tog’ lolasi, sharq chinori, anzur piyozi, Zarafshon archasi, qizilcha, shirach, hasharotlardan beshiktervatar, Turkiston ko’zoynakli iloni, echkemar, toshbaqa, burgut, kaklik va boshqalar.

Surxondaryo davlat qo’riqxonasi

Ko’hitang tog’ tizmasining yonbag’irlarida joylashgan. O’rtacha balandlikdagi quruq mintaqada joylashgan tog’ rel’ef shakllari keng tarqalgan.

Bu hudud ko’plab noyob, endemic o’simliklarning vatani. Gulli o’simliklar ko’pchilikni tashkil qiladi. “Qizil kitob”ga kiritilgan burama shoxli echki, Turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, qoplon, kapcha ilon, qadimgi hayvon izlari, bir qator arxeologik yodgorliklar, g’orlar muhofaza qilinadi.

Nurota 1975-yil

Nurota tog’larining markaziy qismida, 400-2000 metr mutlaq balandliklarda, umumiy maydoni 22135 ga.

Bir qator hayvonlar turi, qizilqum qo’yi, jayra, burgut, qirg’iy, echkiemar, qora grif, ilonxo’r va boshqalar. Daraxtlardan bodom, yong’oq, archa mufofaza qilinadi.

Chotqol 1947-yil

G’arbiy Tyanshanning chotqol tizmasida 800-3500 metr balandlikda joylashgan. 35000 gektar maydonga ega.

Qo’riqxonada mingdan ortiq o’simlik turi bor.”Qizil kitob”ga kiritilgan tog’ lolasi, piskom piyozi, beresklet, archa, hayvonlardan Sibir tog’ echkisi, bug’u, oq tirnoqli ayiq muhofaza qilinadi.

Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling