Mavzu: Qadimgi davr O‘zbekiston tangalari


Download 1.16 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1008876
  1   2   3
Bog'liq
Qadimgi davr O‘zbekiston tangalari.

Mavzu: Qadimgi davr O‘zbekiston tangalari.


Reja:
  • O‘rta Osiyoda dastlabki tangalarning paydo bo‘lishi.
  • Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari.
  • Qadimgi Xorazm tangalari.

O‘rta Osiyoda dastlabki tangalarning paydo bo‘lishi. O‘rta Osiyo dastlabki metall tangalar amal qilingan hududlar sirasiga kirmagan. Buning asosiy sababi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning sustligidir. Ushbu hududda dastlabki tangalar paydo bo‘lguniga qadar ayirboshlashga asoslangan savdo munosabatlari, savdoning turli-tuman, hatto qimmatbaho buyum shakllari hukmron bo‘lgan. Ammo, O‘rta Osiyo aholisi mil. av. I yillikning oxirgi uch yuz yilida paydo bo‘lgan ma'dan pullar haqida tasavvurga ega bo‘lmagan deyish noto‘g‘ri. Chunki, O‘rta Osiyo xalqlari o‘z pullariga ega bo‘lgan mamlakatlar bilan olib borilgan savdo hamda siyosiy aloqalar orqali tanga bilan tanishganlar. Dastlab tangalar bu yerga qimmatbaho boylik sifatida kirib kelgan, keyinchalik esa muomala vositasiga aylangan
Shuningdek, O‘rta Osiyo mil. av. VI–IV asrlarda qadimgi forslarning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan bo‘lib, ushbu davlatda mil. avv. VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab to mil. avv. IV asrning 30 yillarigacha oltin (darik) va kumush (sikl) tangalar zarb qilingan. Ma'lumki, ahamoniylar qo‘shinlarining asosiy qismini O‘rta Osiyo xalqlari: so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va saklar tashkil qilishgan va fors podsholarining Yunonistonga qilgan harbiy yurishlarida faol ishtirok etganlar. O‘rta osiyolik jangchilar ahamoniylar saltanatining turli shaharlarida harbiy xizmat ham o‘tashgan. Hyech shak-shubha yo‘qki, o‘sha davrdayoq O‘rta Osiyo xalqlarining ko‘pchilik qismi ma'dan tangalar haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lganlar, ammo bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning ma'lum shart-sharoitlari tufayli bu pullar savdo-sotiq vositasiga aylanmay qolgan.
Qudratli ahamoniylar davlati mil. avv. IV asrning 3- choragida Aleksandr Makedonskiyning hujumlari natijasida tanazzulga yuz tutgan. mil. avv. 330–327 yillarda uch yil davomida qadimgi dunyoning yetuk lashkarboshisi O‘rta Osiyoni istilo etish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Mintaqa xalqlari o‘sha davrdagi duyoning eng kuchli armiyasiga mardonavor tarzda qarshi tura olganlar.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling