Mavzu: Qaffol ash-Shoshiy O’rta Osiyolik buyuk alloma Reja: Qaffol ash-Shoshiyning "Odob al-Qozi", "Odob al-Bahs" asarlari


Download 19.44 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi19.44 Kb.

11-mashg’ulot

Mavzu: Qaffol ash-Shoshiy O’rta Osiyolik buyuk alloma

Reja:


  1. Qaffol ash-Shoshiyning “Odob al-Qozi”, “Odob al-Bahs” asarlari.

  2. Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikga oid asarlarining islom mamalakatlariga keng tarqalishi.

  3. Qaffol ash-Shoshiyning diplomatik nomalari.

  4. Qaffol ash-Shoshiyning “Hazrati Imom” deya ulug’lanishi.

I. Qaffol ash-Shoshiyning “Odob al-Qozi”, “Odob al-Bahs” asarllari.

O’rta asrlarda Toshkentdan yetishib chiqqan yirik allomalardan biri mashhur qonunshunos, faylasuf, tilshunos va zabardast adib Qaffol Shoshiy edi. U hijriy 291, milodiy hisobi bilan 903-yili Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Qaffol Shoshiyning manbalarda uchraydigan to’liq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol ash-Shoshiydir. Hatoo u kishining hurmatini bajo keltirish maqsadida ismi yoniga “al-kabir” so’zini ham qo’shib aytishgan. Qaffol Shoshiy hunarmandlar oilasida dunyoga kelgan bo’lsa kerak, chunki uning ismi bunga dalolat qiladi. “Qaffol” – qulfsoz degani (arabcha “qufl” – bizning tilimizga o’tib buzilgan va “qulf” shaklida talaffuz qilinadi). Manbalarda saqlanib qolgan ba’zi rivoyatlarga ko’ra, Shoshiy qulf yasashga juda usta bo’lib, hatto, pashshaning oyog’iga kishan-qulf yasay olgan, vazni chorak kumush tanga og’irligidek jajji qulf yasagan ekan. Bu gaplardan Shoshiy ishiga puhta bo’lgan degan ma’no uqish mumkin. Ilk ta’limni o’z yurtida olgan alloma keyinchalik Samarqandda yashab ta’lim olgan. Dastlab u fiqhshunoslikni o’rgandi. Qaffol Shoshiy fiqh ilmini egallash bilan birga fikr doirasi o’ta keng falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham puhta egallagan, bu sohalarda eng bilimdonlar bilan munozara qila oladigan qudratga ega bo’lgan bir zotdir. Keyin u ilm chashmasidan ko’proq bahramand bo’lish istagida Yaqin va O’rta Sharq hududlariga sayohat qilgan. Umuman Qaffol Shoshiy ko’p o’lkalarga sayohat qilib, qaysi mamlakatda zo’r olim bo’lsa, ulardan bilganlarini o’rganishga harakat qilgan. Arab olimi ibn Xallikon o’zining “Vafayod al-a’yon” (Ulug’ kishlar vafoti) asarida Qaffol Shoshiy haqida shularni yozadi: “Qaffol Shoshiy hadis ilmini bilgan, tilshunos shoir edi. O’sha vaqtda Movarounnahrda u kishiga teng keladigan olim yo’q edi. Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va boshqa o’lkalarga sayohat qilib, hamma yerda ham nom taratdi…u kishining ko’p asarlari bo’lgan”. Qaffol Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid asar yozgan. Uning “Odob al-qozi” (“Qozining fe’l atvori”), “Odob al-bahs” (“Bahs odobi”) degan ta’lifi bo’lib, arab tilidagi she’rlari ma’lum. Bu xususda yuqorida zikr qilingan aran olimi ibn Xallikon yozadi: “Qonunshunoslikdan dastlab otilib chiqib, “Husni jadal” (“Dialetika go’zalligi”) degan asar yozgan kishi ham ana shu Qaffol Shoshiydir”.

II. Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikga oid asarlarining islom mamalakatlariga keng tarqalishi

Buyuk alloma Qaffol Shoshiyning o’z jamiyati, zamonasi uchun zarur fan – fiqhshunoslikni o’rganib, bu borada asarlar yozishi uni tarixga muhrladi. Bu fan Sharqda juda keng tarqalgan bo’lib, ijtimoiy jhayotda ham muhim ahamiyatga ega edi. Chunki har bir mamlakatda bu fan sohibiga zarurat katta edi. Qaffol Shoshiy mana shunday ilm sohibi edi. Meros taqsim qilish, savdo-sotiq, oldi-berdi, yo bo’lmasa qo’ydi-chiqdi kabi son-sanoqsiz janjalli masalalarning to’g’ri, adolatli hal qilinishi fiqhshunoslikka bog’liq edi. Shoshiy bu sohani ipidan ignasigacha o’rganib, bu borada yuqorida keltirib o’tganimiz – o’zining asarlarini yozgan. Bu asarlar Sharq mamlakatlarida dasturilamal sifatida qo’llanilib kelingan.

Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikka oid asarlari davr taqozosiga ko’ra islom tarqalgan mamlakatlarda keng yoyildi. Qaffol Shoshiyning adiblik, shoirlik, tilshunoslikfaoliyati bilan deyarli hech kim shug’ullanmadi. Uning dialektikaga oid “Husni jadal” asari ham o’rganilmagan. Uning fiqhshunoslikka oid Shofi’iya mazhabiga tegishli asari va bu sohadagi fikr-mulohazalarigina davr taqozosiga ko’ra islom tarqalgan Sharq mamlakatlarida keng ko’lamda yoyildi. Mana shu sohadagi fikr-mulohazalari tufayli alloma Qaffol Shoshiy ming yil mobaynida odamlar hurmatiga sazovor bo’lib keldi.



III. Qaffol ash-Shoshiyning diplomatik nomalari
Fiqh ilmida Shoshiy zamonasida – Bag’dodda yagona alloma bo’lgan. U ko’p muddatlar “Baytul hikma” ga rahbarlik qilgan. Qaffol ash-Shoshiyning dovrug’i xalifa Muntasir qulog’iga yetib, uni saroyga taklif etib, vaziri a’zamlik lavozimiga tayinlagan. Qaffol Shoshiy bir necha yillar vazirlik mansabida adolatni mezon qilib, siyosat yuritdi. Uning davrimizgacha salanib qolgan she’riy ijodlaridan biri Tojiddin as-Sabkiy asariga kirib qolgan manzumasidir. Bir kuni Vizantiya imperatori Bag’dod xalifasiga she’r bilan xat yozadi. Xat Vizantiya hukmdoridan hoshimiylar xonadonidan bo’lgan va hukmronlik o’rnida o’tirgan xalifaga deb yozilgan. “Biz sherdek otilib o’z yerlarimizni fath etdik, Damashq bo’lsa ota-bobomiz maskani edi, biz bu diyor mol-mi=ulkiga ega bo’lamiz. Misrni ham qilichimiz bilan egallaymiz. Hijoz, Bag’dod, Sheroz, Ray, Xuroson, Quddus, Sharq-u G’arb hammasini fath etamiz”< deb xalifa va uning sarkardalariga tahdid soladi, ularni qo’rqitmoqchi bo’ladi. Mana shu paytda Qaffol Shoshiy Bag’dodda bo’adi. Xalifalikda saroy a’yonlari o’rtasida yaxshi qonunshunos, zabardast olim, iqtidorli arabiynavis shoir sifatida tanilgan bo’ladi. Vizantiya hukmdorining lashkarboshisi Tag’fur xatiga javob yozishni xalifalik nomidan Qaffol Shoshiyga topshiradi. Shoshiy maktubni ko’rib, o’sha maktub vaznida o’sha tarzdagi qofiyada davom ettirib Tag’furga arab tilida javob yozadi. Bu javobning yetmish to’rt bayti as-Sabkiyning yuqorida zikr qilingan asari ichida saqlanib qolgan. As-Sabkiyning yozishicha, Shoshiyning bu javob she’rini o’qigan Vizantiya a’yonlari taajjubda qolishibdi, keyin ular bir-birlaridan so’rshibdi: “Buni yozgan kishi kim o’zi, qaysi yurtdan ekan, xalifalikda biz bunday zot borligini bilmas edik-ku?”. Voqeaning nima bilan tugaganligining ahamiyati yo’q, lekin bu misoldan Qaffol Shoshiy zabardast arbob, hozirjavob shoir ekanligiga qanoat hosil qilamiz.


  1. Qaffol ash-Shoshiyning “Hazrati Imom” deya ulug’lanishi.

Qaffol Shoshiy dovyurak, va ulug’vor shoir, ajoyib bir shaxs bo’lgan. Manbalarning ko’rsatishicha, bag’dodlik Xo’ja Muhammad Nomiy degan olim Qaffol Shoshiy qo’lida o’qigan, natijada u bilan qalin do’st bo’lib qolgan ekan. Shu kishi o’z oilasi bilan birga ah-Shoshiyga ergashib Toshkentga kelgan. Umrining oxirigacha shu yerda qolib ketgan. Qaffol ash-Shoshiy 976-yili Toshkentda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Hamshaharlari uni ilm-u donnish, adolatli va fuqaroparvarligitufayli e’zozlab, unga maqbar bunyod etganlar.1541-1542-yillarda nurab qolgan dastlabki maqbara o’rniga hozirgi maqbara Toshkent hokimi Baroqxon taxallusli Navro’z Ahmadxon topshirig’i bilan saroy me’mori G’ulom Husayn loyihasi asosida qayta qurilgan. Hozir Toshkentning xalq orasida “Hastimom” deb ataladigan joy shu mo’tabar zotga nisbatan aytiladigan nom “Hazrati imomning qisqargan shakli bo’ladi. Aslida bu joining nomi Hazrati Imom Qaffol ash-Shoshiydir. U kishining qabrlari tegrasida Toshkentda mashhur bo’lgan mo’tabar zotlar dafn etilgan. Qaffol ash-Shoshiy maqbarasi Toshkentning eng eski, ko’zga ko’ringan tabarruk qadamjosi sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Абдукаххор Иброхимов. Муфтийлар сулоласи: (бадиалар) / Тошкент,:Мериюс, 2010 –б. 165.

  2. Маънавият юлдузлари. Т.:А.Кодирий номидаги халк мероси нашри., 1999 –б. 73-75

  3. N.Muhamedov. Islomshunoslik qomusiy lug’at., O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent Islom Universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi.T.: “Movarounnahr”, 2014. b.314-315.

Web-saytlar:



  1. www.wikipedia.uz.

  2. www.arboblar.uz

  3. www.google.uz.

Download 19.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling