Mavzu: Qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish Mavzu bo’yicha quyidagi nazorat savollariga javob yozing


Download 16.74 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi16.74 Kb.

Mavzu: Qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish
1. Mavzu bo’yicha quyidagi nazorat savollariga javob yozing.

  1. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalarini sanab oʻting.

  2. Qarz mablagʻlarini jalb qilish prinsiplarini izohlab bering.

  3. Qarz mablagʻlaridan foydalanishning afzalliklarini tavsiflab bera olasizmi?

  4. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning umumiy kamchiliklari sifatida qaysi jihatlarni keltirish mumkin?

  5. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning asosiy shakllarini sanab oʻting.

  6. Yuridik shaxslarning kredit olish imkoniyatiga qanday ta’sir etuvchi omillar mavjud?

  7. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kreditlarning ahamiyati va jalb qilish tartibini bilasizmi?

  8. Kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirishda qarz mablagʻlarining oʻrnini izohlang.

  9. Kredit olish jarayonini koʻz oldingizga keltira olasizmi?

  10. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishda korporativ obligatsiyalarning oʻrni haqida aytib bering.

  11. Moliyaviy leverdjni aniqlashni bilasizmi?


2. Quyidagi so’z va iboralarga qisqacha izoh yozing.

  • qarz kapitali;

  • bank kreditlari;

  • moliyaviy lizing;

  • soliq krediti;

  • tijorat krediti;

  • moliyaviy kredit;

  • overdraft;

  • investitsion kredit;

  • sindikatsiyalashgan kredit;

  • korporativ obligatsiyalar.

3. Quyidagi testlarning javobini belgilang.

Savol

A

B

S

D

1. Uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar bu – ?

korxonalarda amal qiluvchi foydalanish muddati bir yildan ortiq bo’lgan qarz kapitalining barcha shakllari

korxonalarda amal qiluvchi foydalanish muddati ikki oydan ortiq bo’lgan qarz kapitalaning barcha shakllari

qo’shma korxonalarga jalb qilingan investitsiyalar

korxonalarda amal qiluvchi foydalanish muddati besh oydan ortiq bo’lgan qarz kapitalning barcha shakllari

2. Qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish printsiplari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

axborot ochiqligi, maxfiylik, adolatlilik

qaytarishlik, ishonchlilik, qoniqarlilik

qaytarishlik, ta’minlanganlik, to’lovlilik, muddatlilik

yig’iluvchanlik, undiruvchanlik, maqsadlilik

3. Qisqa muddatli qarz kapitali bu?



foydalanish muddati bir yilgacha bo’lgan jalb qilingan qarz kapitalining barcha shakllari

foydalanish muddati uch yilgacha bo’lgan jalb qilingan qarz kapitalining barcha shakllari

qarz kapitali qisqa muddatli xarakterga ega emas

foydalanish muddati besh yilgacha bo’lgan jalb qilingan qarz kapitalining barcha shakllari

4. Mamlakatimizda aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilgan tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar nima deb ataladi?

moliyaviy obligatsiyalar


korporativ obligatsiyalar

zayomlar

davlat obligatsiyalar

5. Kreditorlar tomonidan qarz oluvchilardan talab qilinadigan shartlarga javob beruvchi va qarz munosabatlari asosida pul mablag’larini olishga talabgor yuridik va jismoniy shaxslar ……..…….. hisoblanadi?

kreditlash manbalari

kreditlash ob’ektlari

kreditorlar

kreditlash sub’ektlari

6. Korporativ moliyaviy amaliyotda kreditlarning eng keng tarqalgan shakli nima deb ataladi?

ta’minlangan xorijiy bank kreditlari

muddatsiz foizli kreditlar

muddatli oddiy kreditlar

murakkab foizli kredit notalari

7. Ta’minot rasmiylashtiruvisiz mijoz hisobraqami bo’yicha mablag’larning belgilangan limit ko’rsatkichidan yuqori bo’lishini ta’minlashga qaratilgan kredit shakli bu ...?

overdraft

investitsion kredit


qayta moliyalash krediti

sindikatsiyalashgan kredit

8. Bitta qarz oluvchining keng ko’lamli xo’jalik dasturlari yoki yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish maqsadida kreditorlar tomonidan o’zaro birlashgan holda taqdim etiladigan uzoq muddatli kredit nima deb ataladi?

overdraft

sindikatsiyalashgan kredit


qayta moliyalash krediti

investitsion kredit

9. O’zaro hisob-kitoblarda qo’llaniladigan akkkreditiv hisob-kitob shaklining mohiyatini bilasizmi?

Akkreditivlar qo’llanilishi bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga zid va shuning bunday tushuncha amaliyotdan chiqarilgan

To’lovni naqd pulda amalga oshirishni nazarda tutadi

Agar korxona hisobraqamida mablag’ mavjud bo’lmasa hech qanday moliyaviy operatsiya amalga oshirilmasligi lozimligini anglatadi

Akkreditivlar to’lovni kafolatlash maqsadida tijorat bankida maxsus hisobraqam ochishni nazarda tutadi

10. Faktoring operatsiyalarining iqtisodiy mohiyatini bilasizmi?

Ma’lum bir chegirmalar asosida debitorlik qarzlarini tijorat banklari tomonidan sotib olish

Kreditorlik qarzlarini majburiy tartibda to’lash

Debitorlik qarzlarini majburiy tartibda undirish

Bank kreditlarini qoplash uchun debitorlik qarzlaridan voz kechish

Download 16.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling