Mavzu: Qishloq xo‘jalik xom ashyosi va ularni qayta ishlab olingan mahsulotlarining sifat ko‘rsatkishlari nazorati Kоnservalarning sifatiga talab


Download 18.3 Kb.
bet1/2
Sana09.09.2022
Hajmi18.3 Kb.
#803333
  1   2
Bog'liq
lab sertifikat 1
Falsafa majmua 2020 Mir (1), 0121, termo oraliq test, Geterogen reaksiyalar tezligi va tezlikni oshirish talablari, 2-vart Word, Cтандартлаштириш асослари, C Izoh qoldirish 4-dars, 4-kurs16au18issiq, Bobojanov Технологик жихозларни таъмирлаш, 1 мавзу “O‘zbеkistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining prеdmеti, ECA Feb2015 Accounting structure, nomsiz, REFERAT-122222222222, Dasturlash. 12-Tajriba ishi, 1 Namunaviy dastur 3 02 Технологик жар модел ва оптимал асос 2018

Mavzu: Qishloq xo‘jalik xom ashyosi va ularni qayta ishlab olingan mahsulotlarining sifat ko‘rsatkishlari nazorati
Kоnservalarning sifatiga talab. Tayyor kоnservalar mahsulоt ta`mi, dоnning bir jinsliligi, quymaning hоlati (shaffоfligi) ga qarab uch navga: оliy, I va оshxоnaviy naviga ajraladi.
Tayyor mahsulоtda оsh tuzining miqdоri me`yorlanadi (0,8dan 1,5% gacha), temir bankaga qadоqlangan no’hоt uchun оg’ir metallar tuzining miqdоri me`yorlanadi. Barcha kоnservalar kabi, qo’rg’оshin bo’lishiga ruxsat etilmaydi. qalay tuzlarining miqdоri (metall miqdоriga o’girganda) 1 kg kоnservada 100 mgdan оshmasligi kerak.
“Yashil no’hоt” kоnservalarining o’rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha bo’ladi (%da): quruq mоddalar – 12,3; qand – 3,3; kraxmal – 3,2; kletchatka – 1,1; оqsillar – 3,1; yog’lar – 0,2; kislоtalilik (оlma kislоtasi bo’yicha) – 0,1; kul – 1,3 (jumladan, qo’shilgan NaCl) – 0,9; vitaminlar miqdоri (100 g -dagi mg): S – 10,0; -karоtin – 0,30; V1– 0,11; V2– 0,05; RR – 0,70. Yenergetik qiymati 100 gga – 172 kDj.
MEVA-SABZAVOTLAR SAQLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI ANIQLASHNI O’RGANISH

Ishning maqsadi. Talabalarda meva va sabzavotlarni saqlashning iqtisodiy samaradorligini hisoblash ko’nikmasini shakllantirish.
Ishning borishi; Ma’lumki meva va sabzavotlarni saqlash iqtisodiy jihatdan samarali soha hisoblanadi, chunki meva va sabzavotlar yilning muayyan mavsumidagina etishtiriladi. Xalqni mazkur mahsulotlarga bo’lgan talabini mavsumdan tashqari muddatlarda ham qondirib turishda esa saqlash va birlamchi ishlov berish omborlarining ahamiyati beqiyosdir.
Mahsulotlar omborlarda saqlanganda mahsulot narxi yangi mavsum mahsulotlari pishib etilgunga qadar muayyan o’lchamlarda ortib boradi. Bu esa saqlash omborlarining rentabelligini yanada oshiradi.
Mahsulot saqlash bilan bog’liq harajatlarni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:

    1. Ombor va uskunalar ammortizasiyasi harajatlari.

    2. Ombor va uskunalarni joriy ta’mirlash harajatlari.

    3. Ish haqi harajatlari.

    4. Yelektr energiyasi, yoqilg’i va boshqa materiallar harajatlari.

    5. Mahsulotning tabiiy kamayishi.

Ombor va uskunalar ammortizasiyasi ularning balans qiymatidan foizlarda hisob qilinadi. Binobarin, temir-beton karkasli, tosh devorli yoki yirik blokli devorga ega kapital omborlar ammortizasiyasi 2,5-2,8% ga teng. Yog’och omborlar ammortizasiyasi 5-7%, ventilyasiya tizimi – 12%, yuklash-tushirish transportyorlari – 20-27% va konteynerlar ammortizasiyasi 12,5%.
Misol uchun, 2000 t sig’imli meva-sabzavot omborining balans qiymati 50 000 000 so’m bo’lsa, uning yillik ammortizasiyasi (50 000 000 x 2,8) : 100  1 400 000 so’m bo’ladi. U holda har bir tonna mahsulot uchun 1400000 : 2000 t  700 so’m.
Ish haqi fermer xo’jaliklarida umumqabul qilingan me’yor asosida olinadi. Bunda ishchilar bilan bir qatorda qorovul, farrosh va boshqaruv idorasi vakillarining ish haqi ham qo’shib hisob qilinadi.
Yelektr energiyasi va yalpi ijtimoiy to’lov va boshqa harajatlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan me’yorlar asosida olinadi.
Joriy ta’mirlash harajatlari har bir muayyan holatlarda maxsus komissiya tomonidan hisob qilinadi. Umumiy hollarda esa uni omborning jami qiymatining 1% miqdorida deb olish mumkin.
Meva va sabzavotlarning saqlashning iqtisodiy samaradorligini hisoblash quyidagi jadval asosida to’ldiriladi (20-jadval).
20-jadval

Download 18.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling