Mavzu: Qiziqarli ko‘rsatuvlar. (1-dars)


Download 1.09 Mb.
bet9/26
Sana09.09.2022
Hajmi1.09 Mb.
#803077
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
10-sin Uzbek 3-chorak
Results Day 1, 4- savolga javob, 4- savolga javob, Gulnoza, markaz, ReactJS Interview Question, Mustaqil ishi Mavzu Odil Yoqubovning “Ko\'hna dunyo “ romani tah, I-mavzu O\'zbek adabiy tili tarixi kursiga kirish. Fanning nazar 2, 3baef77b-ad31-4628-b679-213fc32b4298 (1) (1), Yakuniy test 6 popitkaniki ta to\'g\'ri javoblari bilan 2, TAVORIX, project1, 11, 2274-Article Text-4677-1-10-20220124, power shell
Grammatika: Tobe gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar
Darsning maqsadi:
1.O’quvchilarga tobe gaplarni bosh gapga bog‘lovchi vositalar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o’rgatish.
2.Serquyosh O’zbekistonimiz tabiatini asrab- avaylashga, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishga chaqirish. inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish , mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o’rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish.
3.O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ,o’z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
Darsning turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
Tabiatni asramaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

Atrof-muhitni muhofaza qilish nima uchun juda zarur?


Bilib oling!


Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibidagi tobe gaplar bosh gapga ergashtiruv chi bog‘lovchilar va qo‘shimchalar, bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘roq va ko‘rsatish olmoshlari yopdamida bog‘lanadi.
Masalan: Qayerda hamjihatlik bo‘lsa, o‘sha yerda baraka bo‘ladi. Tobe gaplarni bosh gapga bog‘lovchi vositalar

Ergashtiruvchi bog‘lovchilar

Bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar

-ki, -sa qo‘shimchalari

kim, kimki, nimani, nimaga

shuning uchun, shu bois

qanday, qancha, qaysi, qayer

shu sababli, shu tufayli

o‘sha, u, o‘shancha, shuncha, shunchalik,

chunki, negaki, deb

shunday, natijada, oqibatda



D) Mustahkamlash
1-mashq. Gaplarni o‘qing va davom ettiring. Tobe gaplarni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
Namuna: Inson qancha ko‘p harakat qilsa, orzusiga shuncha tez erishadi.
1. Inson qancha ko‘p harakat qilsa,… . 3. Shunday kunlar bo‘ladiki, ... . 4. Kim ko‘p mehnat qilsa, ... . 5. Kattalar qaysi yo‘ldan yurishsa, ... .7. Shahrimizda shunday keng ko‘chalar qurildiki, ... . 8. Kim nimani eksa, ... .
Takrorlash 4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing va davom ettiring.
O‘qituvchi: Inson tabiiy boyliklardan qanday foydalanishi kerak?
Botir: Tabiiy boyliklardan asrab-avaylab, maqsadli foydalanish kerak.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling