Sana __________
Mavzu:Qog’oz va karton bilan ishlash
1-sinf o’quvchilari qog`oz bilan ishlash darslarida quyidagilarni o’rganadilar:
Qog`oz turlari —chizmachilik, rasm, gazeta, rangli qog`ozlar. Tashqi ko’rinishiga ko’ra — yaltiroq, baxmalsifat, bo’yalgan qog`ozlar.
Qog`ozlarning asosiy xususiyatlari: mustahkamligi, rangsizligi, bukiluvchanligi.
Qog`oz bilan ishlashda foydalaniladigan asboblar va moslamalar (qaychi, tekislagich, chizgich, qalamuchburchak lineyka, shablon, trafaret), ularning ishlatilishi, ishning texnik xavfsizligi.
YAsaladigan buyumning namunasini ko’rib chiqish. Detallar miqdori, shakli, har bir detal o’lchamalarining qiyosiy tahlili, detallarni birlashtirish usullari.
Teshiklar uchun ishlatiladigan asbob, yoyilma (razvertka) haqida ma`lumot.
Detal yigma eskizini o’qish: konturli, chiqariladigan o’lchamli chiziqlar.
Bukish chizig`i. Eng oddiy razvertkalar — quticha, kubikcha.
Izchil bajariladigan ishlarni jamoaviy rejalashtirish.
Yangi texnologiyalar: xalqali applikatsiya..
Boshlang’ich sinflarda ―Mehnat ta’limi‖ darslarida qog’ozdan amaliy ishlarni bajarishga 1- sinf uchun 12 soat ajratilgan bular: Kitob uchun xat cho’p yasash
Qog’ozni buklash asosida turli o’yinchoqlar yasash
Rangli qog’ozdan ―Baliq o’yinchog’ini yasash va qurish
Maydalangan rangli qog’ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash va hokazo
Dars ishlanma 1-sinf
Mavzu: Qog’ozdan ―Qurbaqa‖ ko’rgazmali quroli .
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad. O’quvchilarga mavzu orqali ―Qurbaqa‖ yasashni o’rgatish qog’ozlarni tahlash buklash ko’nikmasini shakllantirish. Yasalgan ―Qurbaqa‖ga qo’shimcha ishlov berishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |