Mavzu: Qon guruhlari qonni uvishi va gemoliz


Download 238.67 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi238.67 Kb.
#1391418
Bog'liq
Mavzu 1


Mavzu: Qon guruhlari qonni uvishi va gemoliz
Qon aylanish sistemasi sirasiga yurak, arteriya, kapillyarlar, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi.
Yurakning avtomatik qisqarib va kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va kapillyarlar (mayda qon tomirlari) orqali tananing hamma to‘qima hamda hujayralariga tarqalib, so‘ngra mayda, o‘rta va yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi.
Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq moddalar, kislorod, gormonlarga boy bo‘lgan arterial qon aorta tomiriga quyiladi. Undan yirik, o‘rta, mayda arteriya tomirlari orqali to‘qima va hujayralar orasida joylashgan kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga o‘tadi.
Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ulardan mayda vena, kapillyar tomirlariga o‘tib, so‘ngra o‘rta, yirik vena tomirlari orqali yurakning o‘ng bo‘lmasiga kelib quyiladi.
Shunday qilib, qon aylanish sistemasi tananing hamma to‘qima-hujayralariga oziq moddalar va kislorod yetkazib beradi. Ularda hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni qabul qilib, ayirish organlariga yetkazadi. Shuning uchun yurak-qon tomir sistemasi «tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi.
Yurak-qon tomir sistemasi eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. Agar yurak qisqa vaqt to‘xtab qolsa, odamning hayoti ham to‘xtaydi.
Turli mamlakatlarida aholining qon gruppasi tekskirilganda quyidagi o‘rtacha ma’lumotlar olingan: I gruppa — 40% kishilar mansub, II gruppa – 39 %, III gruppa 15%, IV gruppa -6%.
Qon va qon tarkibi, qonning ivishi, vazifalari haqida fikr yuritar ekanmiz, eng avvalo qon aylanish sistemasi to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tish lozim. Sog‘lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan biologik modda-antigemofil omil yetarli bo‘lmaydi. Bu kasallik gemofiliya deb atalib, u nasldan-naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o‘tadi.
Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko‘p qon yo‘qotish mumkin. Bundan tashqari, trombositlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida kalsiy (Ca) ionlari, kaliy (K) vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.
onning ivishi – organinzmning himoya reaksiyasi hisoblanadi. Uning bu xossasi jarohatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo‘qotishdan saqlaydi.
Qonning ivishi o‘zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog‘lig‘iga katta xavf tug‘diradi, chunki organizm ko‘p qon yo‘qotishi mumkin.
Qonning ivishi murakkab biologik jarayon bo‘lib, bunda quyidagi omillar ishtirok etadi: qon plazmasidagi fibrinogen (oqsil modda) mayda zarrachalardan ingichka tolachalarga (fibringa) aylanadi.
Fibrin tolachalari qon tomiri devorining jarohatlangan (kesilgan) joyida to‘r hosil qiladi va unga qonning shaklli, elementlari, ayniqsa trombositlar ilinib, to‘siq hosil bo‘ladi. Natijada qon oqishi to‘xtaydi. Bu jarayonda qon tarkibidagi trombin fermenti, Ca ionlari, K vitamin va qonning antigemofil omili muhim rol o‘ynaydi.
Trombositlar (qon plastinkalari) — suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bo’lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombositlarning yadrosi bo’ladi. 1mm3 qonda 300-400 ming dona trombosit bo’ladi.
Ular leykositlarga o’xshab 2-5 kun yashaydi. Trombositlar asosiy vazifaslari qonning ivishini ta’minlashdan iboratdir. Ularning soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to’xtatish qiyin bo’ladi.

Download 238.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling