Mavzu: Qo‘qon va Xiva xonligida davlat boshqaruvi Reja: Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi


Download 25.5 Kb.
Sana02.06.2020
Hajmi25.5 Kb.
#113153
Bog'liq
Bo'riyev Ravshan 303. 4-topshiriq


Mavzu: Qo‘qon va Xiva xonligida davlat boshqaruvi

Reja:

1. Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi

2. Xiva xonligida davlat boshqaruvi

TerDU tarix fakulteti 303 - guruh talabasi

Bo'riyev Ravshan

1.Xiva xonligi xon tomonidan boshqariladigan, yakka hokimchilikka asoslangan davlat edi. Xonlikdagi eng oliy unvon xon boʻlib, u maʼmuriy-siyosiy, xarbiy va diniy vakolatlarga ega edi. Buxoro va Qoʻqon xonligidan farq qilib, Xiva xoni huzurida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Kengash (Devon) mavjud boʻlgan. Eng yuqori mansab va unvondagi amaldorlar aʼzo boʻlgan bu kengashning vakolati cheklangan, barcha qarorlar amalda xon tomonidan qabul qilingan boʻlsada, lekin yirik saroy amaldorlarining, qabila boshliqlarining, mahalliy xokimlarning davlat boshqaruviga koʻrsatadigan taʼsirini eʼtirof etish zarur.

Davlat boshqaruvida xondan keyin inoq, otaliq va biy muhim ahamiyatga ega amaldorlar hisoblanar edilar. Inoqlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeining oshishi , XVII asr oʻrtalarida boshlandi.

Xiva xonligida naqib, amir ul-umaro, mextar, (saroydagi xizmatkorlar boshligi) qushbegi, beklar begi, devonbegi, otaliq, bek, parvonachi, dasturxonchi, eshik ogʻasi, shotir, yasovulboshi, udaychi, mingboshi va boshqa bir qancha Mansablar ham mavjud boʻlgan. Xonlikdagi barcha mansablarni kushni oʻzbek xonliklaridagi singari xarbiy, xarbiy-maʼmuriy va diniy unvonlarga boʻlish mumkin.

Xiva xonligida barcha farmonlar oʻzbek tilida eʼlon qilingan, davlat ishlari, xujjatlarining barchasi oʻzbek tilida yozilgan. Bu bilan u xujjatlar yurtishi fors-tojik tilida yuritilgan Buxoro va Kukon xonliklaridan farq qilgan.

Xiva xonligi maʼmuriy jihatdan XVI-XVII asrlarda viloyatlarga boʻlingan boʻlsa, XVIII asr oxiri XIX asr boshlaridan boshlab, davlatdagi asosiy maʼmuriy birliklar - bekliklar deb yuritila boshladi I davrda xonlikda 16 ta beklik va ikkita noiblik mavjud edi. Beklikni noibliklarni xon tayinlaydigan beklar va noiblar boshqargan. Xiva shaxri esa bosh vazir - inoqning shaxsan izmida boʻlgan.

Abulgʻozi Baxodirxon I Xiva taxtini egallagandan keyin oʻzaro urush va janglarni bartaraf qilish uchun davlat boshqaruvi boʻyicha islohotlar oʻtkazdi. Amudaryo quyi qismida yashayotgan barcha axoli toʻrt guruhga (toʻpga) - uygur-nayman, qoʻngʻirot-qiyot, nukus-mangʻit va qangʻli-qipchoqga boʻlindi. Har toʻpga alohida hudud, sugʻoriladigan ariq va kanallar aniqlab berildi. Har bir toʻpdan 4 ta dan, yaʼni har bir qabila ittifoqidan bitta namoyanda davlat boshqaruvi va maʼmuriy ishlarga jalb qilindi. Davlat boshqaruv tizimi ham oʻzgartirildi. Oʻzbek zodagonlaridan 360 nafar kishi turli davlat mansablari va amallariga tayinlandi. Qabila boshliqlaridan 30 nafar kishi xon noibligi va yordamchiligiga jalb qilindi va ularga turli unvon va vazifalar berildi. Inoqlar mavqeining oshib borishi ham shu davrga toʻgʻri keladi.

Yakka xokimlikka asoslangan xon hokimiyati va uning ayonlari katta ijtimoiy huquqlarga ega edi. Lekin bu mustaxkam qonunlar bilan kafolatlanmagan boʻlib, xokimiyatga, yaʼni cheklanmagan ijtimoiy huquqlarga ega boʻlishga intiluvchi kuchlar tomonidan doimiy ravishda xon hokimiyatiga katta xavf mavjud edi.

2. Qoʻqon xonligi Oʻrta Osiyoning katta hududini egallagan davlat edi. Uning shimoliy chegaralari XIX asr boshlarida Rossiya bilan, gʻarbda - Xiva xonligi, ja- nubda - Buxoro amirligi, sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaradosh boʻlgan. Davlatni dastlab “biy” unvoniga ega hukmdorlar, 1805 yildan, yaʼni Olimxon davridan boshlab xon boshqargan. Xon rasman cheklanmagan huquq ega boʻlsada, ammo shunga qaramasdan u saroyda katta nufuzga ega amaldorlar fikri bilan hisoblashishga majbur edi. Saroy amaldorlari va qoʻshin boshliqlarining xonga taʼsiri kuchli edi. Bu holat, ayniqsa, Hudoyorxonning taxtda oʻtirgan birinchi davrida Musulmonqul qipchoqning mingboshi va otaliq lavozimini egallagan yillarida (1845-1852) va Aliqulning amirilashkarligi va vazirligi davrida yaqqol koʻzga tashlandi.

Davlatni boshqarishda saroy amaldorlari katta roli, uynaganlar. Mullo Olim Maxdum Xoji “Tarixi Turkistoniy” asarida xonlikdagi amaldorlarni quyidagi 24 darajaga boʻladi: mingboshi va amirilashkar (harbiy vazir), qushbegi - xon maslahatchisi yoki viloyat hokimi, parvonachi - xon maslahatchisi, shigʻovul - vaziri ilmia, qozi, mudarris, aʼlam, shayx ul-mashoyixlar ishini nazorat qilgan, xudoychi - xonga beriladigan ariza va shikoyatlarga masʼul shaxs, tunkator - xon qarorgoxni tungi posbon, noib - sarbozlar boshligʻi, otaliq, dodxoh mextarboshi, sharbatdor, dasturxonchi, xazinachi, maxramboshi, eshikogʻasi, ponsadboshi, tuqsabo, devonbegi, mirza boshi, sarkar, miroxurboshi, yuzboshi, bakovulboshi, daxboshi. Bu mansablardan tanqari yana bir kancha maʼmuriy, harbiy va diniy mansablar mavjud edi.



Manbalarning guvohlik berishicha, xon saroyida muhim ishlarni koʻrib chiqadigan Kengash toʻzilgan boʻlib, unga mingboshi boshchilik qilgan. Aʼzolari dasturxonchi, risolachi va yana baʼzi muhim amaldorlar boʻlgan. Davlatni boshqarishda bu kengashning ham oʻrni katta edi. Saroy amaldorlari ichida mingboshi (bosh vazir) va amiri lashkar (harbiy vazir), kushbegi - xon maslahatchisi yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon maslahatchisi), - shigovul (vaziri ilmiya), xudoychi, tunkdtor, noib (sarbozlar boshligi) kabi yuqori lavozimlar faoliyat yuritgan.

Maʼmuriy jihatdan xonlik bekliklarga bulinib, ularni Qushbegi mansabida turgan odam boshqargan. Margʻilon, Namangan, Andijon, Oʻsh, Oʻratepa, Xoʻjand, Toshkent va Turkiston bekliklari xonlikning asosiy maʼmuriy birliklari edi.
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling