Mavzu: Qoramollar yoshini aniqlash usullari va uning tahlili


Download 15.69 Kb.
Sana17.01.2022
Hajmi15.69 Kb.
#363505
Bog'liq
3amaliy keysstadi
3amaliy keysstadi, 3amaliy keysstadi, 3amaliy keysstadi

Mavzu: Qoramollar yoshini aniqlash usullari va uning tahlili

Mollar yoshini aniqlashda hisob-kitob yozuvlari boʻlmaganda yoshini aniqlashning boshqa usullaridan foydalanishga toʻgʻri keladi. Bular qatoriga tashqi tuzilishiga, milki va kindigidagi, tish tizimidagi oʻzgarishlariga, tuyoq va shoxlardagi oʻzgarishlariga qarab aniqlanishni kiritish mumkin.

Barcha usullar ichida yoshni tishlarga qarab aniqlash eng anigʻi va obyektivi hisoblanadi.

Qoramollarni tish tizimiga qarab yoshini aniqlash quyidagi oʻzgarishlarga asoslanadi:

- qirquvchi sut tishlarning chiqishi va yemirilishi;

- qirquvchi sut tishlarni tushishi va doimiylari bilan almashinishi;

- qirquvchi doimiy tishlarning yemirilishi;

- jagʻ sut tishlarini chiqishi va yemirilishi;

- molyar tishlarning paydo boʻlishi;

- doimiy tishlarning sathi va kattaligidagi oʻzgarishlar.

Mustaqil tayyorlash 1. Qoramollarni yoshini aniqlashning barcha usullarini oʻrganib, oʻzaro bogʻliqligini aniqlash.

2. Qoramollarning tish tizimini oʻrganing (tish soni, formulasi, joylashishi, nomlanishi).

3. Yoshiga bogʻliq ravishda shox halqasini oʻzgarishini oʻrganing.

Topshiriq1. Tishlarning quyidagicha oʻzgarishga qarab mollarning yoshini aniqlang.

T.r

Tish holatining oʻzgarishi



Yoshi, oylik yil

1

2



3

1

2-3 juft qirquvchi sut tishlar bir-birini qoplagan



Tugʻilganda

2

Barcha jagʻ sut tishlari chiqqan



21 kunligida

3

Qirquvchi sut oʻrtadagi tishlarda yemirilish kuzatiladi



6 hafta

4

Ichki oʻrta qirquvchi tishlarda yemirish kuzatiladi



8 haf

5

Tashqi oʻrta qirquvchi tishlarda yemirilish kuzatiladi



10 haf

6

Chetki qirquvchi sut tishlar yemirila boshlagan



3 oy

7

Birinchi juft molyar tishlar chiqqan



5-6 oy

8

Birinchi juft molyar tishlar tekislangan



9 oy

9

Oʻrta qirquvchi sut tishlarni orasi ochilib qolgan, uchun sathi bir tekis yemirilgan



10-12 oy

10

Oʻrta qirquvchi sut tishlarning til sathi yemirilgan, ikkinchi juft molyar tishlar chiqqan



15-18 oy

11

Ikkinchi juft molyar tishlari tekislangan, qirquvchi tishlar asosi kaltalashgan, oʻrta juft qirquvchi tishlar tushgan, doimiylari chiqa boshlagan



18

12

Uchinchi juft molyar tishlar chiqqan



1 yosh 9 oy

13

Ichki oʻrta qirquvchi sut tishlar tushgan, oʻrniga doimisi chiqqan



2 yosh 3 oy - 2 yosh 6 oy

14

Doimiy oʻrta va ombur qirquvchi tishlar chiqib boʻlgan



2 yosh 9 oy

15

chetki qirquvchi sut tishlar tushib, oʻrniga doimiysi chiqqan, barcha tishlarni almashinishi tugallanmagan va tekislashgan



3 yosh 6 oy-4yosh

16

Chetki doimiy qirquvchi tishlarda yemirilish boshlangan



5 yosh

17

Oʻrta qirquvchi tishlarni til sathini yarmigacha yemirilgan



6 yosh

18

Oʻrta qirquvchi tishlarning boʻyin asosi ochilgan, til yuzasini yemirilishi kuchaygan



7-8 yosh

19

Qirquvchi tishlar sathini yemirilishi kuchaygan



9 yosh

20

Qirquvchi tishlarni yemirilish sathi aylanasimon boʻlib, barcha tishlarda yulduzchasimon sath paydo boʻladi



11-12 yosh

21

Qirquvchi tishlar yemirilishi sathi oval shaklda, tish asosi toʻliq yemirilgan, oralari ochilib qolgan



14-15 yosh

22

Qirquvchi tishlarning faqat tomiri qolgan, baʼzilari tusha boshlagan.



15-17 yosh

Topshiriq 2. Jadvalda keltirilgan tishlarning holatini oʻquv amaliyotida xoʻjaliklardagi mollarda aniqlang va ularni hisobotda yozilgan haqiqiy yoshi bilan solishtiring hamda farqini aniqlang.

Topshiriq 3. Oʻquv amaliyotida sigirlarni shakliga qarab yoshini aniqlashni oʻrganing va ularni tugʻilganligi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrsatkichlari bilan solishtiring.

Mavzu: Chorvachilikda qoʻllaniladigan birlamchi zootexnika xujjatlari..

Darsning maqsadi: Qoramollar soni hisoboti boʻyicha birlamchi hujjatlari tahlil qilishni hamda poda harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzishni oʻrganish.

Darsning mazmuni: Qoramollar podasining harakati maʼlum davr (yil, kvartal, oy) da podaning yoshi va jinsi tarkibidagi oʻzgarishlarni koʻrsatadi. Poda harakatining ikki xili mavjud. Birinchi –“podaning hisoboti harakati” maʼlum davrdagi haqiqiy faktlar asosida tuziladi. Ikkinchisi – “podaning rejali harakati” reja koʻrsatkichlari asosida tuziladi.



Podaning harakati ikki qismdan (kirim va chiqim) iborat. Kirim qismida - yil davomida olingan buzoqlar, boshqa xoʻjalikdan sotib olingan mollar, kichik guruhdan katta guruhga oʻtgan mollar hisobga olinadi.

Chiqim qismida – katta guruhga oʻtkazilgan mollar, boshqa xoʻjaliklarga sotilgan mollar, goʻsht uchun davlatga yoki korxonalarga sotilgan mollar, xoʻjalik ichida soʻyilgan (issiq ovqatga soʻyilgan; majburiy soʻyilgan va hokazo) mollar hisobga olinadi. Poda harakatini tuzishda uning kirim va chiqim qismida mollar soni bilan birgalikda ularning tirik vazni ham hisob qilinadi.
Download 15.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling