Мavzu: Quvvati 200 tonna/sutka bo`lgan parranda uchun omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 477.75 Kb.
bet1/13
Sana08.01.2022
Hajmi477.75 Kb.
#248051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
omuxta yem kurs ishi javohir

Мavzu:Quvvati 200 tonna/sutka bo`lgan parranda uchun omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi.



Kirish

  1. Rivojlanish tarixi

Omixta yem ishlab chiqarishning hozirgi holati

Texnologik sxemaning tavsifi

Texnik xususiyatlari

Ajratgichlar

UZ-DKM magnit ustunlari va UZ-DMS magnit separatorlari

Texnologik hisob-kitoblar

Saqlash hajmini hisoblash

Ishlab chiqarish liniyasi uchun uskunalarni hisoblash va tanlash

Tayyor mahsulotni saqlash omborlari hajmini hisoblash

4.Ilovalar

5.Xulosa

6.Adabiyotlar ro`yxati.


Kirish.

O'zbekistonda chorvachilik azaldan keng rivoj topgan. Respublikaning tuproq va tabiiy-iqlim sharoiti — unumdor sug'oriladigan yerlar, bepoyon qiradirlar, dasht-cho'l va tog' oldi yaylovlari bu sohaning rivoji uchun qulay. Sug'oriladigan yer-larda, asosan, qoramolchilik, cho'chqachilik, parrandachilik, quyonchilik, qir-adirlar, dasht-cho'l va tog' oldi yaylovlarida esa qo'ychilik, echkichflik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida baliqchilik rivojlangan.

Chorvachilikning muhim omili — mustahkam omixta yem bazasi

yaratilishidir. Respublikaning sug'oriladigan maydonlarida ko'k yem, pichan, yem, silos, senaj uchun bir yillik va ko'p yillik o'tlar, xashaki ildizmeva (lavlagi), xashaki poliz (qovoq, tarvuz), donli (suli, arpa, makkajo'xori) ekinlari ekiladi. Yem-xashak ekinlari maydoni jami qishloq xo'jaligi yerlarining 7,7 % ni tashkil etadi. G'alla maydonlarining kengayishi bilan chorvachilik uchun somon tayyorlash hajmi keskin ko'paydi.

Omixta yem qishloq xo'jaligi hayvonlari, uy parrandalari va baliqlarni boqish maqsadida ishlab chiqariladi. Uning tarkibiga uy hayvonlari uchun zarur bo'lgan miqdorda ozuqa moddalari mavjud. Ratsionga omixta yem kiritilsa hayvonlar, parrandalar va momiq hayvonlarning mahsuldorligi sezilarli darajada ortadi, ular yaxshi o'sib, rivojlanadi va hayot faoliyati ortadi. Agar hayvon va parrandalarningf kunlik ratsioni doimo bir xil bo'lsa, bunda ularning mahsuldorligi pasayadi, yosh hayvonlarning o'sishi hamda rivojlanishi orqada qoladi, hayot faoliyatining sekinlashuvi kuzatiladi va turli kasalliklarga uchrashi mumkin.

Omixta yem ishlab chiqarishni ko'paytirib, qishloq xo'jaligi hayvonlarining mahsuldorligini oshirishga erishiladi. Ya'ni, bunda hayvonlar vazni ortadi, tovuqlar tuxum qo'yishi ko'payadi, sigirlardan olinadigan sutning miqdori va sifati ijobiy o'zgaradi.

Chorvachilikda omixta yemdan oqilona foydalanish mahsulot tannarxini kamayishiga olib keladi.
Omixta yem fizik holati bo'yicha quyidagi turlarga ajraladi: sochiluvchan, briketlangan, donador va galet ko'rinishidagi yemlar.


Download 477.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling