Mavzu: Raqamli axborotlarni saqlash. Zamonaviy jamiyatda mediatekaning o‘rni va ahamiyati


Flesh-xotira modullarining qo‘llanish sohalari


Download 83.67 Kb.
bet8/10
Sana10.11.2021
Hajmi83.67 Kb.
#440219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
maruza
Bayroqlar, Конструкционистские игры, sertificate, sertificate
Flesh-xotira modullarining qo‘llanish sohalari
Flesh-xotira modullari qo‘llanish sohasining kengligi bilan boshqa xotira qurilmalaridan ajralib turadi. Flesh xotira modullarining NAND turi keng ishlatilmoqda. U raqamli qurilmalarning USB interfeys portlariga yengil ulanadi hamda kompyuterlarga o‘rnatilgan zamonaviy operasion tizimlarning barchasida qo‘llab quvvatlanadi.

Xotiraning NOR turi ko‘pincha kompyuterlarda, DSL tipidagi modemlar va marshrutizatorlarning BIOS va ROM xotira modullarida keng qo‘llanilgan.

Katta tezlikga, hajmi va fizik o‘lchami jihatidan ixchamligi tufayli USB flesh-xotira qurilmalari bozordan oddiy disketlarni sekin siqib chiqarmoqda. Masalan, Dell kompaniyasi 2003 yildan boshlab 3.5 dyumli disklarni yurituvchi qurilmalarni o‘z kompyuterlariga o‘rnatishni to‘xtatib qo‘ygan.

Bugungi kunda USB flesh-xotira modullari keng assortimentda, ajoyib dizaynlarda va turli shakl va o‘lchamlarda ishlab chiqarilmoqda.


Hozirgi kunda dunyoning elektronika sohasida yetakchi bo‘lgan firmalari tomonidan qattiq disklarni flesh-xotira modullari (qurilmalari) bilan almashtirish borasida ham izlanishlar olib borilmoqda. Buning hisobiga birinchidan kompyuterlarning narxi arzonlashsa ikkinchidan operasion tizimni xotiraga yuklash tezligi keskin oshadi. Masalan, uchinchi dunyo mamlakatlari uchun narxi 100$ atrofida bo‘lgan noutbuk rusumli kompyuterlarini ishlab chiqish loyihasida qattiq diskning o‘rnida 1 Gb hajmga ega bo‘lgan flesh xotira modullarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.


Download 83.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling