Mavzu: Raqamli kartografiyada geografik xarita tushinchasi. Umumgeografik xaritalarning elementlari, mazmuni va maqsadi


Download 29.5 Kb.
Sana05.02.2022
Hajmi29.5 Kb.
#564027
Bog'liq
5-Ma`ruza
9-ma'ruza, jahon etnomadaniyatida avstraliya va okeaniya xalqlarining tutgan orni, jahon etnomadaniyatida avstraliya va okeaniya xalqlarining tutgan orni, Test Booklet for Teachers, axborot tizimlari (1), axborot tizimlari (1), Boshlang’ich sinf o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning umumiy masalalari, Boshlang’ich sinf o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning umumiy masalalari, 9-may xotira va qadirlash kuni, abu nasr farobiyning pedagogikaga oi, 4.2, 2 5226790373904352806, 2 5226790373904352806, 2 5226790373904352806, 2 5226790373904352806

5 - MA’RUZA
Mavzu: Raqamli kartografiyada geografik xarita tushinchasi. Umumgeografik xaritalarning elementlari, mazmuni va maqsadi.
Kartografik asarlarga yirik masshtabli topografik kartalardan tortib, Yer yuzasining hammasini o‘z ichiga olgan mayda masshtabli umumgeografik kartalar, har xil mazmundagi mavzuli kartalar hamda Yer shari yuzasining hammasini o‘zida aks ettirgan dunyo atlaslaridan tortib ayrim mamlakatlar va ularning regionlarini aks ettiruvchi atlaslargacha kiradi.
Yer shari bo‘yicha topografik kartalar bilan hamma materiklar va mamlakatlar bir xilda ta’minlangan emas. Hududlarning topografik kartalar bilan ta’minlanish darajasini aniqlashda, asosan yirik masshtabli kartalarga qaraladi. BMT ma’lumotlariga qaraganda, hududlarning topografik jihatdan o‘rganilganligi 4 xil masshtabdagi topografik kartalar bilai ta’minlanganligiga qaraladi, ya’ni 1:25 000 va undan maydalari -1:50 000, 1:100 000 va 1:200 000 masshtabdan maydalarga qarab aiiqlanadi.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha deyarli hamma mamlakatlarda bir xil standartda topografik kartalar yaratilmokda. Bular 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000, 1:100 000, 1:200 000 mas­shtabli kartalardir (AQSHda, Angliyada ilgarigi inglizcha o‘lchov sistemasi bo‘yicha 1:10500, 1:31680, 1:63360 masshtablarda tuzilgan kartalar ham ishlatilmokda). Hozir ularda ham metr o‘lchamida topografik kartalar tuzilmoqda.
BMT ma’lumotlariga binoan 1983 yilda olingan ma’lumot bo‘yicha dunyo bo‘yicha topografik karta bilan qoplangan maydon (quruqlik qismi) Yer shari yuzasining 70% tashkil qiladi (87 mamlakat o‘z ma’lumotlari bilan qatnashgan).
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha kartalar tuzishda 16 xil Yer ellipsoididan foydanilmoqda. Shundan 5 tasi eng ko‘p qo‘llanilmoqda. 1940 yilda qabul qilingan Krasovskiy ellipsoidi sobiq Ittifoq va Evropadagi sobiq sotsialistik mamlakatlarda Xitoyda, Klark ellipsoidi (1866 y), SHimoliy Amerikada, Fransiyada va ko‘pchilik Afrika mamlakatlarida, Xeyford ellipsoidi (1909 yilgi), G‘arbiy Evropa, Janubiy Amerika va Osiyoning ba’zi mamlakatlarida, Eve­rest ellipsoidi (1830 yilgi), Hindiston va Janubiy Osiyo mamlakatlarida qo‘llanilmoqda. Shu bilan bir qatorda karta tuzishda qo‘llaniladigan kartografik proeksiyalarda ham birlik yo‘q. Masalan, Gaussning ko‘ndalang silindrik proeksiyasi juda ko‘pchilik mamlakatlarda foydalanilsa, AQSHda ko‘p konusli proeksiya, Hindiston, Fransiyada Lambertning teng konusli proeksiyasidan foydalanilmoqda.
Evropa mamlakatlari (Avstriya, Norvegiya, Gretsiya va Irlandiyadan tashqari) topografik (1:25 000 masshtabli) kartalar bilan to‘liq ta’minlangan desa bo‘ladi. Ba’zi mamla­katlarda faqat foydalanishda bo‘lgan yerlargina 1:1250 masshtabli kartalar bilan ta’minlangan. Masalan, Angliya shular jumlasidandir.
Topografik kartalar bilan ta’minlanishda Evropadan so‘ng Shimoliy Amerika, Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Okeaniya turadi. Lekin dunyo bo‘yicha kartalarni yangilash darajasi juda past. BMT ning 1975-1980 yillardagi ma’lumotlariga ko‘ra dunyo mamlakatlarining 14% qismigina, ya’ni yiliga 3% ginasi yangilanar ekan.
Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling