Mavzu: Ratsional ovqatlanish asoslari


Download 22.83 Kb.
bet1/3
Sana24.11.2022
Hajmi22.83 Kb.
#929454
  1   2   3
Bog'liq
4-dietologiya
Rengen, 1-Labratoriya ishi (1), 121669 3 вариант 2021, INTeRAKTIV MeTODLAR VA ULARNING TURLARI, kurs ishi1, 6-sinf tabiiy-fanlar-taqvim-202200, elektronika, Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar., Tanlanma kuzatish, 1 BANK — копия, amaliyot kundaligi 2021 turizm, Terminologiya, BARISOVA NAVRO`ZA QAHRAMON QIZI (2), Abduraimov Farrux 4mavzu

Mavzu: Ratsional ovqatlanish asoslari
Reja:

  1. Ratsional ovqatlanish nazariyasi

  2. Ovqatlanish tartibi va sharoiti

Insonning real ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etilgan va moddalar almashinuvining optimal darajasini ta’minlovchi ovqatlanish ratsional ov­qatlanish deyiladi. Ratsional ovqatlanishning ilmiy asoslari shunday deb nomlanuvchi nazariyada ifodalanadi. Ratsional ovqatlanish nazariyasi XX asrdagi eng aniq nazariyalardan biri hisoblanadi: uning mantiqiy va amaliy aha­miyati hech qachon shubhaga o‘rin qoldirmaydi. Ratsional ovqatlanish konsepsiyasiga 1930-yili M.N. Shatemikov tomonidan asos solingan. Uning yozishicha, hayotiy jarayonlar dinamikasida ustuvor o‘rinni moddalar almashinuvi va organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi kuchlar, ya’ni keng ma’noda oladigan bo‘lsak, ovqatlanish jarayonlari egallaydi. Insonning o‘sishi, rivojlanishi, mehnat layoqati va hatto mavjudligining o‘ziyoq ovqatlanishning yetarliligi va ratsionalligi bilan jips bog‘liqlikda bo'ladi. Zamonaviy ko'rinishdagi ratsional ovqatlanish nazariyasi asosi — muvo- zanatlashtirilgan ovqatlanish konsepsiyasi 1964-yili A.A. Pokrovskiy tomo­nidan shakllantirilgan.
Uning fikricha, ovqatlanish haqidagi fan rivojlanishining asosiy xulosa- laridan biri ovqat so'rilishi va kimyoviy tarkibining muvozanatlashtirilgan- ligi darajasi orasidagi korrelyativ bog‘liqlikni aniqlashdan iboratdir. Ba’zi bir ozuqa moddalarining organizmning fiziologik o'ziga xosliklariga, shuning barobarida mehnat qilish va yashash sharoitlariga sifatiy va miqdoriy muvoflqligining nisbati haqidagi tasawurlar, tabiiyki, nafaqat ovqatlanish ha­qidagi fanning rivojlanish darajasini belgilabgina qolmay, balki aholi ovqat­lanishi sohasidagi va iqtisodiyotning muvofiq sohalari rivojlanishiga amaliy tavsiyalaming asoslanganlik darajasini ham aks ettiradi.
Nazariya tabiatshunoslik, fiziologiya va bioximiyaning fundamental qo- nunlari (quvvat saqlanish qonuni) asosida yaratilgan bo‘Ub, uyg‘un rivojlanadi va ushbu sohalarda yangi bilimlar to‘planishi va umumlashtirilishiga qarab to‘1 dirib boriladi. Ratsional ovqatlanish nazariyasiga asosan, inson ratsioni quwati bo'yicha, shuningdek, alohida nutriyentlar va biologik faol moddalar bilan muvozanatlashtirilgan bo'lishi kerak. Bunda ratsion kimyoviy tuzilishining modda almashinuvining barcha bosqichlarida organizmning fermentativ tizimlariga muvofiq kelishidek ontogenetik evolutsion qoidaga amal qilinadiki, bu metabolizmning optimal darajasining asosidir.
Ratsional ovqatlanish nazariyasining asosiy qonunlaridan biri barcha ozuqa moddalarini almashtirilmas yoki essensial, ya’ni organizmda yetarli miqdorda sintezlanmaydigan va ovqat bilan doimiy ravishda tushib turishi kerak bo‘lgan hamda metabolizm yo‘llarida yetarlicha paydo bo'luvchi almashtiriluvchi moddalarga bo‘lishdan iborat. Essensial nutriyentlarga sak- kizta aminokislotalar, ba’zi bir mono- va polito'yinmagan yog’ kislotalari, ovqat tolalari, barcha vitaminlar, mineral moddalar va mikroelementlar kira­di. Ushbu ro‘yxat kelgusida unga bir qator ovqat tarkibiy qismlari (masalan, vitaminsimon birikmalar)ni kiritish hisobiga kengaytirilishi mumkin, faqat ularning alimentar almashtirilmasligi haqida ilmiy dalillar olinishi shart.
Ratsional ovqatlanish nazariyasi muvozanatlashtirilganlikning uchta darajasi ko'rinishida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Birinchi daraja — quvvat muvozanati. U organizm tomonidan barcha faoliyat turlariga sarflanadigan quwat ovqat bilan tushayotgan quwat hiso­bidan to‘ldirilishi kerak. Shu tariqa, ratsionning kaloriyaliligi sarflangan quvvatga ekvivalent bo'lishi kerak. Tushayotgan quwat tanqisligi yoki oshiqchaligi tomonga har qanday og‘ish, albatta, alimentar muvozanat buzi­lishi (disbalans)ga olib keladi.
Ikkinchi daraja — quvvat eltuvchi makronutriyentlar (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar) muvozanati. Organizm optimal ishlashi uchun makronutriy- entlarning proporsional ravishda tushishiga rioya qilish lozim. Ovqat bilan tushayotgan oqsillar ulushi 10 dan 15 % (o‘rtacha 12%) oralig'ida, yog‘lar ulushi — 30 % dan oshmaydigan, uglevodlar ulushi esa — 55 dan 65 % gacha (o‘rtacha 58 %) bo‘lishi kerak. Miqdoriy tavsiflash (grammlarda) o‘tkazil- ganda, quwat eltuvchi makronutriyentlaming sutkalik optimal nisbati 1:1,
1: 4,8 ni tashkil etadi.
Uchinchi daraja — makronutriyentlaming alohida guruhlari ichidagi muvozanat va mikronutriyentlaming muvozanatlanganligi.
Ovqatlanish tartibi, shartlari va ularga nisbatan asosiy gigiyenik talablar.
Ovqatlanishning muvozanatlanganligi — bu uning ratsionalligini ahamiyatli metabolik asosidir. Biroq ratsional ovqatlanishning gigiyenik mazmuni nafa- qat ovqat murakkab kimyoviy tuzilmasining umumiy muvozanatini ta'min- labgina qolmay, balki ovqatlanishni tashkillashtirish, ya’ni tartib va shartlarga rioya qilgan holda turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlaridan optimal foyda- lanishdir.

Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling