Mavzu rejasi:
1. Opera san’atining rivojlanish jarayoni.
2. Rus kompozitorlari tomonidan yaratilgan operalar, ularning
tarixiy o‘rinlari, yutuq va kamchiliklari, janr muammolari.
3. Drama, bolalar va qo‘g‘irchoq teatrlar spektakllariga o‘zbek
kompozitorlaming yaratgan musiqasi.
1930-yillar oxirida o‘zbek va rus kompozitorlarininghamkorlik ijodiyotida yirik sahnaviy janrda asar yaratiladi. Ya’nikompozitorlar M.Ashrafiy va V.Vasilenkolar hamkorligida birinchi
“Bo‘ron” operasi yaratildi.
Urushdan keyingi davrdan opera teatrining milliy repertuari
ancha boyidi. Bu birdaniga bo‘lmagan, albatta. Davr boshida
repertuarda qayta tahrir qilingan eski asarlar (S.Vasilenko va
M.Ashrafiyning “Buyuk kanal”, V.Uspenskiy va G.Mushelning
“Farhod va Shirin”, T.Jalilov va B.Brovtsinning “Tohir va Zuhra”)
ustunlik qilgan. Biroq 1958-yildan boshlab deyarli har yili teatr o‘z
repertuariga yangi o‘zbek operalarni kiritdi.
Mavzu va badiiy saviyasi turlicha boigan mazkur asarlar
≫ ' tomoshabinlar tomonidan ham turlicha qabul qilindi. Ba’zilari
sahnadan tezda tushib ketdi, boshqalari esa teatr repertuaridan
muhim o‘rin egalladi. Biz shulardan ahamiyatiiroqlarini ajratib,
avvalambor zamonaviy, muhim mavzuga bag‘ishlangan asarlarni
ко‘rib chiqamiz.
“Gnisara” operasi 30 - yillarda yozilgan shu nomli musiqali
drama singari o‘zbek ayolining ozodlikka chiqishi mavzusi bilan
bog‘liqdir. Albatta, spektakl mazmunini 40-yillar oxirining
tomoshabini “Gulsara” musiqali dramasi o‘n ikki yil avval birinchi
bor sahnalashtirilganidan boshqacharoq qabul qiladi. Vahshiyona
mutaassiblik ham, paranji tashlagani uchun o‘ch olish ham uzoq
o'tmishda qolib ketgan edi. Lekin eskicha e’tiqodlar, xususan,
Do'stlaringiz bilan baham: |