Mavzu: risk va daromadlilik


Download 19.07 Kb.
Sana19.04.2020
Hajmi19.07 Kb.
#100281
Bog'liq
KMTest.IKM-70.SayfullayevFarrux.


MAVZU: RISK VA DAROMADLILIK
TEST

1. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan moliyaviy qarorlarning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar keltirish ehtimoli oʻzida nimani anglatadi?

a) moliyaviy risklar;

b) iqtisodiy yoʻqotishlar;

d) moliyaviy zararlar;

e) kutilmagan natijalar


2. Sugʻurtalanadigan moliyaviy risklar deganda qanday risklarni tushunish mumkin?

a) faqatgina ayrim sugʻurta kompaniyalari tomonidan sugʻurtalanishi mumkin boʻlgan risklarni;



b) qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan sugʻurta kompaniyalari tomonidan sugʻurtalanishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarni;

d) soliq risklaridan boshqa barcha moliyaviy risklarni;

e) amaliyotda barcha moliyaviy risklarni sugʻurtalanadigan

moliyaviy risklar sifatida izohlash mumkin.


3. Fan-texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish natijasida kutilgan iqtisodiy samaradorlikka erisha olmaslik xavfi qanday moliyaviy risk turini oʻzida ifodalaydi?

a) kriminogen risk;

b) investitsion risk;

d) innovatsion moliyaviy risk;

e) sugʻurtalanmaydigan moliyaviy risk.


4. Korxona tashqi iqtisodiy faoliyatidagi operatsiyalarida foydalaniladigan xorijiy valyuta ayirboshlash kursining oʻzgarishi bevosita ta’siri natijasida kutilgan daromadlarning va bu operatsiyalardan kutilgan pul oqimlarining toʻliq olinmasligi orqali koʻzga tashlanadigan moliyaviy risk turi:

a) valyuta riski;

b) kredit riski;

d) foiz riski;

e) depozit riski.


5. Moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlarning joriy etilish ehtimoli, amaldagi soliq stavkalarining oshish ehtimoli, korxona tomonidan foydalanilayotgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, kutilmagan soliq tekshiruvlari qaysi moliyaviy risk turning yuzaga kelishiga sabab boʻladi?

a) soliq riski;

b) inflyatsion risk;

d) innovatsion risk;

e) valyuta riski.


6. Risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish, shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish, yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish, past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada foydalanishdan voz kechish moliyaviy risklarni neytrallashtirishning qaysi mexanizmiga mos keladi?

a) risklarni tizimlashtirish amaliyoti;

b) risklarni diversifikatsiyalash amaliyoti;

d) risklarni minimallashtirish amaliyoti;



e) risklardan qochish amaliyoti.
7. Qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash, yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini belgilash, iste’mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha maksimal miqdorini belgilash, emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal moliyaviy qoʻyilmalar miqdorini belgilash, debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddat va miqdorni belgilash

risklarni neytrallashtirishning qaysi ichki mexanizmini oʻzida ifodalaydi?

a) risklardan qochish amaliyoti;



b) operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash;

d) risklarni diversifikatsiyalash amaliyoti;

e) risklarni taqsimlash.


8. Fyuchers shartnomalaridan foydalanish orqali xedjirlash amaliyoti qanday risklarning oldini olishga xizmat qiladi?

a) import tovarlari boʻyicha bojxona toʻlovlarining oʻzgarishi bilan bogʻliq risklarning;

b) aksiya kursining pasayishi va tovarlar bahosining oshishi bilan bogʻliq moliyaviy risklarning;

d) tovarlar yoki qimmatli qogʻozlarning narxlari oʻsishi bilan bogʻliq moliyaviy risklarning;

e) eksport tovarlariga nisbatan cheklovlar natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risklarning.


9. Moliyaviy risklarni boshqarishda diversifikatsiyalash amaliyoti korxonalar uchun qanday imkoniyatni yaratib beradi?

a) risklarni butunlay neytrallashtirish imkoniyatini;

b) risklarni taqsimlash imkoniyatini;

d) risklarni oldindan baholash imkoniyatini;

e) moliyaviy risklarning oldini olish imkoniyatini.


10. Moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida risklarni taqsimlash amaliyoti toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.

a) risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash;

b) risklarni birlamchi tartibda yakka holda sugʻurtalash;



d) risklarni mol yetkazib beruvchi zimmasida qoldirish;

e) risklarni bosh moliyalashtiruvchi zimmasiga oʻtkazish.
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling