Mavzu: sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish texnologiyasi reja
Download 23.37 Kb.
|
sabzavot sharbati
MAVZU: SABZAVOT SHARBATLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI R E J A : 1. Tabiiy sharbat ishlab chiqarish 2. Quyultirilgan tomat sharbati 3. Lavlagi sharbati 4. Sabzi sharbati Konservalangan sabzavot sharbatlari tabiiy mahsulot – ichimliklardir. Tomat sharbati katta miqdorda mexanizatsiyalangan liniyalarda ishlab chiqariladi. Oz miqdorda sabzi, lavlagi, qovoq va boshqa sabzavot sharbatlari konservalanadi. Tomat sharbati pishgan tomatdan etli bir jinsli konsistensiyada olinadi. Sharbat tabiiy holda konservalanadi, ba’zan 0,6-1,0% osh tuzi solinadi. Mahsulot asosan bevosita iste’mol qilish uchun ishlatiladi, ba’zan ayrim ichimliklarning tarkibiy qismini tashkil etadi (masalan, “Aromatniy” ichimligi va hokazo.). Bundan tashqari, quruq modda miqdori 40% bo‘lgan konsentrlangan tomat sharbati ishlab chiqariladi. Xom ashyo sifatida tomatning tomat-pasta va tomat-pyure uchun qo‘llaniladigan navlari ishlatiladi. Sharbat ishlab chiqarish uchun saralangan pishgan tomatlar ishlatilishi kerak. Qand-kislota indeksi 8 bo‘lgan tomat sharbati yaxshi ta’mga ega. Mavsum so‘ngida korxonaga sifati past tomatlar keltiriladi. Ulardan faqat pasta ishlab chiqarish mumkin, ammo undan sharbat tayyorlash mumkin emas. Vitaminlarni saqlash uchun tomat sharbati ishlab chiqarish jarayoni germetik berk sistemada amalga oshiriladi. Tomat bilan kontaktga kiruvchi detallar korroziyalanmaydigan materialdan ishlab chiqariladi: zanglamas po‘lat, yuqori miqdorda xromli cho‘yan. Sabzavot sharbatlarining sifati ham boshqa oziq–ovqat tovarlarining sifati kabi organoleptik va fizik–kimyoviy ko'rsatkichlari asosida baholanadi. Sabzavot sharbatlarining organoleptik ko'rsatkichlariga rngi, konsistensiyasi, hidi va ta'mi kabi ko'rsatkichlari kiradi. Bu ko'rsatkichlar tegishli me'yoriy hujjatlar talabiga javob berishi kerak. Sabzavot sharbatlarining fizik–kimyoviy ko'rsatkichlariga esa refraktometr bo'yicha quruq modda miqdori va nordonligi ko'rsatkichlari kiradi. Bundan tashqari, sharbatlarda og'ir metall tuzlarining miqdori ham chegaralanadi. Sabzavot sharbatlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari va saqlash sharoitlarining buzilishi sababli, ularda bir qancha nuqsonlar kelib chiqishi mumkin. Ana shunday nuqsonlardan biri sharbatlarning achishi, ya'ni bijg'ishi hisoblanadi. Bu nuqsonlarni drojlar va boshqa mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Sabzavot sharbatlari ishlab chiqarishda xom ashyo sarfini hisoblab chiqish ham muhim hisoblanadi Download 23.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling