Mavzu: Sanatoriya kurort korxonasini boshqarish Reja


Download 1.64 Mb.
Sana24.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1293431
Bog'liq
santoriya


Mavzu: Sanatoriya kurort korxonasini boshqarish

Reja:

1.Sanatoriya haqida


2. Sanatoriya kurort korxonasini boshqarish
3.Sanatoriya davolash maskani

Sanatoriy (lot. sano — davolayman, sogʻaytiraman) — davolashprofilaktika muassasasi Slarda tabiiy davolash omillari (iqlim, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va boshqalar) bilan bir qatorda davo badan tarbiyasi qoʻllaniladi, parhez ovkatlar beriladi, davo va dam olish tartibiga amal qilinadi. Sanoat korxonalariga yaqin joylarda ishchixizmatchilar uchun sanatoriyprofilaktoriylar tashkil qilinadi. Sanatoriyprofilaktoriylar korxona maʼmuriyati va kasaba uyushmalari nazoratida boʻladi. Oʻzbekiston S.larida iqlim, kuyosh, balneobalchiq bilan davolash, davolash fizkulturasi va terrenkurdan keng foydalaniladi. Slar kurortlarda va iqlimi, tabiati, sanitariyagigiyena shartsharoitlari qulay boʻlgan yerlarda (mahalliy S.) joylashadi. Bularga Shohimardon, Oqgosh, Chorvoq dam olish zonalari kiradi.


Yurtimiz aholisini oʻzi yashab turgan odatdagi iqlim sharoitlarida soiyumlashtirish uchun noyob tabiiy iqlim omillariga ega boʻlgan Slar bor. Bularga "Oqtosh", "Zomin", "Kosonsoy", "Miroqi" S.lari kiradi. Shuningdek, respublikada mineral suvlarning barcha turlarini oʻz ichiga olgan boy gidromineral resurslar mavjud. "Chimyon" Seida "Matsesta" suviga oʻxshash sulfidli (vodorod sulfidli) suv, "Chortoq", "Nihol" S.sida yod va brom miqdori yuqori boʻlgan yodbromli suv, "Chinobod", "Turon", "Boʻston", "Botanika", "Sitorai Mohi Xosa", "Kosonsoy" Slarida Saki, Yevpatoriya kurortlarining suvidan qolishmaydigan kam minerallashgan gidrokarbonat, natriy xloridli suv, "Abu Ali ibn Sino" S.sida tabiiy radionli suv bor. Bu shifobaxsh suvlardan bemorlar ichadilar, vanna (dush) qabul qiladilar va davo maqsadlarida foydalanadilar. Bu Slar hozirgi kun talabiga javob beradigan zamonaviy davolashdiagnostika bazasiga ega. Slarda davolashdiagnostika muolajalarini olib borish uchun malakali shifokorlar, tibbiy asbobuskunalar bilan jihozlangan xonalar va lablar mavjud. Oʻzbekistonda kattalar, bolalar va oilaviy Slar bor. Tibbiy yoʻnalishiga qarab Slar sil bilan ogʻrigan bemorlar uchun (bu Slarga yoʻllanma bepul), qon aylanish aʼzolari, ovqat hazm qilish aʼzolari, nafas olish aʼzolari kasalliklari, moddalar almashinuvining buzilishi, asab tizimi va tayanchharakat aʼzolari, endokrin kasalliklarini davolashga moʻljallangan boʻladi. Slar bir va koʻp profilli boʻlishi mumkin. Respublikamizdagi bir profilli Slarga "Umid gulshani" (ginekologik va andrologik); "Sitorai Mohi Xosa" (buyraktosh), "Oktosh", "Zomin" (nafas olish aʼzolari) kiradi.
Sanatoriykurortda davolash samaradorligi va natijalarning barqarorligi bemorlarni S. va kurortlarga toʻgʻri tanlab yuborishga bogʻliq. S.ga bemorlar davolashprofilaktika muassasalarida tibbiy koʻriqdan oʻtkazilib, keyin yuboriladi. Vrach bemorga sanatoriykurort kartasini toʻldirib beradi. S.ga, asosan, kasalliklarning boshlangʻich davrida, shuningdek, statsionarda davolashga ehtiyoji boʻlmagan surunkali kasalliklar bilan kasallangan hamda turli kasalliklar va operatsiyalarni boshidan kechirgan bemorlarni tuzalish bosqichida yuboriladi.
Bolalar S.lari surunkali kasalliklar rivojlanishining oldini olishda kasal bolalarni kompleks davolashning muhim tomonlaridan hisoblanadi. Bolalarni S.ga vrach koʻrsatmasiga muvofiq yuboriladi. Revmatizm, sil, tayanchharakat aʼzolari funksiyasining buzilishi, nafas aʼzolari, ovqat hazm qilish aʼzolari, buyrak, siydik chiqarish yoʻllari va moddalar almashinuvining buzilishi kasalliklari, psixonevrologik kasalliklar, teri kasalliklari, osteomiyelit, revmatoidli artrit bilan ogʻrigan bolalar S.lari mavjud. Ixtisoslashtirilgan bolalar S.laridan tashkdri "Ona va bola" S.lari bor. Barcha bolalar Slarida tarbiyaviypedagogik ishlar olib boriladi. Davolash muddati uzaytirilgan Sda bolalar maktab dasturi boʻyicha oʻqiydi.

Kurort, kurortl ar (nem. Kurort — shifobaxsh joy) — odam organizmiga foydali va yoqimli taʼsir etadigan tabiiy shifobaxsh vositalar (mineral buloklar, shifobaxsh balchiqlar, kulay iqlim va boshqalar)ga ega va shu vositalarni davolash-profilaktika maqsadida qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar boʻlgan joy. Shunday joylarda sanatoriylar tashqil etiladi. Tabiiy davo vositalarining harakteriga koʻra, balneologik (k,. Balneoterapiya), balchiq bilan davolaydigan (qarang Balchiq bilan davolash) va iqlimiy (qarang Iqlim bilan davolash) K.lar farq qilinadi. Koʻp K.larda bir necha xil davo omillari (balchiqli balneologik, balneoiqlimiy, iqlimiybalneologik-balchiqli) boʻladi.
Balneologik K.larda asosiy davo omili vanna, dush, basseynda choʻmilish (gidrokarbovatli, vatriy sulfatli va boshqa suv manbalari), shuningdek, ingalyasiya, yuvish, klizma, chayish va boshqa koʻrinishida qoʻllaniladigan mineral suvlar hisoblanadi. Toshkent mineral suvi, Chortok, Chimyon, Kislovodsk, Sochi va boshqa sanatoriylar bunga misol boʻla oladi.
Balchiq bilan davolaydigan K.da suvi shoʻr koʻl va limanlarning il balchigʻi, sapropel balchigʻi (suvi chuchuk koʻllarning il balchigi), torfli balchiqlar (chuchuk va minerallashgan) ishlatiladi. Oʻzbekistonda, asosan, Jizzax viloyatidagi Baliqchi koʻl balchigʻidan foydalaniladi.
Iqlimiy K.larda iqlim omillarining shifobaxsh xususiyatlari: K.ning geografik joylashishi, relyefi va tabiati bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda iqlimiy K.lardan Oqtosh, Chimyon va boshqa mashhur.
K.lar joylashgan oʻrniga qarab dengiz boʻyi, TOGʻ tekislik (pastlik), oʻrmon, dasht, yarim choʻl va choʻl iqlimli K.larga boʻlinadi. Havo va quyosh vannalari, shuningdek, dengiz, daryo va koʻllarda choʻmilish iqlimiy K.larning asosiy davo usullaridir. Oʻzbekistondagi K. joylardan dastlab Toshkent viloyatining Yangibozor qishlogʻida qimiz bilan davolaydigan, keyinchalik Shohimardonda (1932) oʻpka silini davolaydigan sanatoriylar qurildi.
Togʻ iqlimiy K.lari (mas, Issiqkoʻl)t ultrabinafsha nurlar koʻp, temperatura pastroq, havo toza va ionlashgan boʻladi. Dasht K.larida yoz juda issiq va birmuncha quruq boʻlib, bemorlar, asosan, iqlimiy omillar va qimiz bilan davolanadi (qarang Qimiz bilan davolash).
K.da davolanish faqat tabiiy davo vositalaridan foydalanish emas, balki organizmning himoya kuchlarini, shuningdek, uning noqulay ob-havo omillariga chidamini oshirishga qaratilgan zarur profilatik chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga oladi. Zaruriyatga qarab fizioterapevtik muolajalar, shifobaxsh fizkultura, parhez taomlar, dori-darmonlar, turli giyehlardan tayyorlangan sharbatlar ishlatiladi.
K.larda davolash maxsus ruxsatnomalarga binoan olib boriladi. Bemorning K.da davolanishi uchun koʻrsatma boʻlsa, unga tavsiya etilayotgan K.ning xili, davolash turi (sanatoriy yoki amboʻlatoriya) va mazkur bemorning davolanishi uchun eng qulay fasl koʻrsatilgan maʼlumotnoma beriladi. Bu bemorga K.ga yoʻllanma olish uchun asos boʻladi. Soʻngra vrach bemorga sanatoriy-K. kartasini toʻldirib beradi. Baʼzi kasalliklarda (sil, miokard infarqti, insult va boshqalar) sanatoriy-K.da davolash oʻrganib qolingan iqlim sharoitlarida oʻtkazilsa samaraliroq boʻladi. K.ga borish toʻgʻrisidagi masa-lani hal etishdan avval, albatta, davolovchi vrach bilan maslahatlashib olish kerak.
Jahonga mashhur K.lardan Varva, Zakopane, Karlovi-Vari, Nitssa, shuningdek, Yessentuki, Jeleznovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Sochi, Oʻzbekiston Respublikasi dagi Chimyon, Chortoq va boshqalarda tabiiy davo omillari bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. Tolibjon Sobirov.
"Xumson" sanatoriysi - Toshkent viloyatidagi kichik Shveysariya
Sershovqin Ugom daryosining bo‘yida, Toshkent viloyatining go‘zal tog‘li hududida ko‘p sonli o‘zbekistonliklar orasida allaqachon mashhur bo‘lgan davolash-kurort maskani joylashgan.
"Xumson" sanatoriysi poytaxtdan 80 km uzoqlikda, Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Bu yerga kelganingizda yashil ekinzorlar, archa va qarag‘aylarning ko‘pligi sizni hayratga soladi, hozir ichki hovli haqiqiy qish ertagiga o‘xshaydi, bahorda esa butun kurort hududi gullar vodiysiga aylanadi. Toza tog‘ havosi va betakror tabiat ushbu muassasadagi davolash dasturlarining asosiy tarkibiy qismidir.
Shuning uchun Semashko ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh olimlari 1972 yilda ilmiy konferensiya o‘tkazish uchun bu yerga tashrif buyurib, Xumson sayyohlik dam olish maskanini davolash va sanatoriya muassasasiga aylantirishga qaror qilishdi. O‘shandan beri odamlar bu erga nafaqat dam va nafas olish uchun, balki tibbiy xizmatlaridan foydalanish uchun keldilar.

Shu bois bizning Milliy PR-markazimiz jamoasi sanatoriy nima bilan mashhurligi va tashrif buyuruvchilarga nimani taklif qilishi mumkinligini o‘rganishga qaror qilishdi. Kelishimiz bilan bizni sog‘lomlashtirish markazining menejerlari kutib olishdi va Turizm rivojlantirish davlat qo‘mitasi tibbiy turizm muassasalariga qiziqish bildirayotganidan juda xursand bo‘ldilar. Ular bizlarga chiroyli va tozalangan xonalarni, hamda sanatoriyning davolash-profilaktika bloklarini ko‘rsatib, sanatoriyning tarixi va uning asosiy xususiyati haqida gapirib berishdi.
1972 yilda ochilgan va 16 gektar tog‘li yerni egallagan «Xumson» sanatoriysi yildan-yilga o‘z imkoniyatlarini kengaytirib bordi. Bugungi kunda sanatoriyda 211 birinchi toifali mutaxassislar ishlaydi. O‘rtacha yiliga 5000 tagacha odam sanatoriyada dam oladi va tiklanadi.
O‘sha paytda 70 yillarda Semashko tadqiqot instituti olimlari Xumson hududidagi havoda kislorod bilan to‘yinganlik darajasini aniqladilar,bu Kislovodskdagi Rossiya kurortlarining havo muhitidan 11% yuqori.
Dastlab, sanatoriy asab tizimi, yurak, qon, nafas olish organlaring kasalliklarini davolashga qaratilgan edi. Sanatoriyning bosh shifokori Gavhar Sadritdinova bizga tibbiy muolajalar haqida batafsil so‘zlab berdilar.
«Zamonaviy tibbiy muolajalar orasida sanatoriyda eng ommabop bo‘lganlarga tortish tibbiyot bo‘limlari (oyoq-qo‘llar va mushaklarni cho‘zish protseduralari), klimatoterapiya, gidroterapiya (suv muolajalari), fizioterapiya, vakuum terapiyasi, kosmetik terapiya, massaj va spa-muolajalarni kiritish mumkin. Vakuum terapiyasi nemis olimlarining ilg‘or ishlanmalaridan sportchilarning profilaktikasi va davolashida foydalanadi. Tizim tanadagi qon bosimini pasaytirish, oyoq-qo‘llarda qon aylanishini yaxshilash, og‘riqni kamaytirish va bemorning bo‘g‘inlarini mustahkamlash imkonini beradi.





Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling