Mavzu Servis sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni, servis faoliyatining iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari


Download 43.74 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi43.74 Kb.
#144601
Bog'liq
servis soha 1


Mavzu 1. Servis sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni, servis faoliyatining iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari

Har bir faoliyat turida xizmat ko’rsatish mavjud. Hozirgi zamonaviy sharoitda ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatlarda xizmatning, ya’ni servis xizmatlarining o’rni alohida o’ringa egadir. Shu bois, ushbu mavzuda servis sohasining mamlakat iqtisodiyotida, jumladan korxona va tashkilotlarda ko’rsatilayotgan servis xizmatlari haqida o’rganiladi.



1-topshiriq. Servis faoliyati deganda qanday faoliyat tushuniladi?

Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi xizmatlarni ko’rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo’naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug’ullanadi. Ular jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo’lgan servis korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi bo’lib xizmat hisoblanadi.



2-topshiriq. Ideal va Real xizmat tushunchalarini yoritib bering!

Ideal xizmat-bu servis faoliyatining u yoki bu turidagi abstrakt, nazariy modeldir. U o’z ichiga aholiga xizmat ko’rsatish qoidalari, sifat standartlari va xizmat ko’rsatish texnologiyalarini oladi.

Real xizmat-bu iste’molchining talablarini qondirishga yo’naltirilgan aniq moddiy harakatlardir. Ushbu xizmatlar bajaruvchilar, iste’molchilar, ularni ko’rsatishning aniq sharoitlariga qarab yakka holatda tartiblashtiriladi.

3-topshiriq. Xizmatning xayot davri bir necha bosqichlarga bo’linadi? Ularni quyidagi chizmaga joylashtiring!



4-topshiriq. XX asrning ikkinchi yarmida qanday sabablarga ko’ra aholining maishiy xizmatlarga bo’lgan talabining qondirilishi pasayib ketgan?

Maishiy xizmatlarga talabning kamayish sabablaridan biri bo’lib, ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar narxlarining balandligi hisoblanadi. Shu sababli aholining ko’pchik qismi kiyimlarni kimiyoviy tozalash korxonalariga topshirishdan ko’ra uyda yuvishni afzal ko’rishadilar. Keyingi sabablarga iste’mol qilinishi oson bo’lgan chet ellarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki bozorimizda ko’payishi hisoblanadi.Undan tashqari tovar taqchilligining yo’qolishi kiyim-kechaklarni yakka tartibda tikish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlarni kamaytirdi.

Bir vaqtning o’zida tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi ularga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bilan bog’liq bo’lgan xizmatlarga talabning oshishini rag’batlantirdi. Masalan respublikamizda avtomobil ishlab chiqarilish yo’lga qo’yilgandan so’ng, turli xildagi avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish va ta’mirlash shaxobchalari soni, ulardagi xizmatlar soni keskin ko’paydi. Yoki yana bir misol, yangi va qo’llanishi oson bo’lgan fotoapparatlarning paydo bo’lishi, fotografiya xizmatini ko’rsatuvchi korxonalarda fotosu’ratlarni chiqarish va ko’paytirish bo’yicha talabning oshishiga olib keldi

5-topshiriq. Respublikamizda servis xizmatlarining rivojlanish darajasini tahlil qiling va yozma ravishda izohlab bering! (Buning uchun stat.uz yoki samstat.uz sayt manbalaridan foydalanish mumkin)

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________.

6-topshiriq. Ehtiyojlardagi obyektivlik deganda nimani tushunasiz?

Ehtiyojlardagi obyektivlik- bu insonning tashqi tabiat va ijtimoiy muhit va o’z organizmi xususiyatlaridan real bog’liqligidir. Bunday talablar uyquga, ovqatga, nafas olishga va boshqa biologik talablarga bo’linadi. Ularsiz xayot mumkin bo’lmaydi, shuningdek ayrim qiyin ijtimoiy talablar.


7-topshiriq. Ehtiyoj nima va ular qanday shakllarda bo’ladi?

Ehtiyoj- bu mavjud va zaruriy narsalar o’rtasidagi qarama- qarshiliklar asosida shakllanadigan insonning holatidir va uni ushbu qarama- qarshiliklarni bartaraf etishga undovchi faoliyatdir..



8-topshiriq. Dastlabki, zaruriy, yoki vital ehtiyojlarni izohlab bering!

Dastlabki, zaruriy, yoki vital ( lotin tilida vita- xayot ) ehtiyojlar mavjud bo’lib, ularni qondirmasdan inson xayot kechira olmaydi. Bu oziq- ovqat, uy- joy va kiyim- kechakka bo’lgan ehtiyojlar. Bunday turdagi ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan xizmatlar doim bo’lgan va bo’ladi. Lekin ularning kundalik ehtiyojlarini qondirish uslublari doimiy ravishda o’zgarib turadi. Shu sababli ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha servis faoliyati qiyinlashadi. Masalan, ibtidoiy tizimdagi odamning oziq- ovqatga bo’lgan ehtiyoji, zamonaviy restoran mijozinikiga o’xshab qondirilishi mumkin bo’lmagani aniq.


9-topshiriq. Servis faoliyatining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni chizmaga yozing!



10-topshiriq. Ehtiyojlar iyerarxiyasi zina shaklida bo’ladi ularni to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring!



11-topshiriq. Modernizasiya so’zini yoritib bering!

 Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzcha modericatio, moderne – yangi, zamonaviy) – jamiyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish maqsadida xilma-xil o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat ijtimoiy-tarixiy jarayonni ifodalovchi tushuncha.
Download 43.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling