Mavzu: sezgi


Download 0.64 Mb.
bet5/5
Sana24.11.2022
Hajmi0.64 Mb.
#930047
1   2   3   4   5
Bog'liq
����� ������������
N1, Мустакил иш мавзулари руйхати, Huqna - Vikipediya, KompArx Amaliy ish-1, KompArx Amaliy ish-1, -2, chizma geometriya fani va uning vazifalari, chizma geometriya fani va uning vazifalari, kurs ishi, 3229 13.04.2020, Qollanma, iqtisodiy xavfsizlik (1), iqtisodiy xavfsizlik (1), namuna, DMT 57. Yuldashev Orifjon

Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb nomlanadi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini bajaradi.

Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda,qizilo’ngach, me’da ichak, qon tomirlari, o’pka va shu kabilarda joylashgan bo’ladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qo’zg’atuvchilaridir.


Adaptatsiya – yohud moslashuv – sezgi organlari sezgirligining qo'zg’atuvchi ta'siri ostida o'zgarishi demakdir.
Adaptatsiya (yoki moslashish) ikki turga bo'linadi:
a) negativ adaptatsiya;
b) pozitiv adaptatsiya.
Pozitiv adaptatsiyada kuchsiz qo`zg’atuvchi tasiri ostida sezgirlik oshadi. Ko'rish analizatorida pozitiv adaptatsiya, qorong’ulik adaptatsiyasi deyiladi.
Negativ adaptatsiya ikki xil bo'ladi:
a) qo’zg’atuvchining davomiy ta'siridan sezgirlik yo‘qoladi. Masalan, qo’limizga yuk qo’yilsa sezamiz, ammo vaqt o'tishi bilan sezmay qolamiz
b) kuchli qo’zg’atuvchi ta'siridan sezgirlikning susayishi.
Sensibilizatsiya – analizatorlarning o'zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishidir.
Sensibilizatsiyaning adaptatsiyadan farqi:
Adaptatsiyada sezgirlik oshadi yoki kamayadi, sensibilizatsiyada esa faqat oshadi;
Adaptatsiyada sezgirlikning o'zgarishi tashqi chegaralarga bog’liq bo'lsa, sensibilizatsiyada psihologik, fiziologik holatlarga bog’liq bo'ladi.
Sinesteziya qo’zg’atuvchining bir analizatorga ta'siri bilan boshqa analizatorga hos sezgining paydo bo'lishidir.
Sezgilar kontrasti qarama-qarshi sifatga ega bo'lgan bir vaqtdagi qo'zg’alish tufayli sezgirlikning o'zgarishidir.
S.V.Kravkov (1893-1951) ma'lumotlariga ko'ra bir sezgi a'zolarining faoliyati ikkinchisining ta'siri tufayli o'zgaradi, tovush asosan ko'rish sezgisi, yorug’lik sezuvchanligini orttiradi, shunga o'hshash turli hidlar hamda yorug’lik va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday o'zaro ta'sir sababli miya ustuni yuqori qismi va ko'rish bo'rtiqlariga tegishli o'simtalarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o'tishi osonroq amalga oshadi.

xulosa

Sezgini paydo qiluvchi har bir qo’zg’atuvchi, reflektor jihatidan yuzaga keluvchi jarayonlarni chaqiradi, chunonchi tomirlarning torayishini, teri galvanik reflektorlarning paydo bo’lishi, teri qalinligining o’zgarishi miyaning elektr faoliyati o’zgarishi, ko’zlarning qo’zg’atuvchisi tomon burilishi kabilar. Bularning hamma sezgi jarayonlarning paydo bo’lishini o’z ichiga oladi. Xuddi shu sababdan ular sezgilarning obyektiv ko’rsatkichlari tariqasida xizmat qila oladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling