Mavzu: Sharq nota yozuvi Bajardi: «Puflama va zarbli cholģular» kafedrasi


Download 53.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2022
Hajmi53.46 Kb.
#765215
Bog'liq
2 5372817333528038695.docx
Inflyatsiya tushunchasi kurs (1), hkTnSqfa9LEIqiaGdTcTzx0mT3WJmU38e4ibDLtq, raskraska, Документ, ПК-СамДАКУ 4-илова, taqriz, Kompyuter grafigi tushunchasi Grafik muxarririni haqida tushunch, Kompyuter grafigi tushunchasi Grafik muxarririni haqida tushunch, 2 5303520750626411831, positive and negative development, PDFReader 18 04 2022 092606, Start 10(UZ)22 03 22, Ovoz 15(UZ)22 03 22


O’zbekiston davlat konservatoriyasi
Puflama va zarbli cholģular kafedrasi
2­bosqich talabasi
Rahmatov Elyor
MAVZU:
Sharq nota yozuvi
Bajardi:
« Puflama va zarbli cholģular » kafedrasi
2­bosqich talabasi Rahmatov Elyor
Ilmiy rahbar: Sh. I. Ayxodjayeva
Toshkent 2022
KURS ISHI


Reja:
Kirish.
1.
Nota haqida qisqacha ma’lumot
2. Nota yozuvi
3. Sharq musiqa madaniyati
4. Sahrq nota yozuvi
Xulosa.


Kirish
Xalqimizning milliy­ma’naviy merosini musiqa san’atisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. Azal­azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida
shakllanib kelinayotgan milliy urf­odatlarimiz, an’anaviy tarzda avlodlardan
avlodlarga o‘tib, xalqimizning buyuk ma’naviy dunyosini namoyon etib
kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar,
bastakorlik san’ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir.
Chunonchi, bu jarayon musiqa san’atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega
bo‘lgan tarmoqlari uchun asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Mustaqillik
sharofati bilan barcha sohalar kabi milliy musiqa san’ati ham nazariy hamda
amaliy jihatdan keng o‘rganilib, har tomonlama ravnaq topib kelayotganligi sir
emas. Buning asosiy sabablaridan biri respublikamizda xalqimiz o‘tmishini
o‘rganishga, buyuk allomalar yaratgan ilmiy merosni idrok etishga, sohaning
amaliyotini o‘zlashtirish bilan birga nazariy mezonlaridan bilim olishga katta
e’tibor qaratilayotganligidir. Asosiy maqsad ham yoshlarimizni komil inson
sifatida tarbiyalash, hech kimdan kam bo‘lmagan barkamol avlodni
tarbiyalashdan iboratdir.
Zero, «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning
jahon hamjamiyatidagi obro‘­e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib­o‘sib,
ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liq».


Darhaqiqat, san’at millatning ma’naviy boyligi, hayotining ko‘zgusidir.
San’atlar ichida musiqa xalqqa tez yetib boradigan, keng ommalashgan turi
hisoblanadi. Musiqa san’ati o‘zining qadimiyligi, janrlarga boyligi, mazmun­
mohiyatan keng qamrovliligi, ommabopligi bilan jamiyat turmush hayotining
ajralmas qismiga aylanib ulgurgan.
Musiqa san’atining muhim tarmog‘i musiqa ijodiyoti va ijrochiligidir. Musiqiy
namunalar yaratilish va ijro etish kabi mezonlarni o‘z ichiga oladi. Ularni tugal
asar shakliga keltiradigan, ohang va sadolar orqali insonga ruhiy ozuqa
beradigan kuy va qo‘shiqlarning yaratilishi bastakorlik ijodiyoti bilan bog‘liqdir.
Bu, albatta, musiqa san’atining eng muhim tarmog‘i hisoblanadi. Demak,
musiqa yaratuvchilari, ya’ni bastakorlarning ijodiyoti xalq ma’naviyati,
madaniyati, tarixi, an’ana va qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi axborot
manbayi vazifasini ham o‘taydi.


Nota haqida qisqacha ma’lumot
Siz bilan biz gapirayotgan har bir so’zimiz harflar bilan yozilib o’qilgani kabi
har bir musiqa tovushi ham notalar bilan yoziladi va ijro etiladi. Musiqa
tovushlarini yozishda maxsus nota belgilaridan foydalaniladi. Musiqa yozuvida
asosan yettita tovush bo’lib , ular DO, RE, MI, FA, SOL, LYA, SI deb ataladi.
Musiqada asosiy tovushlarning nomi bir necha marta qaytariladi. Bir xil
nomdagi tovushlar oralig‘idagi eng yaqin masofaga Oktava deyiladi.
Sharq nota yozuvi
zamonaviy 
nota yozuvi
manbai; qadimiy va oʻrta
asrlar 
Sharq
musiqa
madaniyatida qoʻllanilgan kuy­ohanglar yozib olish
usullaridan iborat. Ilk namunalari qadimiy 
Misr
(mil. av. 2­ming yillik
oʻrtalari, 
piktografiya
usuli), 
Bobil
(boʻgʻinlar yozuvi),
qadimiy 
Xitoy
(
ideografik yozuv
) da joriy etilgan. 
Forobiy
Yunonistonda
qoʻllanilgan harfli 
nota
yozuvini ud pardalariga moslashtirgan. 
Safiuddin al­
Urmaviy
(
tabulatura
uslubida) ikki xil nota yozuvini kashf etgan. 
Tanbur
chizigi
(19­asr)da 
Xorazm maqomlari
toʻlaligicha yozilgan.
Nota yozuvi


Notatsiya — musiqa tovushlarining balandligi, uzunligi va xususiyatlarini
ifodalovchi belgi (nota)lardan iborat yozuv usuli; musiqa asarining yozuv
ifodasi. Nota yozuvi qadimdan turli xalqlar musiqa amaliyoti va ilmiy
izlanishlarning mahsuli sifatida yuzaga kelgan (Qadimgi Misr, Bobil,
Xitoy va boshqa). Nota yozuvining bizgacha yetib kelgan dastlabki
namunalari miloddan avvalgi 3-asirlarda Yunonistonda paydo boʻlib,
harflar bilan ifodalanganligi uchun harfli Nota yozuvi deyilgan. Bunday
Nota yozuvining maʼlum turini Oʻrta Osiyoda Forobiy ishlab chiqqan.
Harfli Nota yozuvi tovushlar balandligi va parda tuzil-malarini
aniqlashga yordam bergan. Nota yozuvining mukammalashishida koʻp
mamlakatlarda yuzaga kelgan turli tabulaturalar muhim rol oʻynagan.
Oʻrta Osiyoda Safiuddin al-Urmaviy (13-asirlar) tomonidan ud cholgʻu
asbobi pardalariga moʻljallab yaratgan 2 xil tabulaturalar maʼlum boʻlgan.
Ular jadval shaklida boʻlib, tovushlar balandligi turli xarflar bilan,
davomiyligi esa raqamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan. 19 asir
oxirida Xorazmda «tanbur chizigʻi» deb nomlangan tabulatura shaklidagi
Nota yozuvi joriy etilgan. Oʻrta asrlarda Yevropa cherkov vokal


musiqasida nevma (matn soʻzlari ustiga koʻyilgan ohang yoʻnalishini
koʻrsatuvchi maxsus belgi) larga asoslangan Nota yozuvi keng
tarqaldi. Tovush balandligini aniqroq koʻrsatish uchun bu belgilar
gorizontal chiziqlarga yozila boshlagan. 11-a. da Gvido dʻAresso mazkur
Nota yozuvi turini takomillashtirib 4 chizikli Nota yozuvini kashf qilgan.
16-asir oxiridan gomofoniya uslubida generalbas usuli joriy etilgan.
Unda bas ovozi tovushlari tagida yozilgan raqamlar muayyan akkordlarni
ifodalagan. Hoz. Nota yozuvi 5 ta gorizontal chiziklar (nota yoʻli)ga
(ularning orasiga, yuqorisi yoki pastiga) yoziladigan notalardan tashkil
topgan. Notalar tovushlarning uzun-qisqaligiga qarab oval shaklidagi
boʻsh va qora doiracha (boshcha)lardan iborat boʻlib, ulardan dumli yoki
dumsiz (yuqoriga yoki pastga) chiziqchalar tortilib yoziladi. Notalar nomi
7 ta boʻlib, ular muayyan kalitlaritsa turlicha yoziladi. Yana Alteratsiya,
Dinamika, Pauza.
Nota yozuvining unikal jihati shundan iboratki, ushbu yozuv yordamida bir
vaqtning o‘zida ham musiqa tovushlari balandligini, ham cho‘zimi, ya’ni
uzunligini ifodalash mumkini. Nota yozuvining ushbu xususiyatlari haqida
quyida batafsil ma’lumot berilgan.
Zamonaviy musiqa amaliyotiga asos qilib olingan musiqiy tizim muayyan
balandlikka ega bo‘lgan va o‘zaro muayyan munosabatda bo‘lgan tovushilar
qatoridan iboratdir. Tovushlarning o‘z balandligiga qarab joylashishi
tovushqator, tovushlarning o‘zi esa bosqichlar yoki pog‘onalar deyiladi. Asosiy
pog‘onalar hammamizga tanish bo‘lgan C – D – E – F – G – A – B (do – re – mi
– fa – sol – lya – si) pog‘onalaridir.
Gitarachilar orasida pog‘ona va akkordlarning inglizcha (yoki, umuman


olganda, g‘arbcha) nomlaridan foydalanish keng tarqalgan. O‘zbek tiliga
pog‘onalarining nomlanishi rus tilidan kirib kelgan. O‘zbekcha va g‘arb
davlatlarida ishlatiladigan pog‘ona nomlarining mutanosibligi quyidagichadir:
Do — C
Re — D
Mi — E
Fa — F
Sol — G
Lya — A
Si — B
(ayrim manbalarda B o‘rniga H ishlatilgan)
Gitara temperatsiyalangan cholg‘u asbobidir, ya’ni undagi har bir yonma­yon
joylashgan parda o‘rtasida yarim ton farq bor. Yarim ton ikki tovush o‘rtasidagi
eng yaqin oraliq bo‘lib, gitara dastasida ikki yonma­yon parda o‘rtasida yarim
ton farq bor. Ikki yarim ton butun ton hosil qiladi. Hozirgi zamonaviy
temperatsiyada 12 pog‘ona bor. Bular quyidagilardir: C – D – E – F – G – A – B
(do – re – mi – fa – sol – lya – si) (fortepyano klaviaturasidagi oq klavishlar)
hamda mustaqil nomga ega bo‘lmagan (fortepyanoning qora klavishlari)
tovushlar.
Mustaqil nomi bo‘lmagan tovushlarga C (do) va D (re) o‘rtasidagi, D (re) va E
(mi) o‘rtasidagi, F (fa) va G (sol) o‘rtasidagi, G (sol) va A (lya) o‘rtasidagi
hamda A (lya) va B (si) o‘rtasidagi tovushlar kiradi. Ularni yonidagi nota nomi
bilan nomlaymiz. Masalan, do va re o‘rtasidagi tovushni balandlatilgan do (do#,
ya’ni do­diyez) yoki pastlatilgan re (re♭, ya’ni re­bemol) deb atash mumkin.
C# (do­diyez) bilan D♭ (re­bemol) bir xil tovushga ega, ammo gammalar
tuzilishidan kelib chiqib, ayrim holatlarda diyez, boshqa holatlarda bemol
ishlatish to‘g‘ri bo‘ladi. Tovushlarni diyez bilan ko‘tarish yoki bemol bilan
pastlatish alteratsiya deb ataladi.


Bеkar (
) belgisi diyez va bеmol ta’sirini bekor qiladi. Nota belgilari o‘rniga
harfiy belgilar ishlatilganda ruscha va o‘zbekcha manbalarda diyez va
bemolning nemischa belgilanishini uchratish mumkin. Bu belgilashda diyez is,
dubl­diyez (ikki marta yarim tonga ko‘tarish) isis, bemol es, dubl­bemol (ikki
marta yarim tonga pastlatish) eses deb nomlanadi. Masalan, fis – F (fa) diyez,
des – D (re) bemol, cisis – C (do) dubl­diyez, geses – G (sol) dubl­bemol va
hokazo. Ammo E (mi) bemolni ees emas, balki es; A (lya) bemolni aes emas,
balki as, va, nihoyat, B (si) bemolni hes emas, balki b o‘laroq yozish an’anaga
aylangan.
NOTA CHO’ZIMI
1) Eng katta cho’zimli tovush – butun.
2) Butun cho’zimli tovushning ikki marta qisqargani­ yarimtalik.
3) Yarimtalikni ikki marta qisqargani – choraktalik.
4) CHorakning ikki marta qisqargani – nimchorak.
5) Nimchorakning ikki marta qisqargani – o’n oltitalik.
6) O’n oltitalikning ikki marta qisqargani — o’ttiz ikkitalik.
7) O’ttiz ikkitalikni ikki marta qisqargani­ oltmish to’rtalik
Bulardan ham qisqa notalar kam qo’llaniladi. SHuningdek ,butun cho’zimini
ikki marta oshirib yoziladigan nota ham kam ishlatiladi.
KALITLAR
Tovushlarning muayyan balandligi maxsus belgi bilan belgilanadi va bu belgi
kalit deb ataladi. Kalit nota yo’lini boshida asosiy chiziqlarga qo’yiladi. Ana shu
chiziqda joylashgan nota tovush balandligini belgilaydi.
Xozirgi zamonga kelib uch xil kalit ko’llaniladi.
1)
Skripka kaliti (sol kaliti)
2)
Bas kaliti ( fa kaliti )
3 Al’t va Tenor kaliti (do kaliti )
Al’t kaliti al’t va trombon asboblari uchun ishlatilinadi. Tenor kaliti fagot va
trombon asboblari uchun ishlatilinadi. Oldingi davrda kalitlar turi ko’p bo’lgan .
Do ­ soprano kaliti 1 ­ chiziq ustiga qo’yilgan. 2 ­ chi chiziqda metstso soprano
kaliti 5 ­chi chiziqda Bariton kaliti joylashgan, bular odam ovozi diapozoniga
mos keladi va qo’shimcha chiziqlari ko’p bo’lgan.
NOTANI O’ZAYTIRUVCHI BELGILAR
Nota yozuvi cho’zimlarni uzaytiruvchi
qushimcha belgilar ham qo’llaniladi. a) Nuqta ­ Tovush cho’zimini yarim
baravar uzaytiradi.


­ o’lchov 3/2
+
­ o’lchov 3/4
+
­ o’lchov 3/8
+
­ o’lchov 3/10
+
b) Ikki nuqta ­ Tovush cho’zimini yarim baravar va uning asosiy cho’zimidan
yana chorak baravar uzaytiradi
.
­ o’lchov 7/4
+
+
­ o’lchov 7/8
+
+
­ o’lchov 7/16
+
+
­ o’lchov 7/32
+
+
v) Liga ­ yonma­yon turgan bir xil balandlikdagi nota cho’zimlarini
birlashtiruvchi egri chiziq
g) Fermato ­ tovush cho’zimini vaqt bilan cheklanmagan uzayishini ko’rsatuvchi
belgi . Fermato nota ustiga yoki ostiga qo’yiladi.
NOTA YOZUVINI QISQARTIRUVCHI BELGILAR
Nota yozuvini soddalashtirish uchun belgilar qo’yiladi.
a) Qo’shimcha chiziqlarni ko’paytirmaslik uchun asarni mahlum
qismiga bir oktava yuqoriga yoki pastga shu belgi qo’yiladi
.
b) Repriza.Kuyni kaytarish qismiga qo’yiladi.
v) Volg’ta. Kuyni qaytarish qismini oxiriga qo’yiladi.


g ) Uch qismli shaklda, uchinchi qism yozilmaydi, ikkinchi qismdan keyin
boshiga o’tiladi. Do soro a1­ fihe ­ yahni " boshidan oxiri so’zigacha " ­ oxiri
esa fihe­degani ­ Segna ­ segna belgisi qaytarilish joylariga qo’yiladi.
d) Takt bir necha marta qaytarilsa qo’yiladi.
e) Takt orasida takrorlanish bo’lsa.
yo) Takrorlanuvchi tovush akkord bo’lsa.
j) Tremolo.
z) Oktavada ijro etilishi.
PAUZALAR.
Tovush yangrashining vaqtincha to’xtalishi PAUZA deyiladi . Tovush
cho’zimlari qanday o’lchansa, pauzalar davomiyligi ham shunday o’lchanadi.
Butun nota cho’zimiga teng keladigan pauzaning yozilishi.
Yarimtalik nota ­ cho’zimiga teng keladigan pauzaning yozilishi.
CHoraktalik nota ­ cho’zimiga teng keladigan pauzaning yozilishi.
Nimchoraktalik nota cho’zimiga teng keladigan pauzaning yozilishi.
O’n oltitalik nota ­ cho’zimiga teng keladigan pauzaning yozilishi.


Sharq musiqa madaniyati
Oʻrta va Yaqin Sharq xalqlari musiqa sanʼati qonunqoidalari tizimini
oʻrganuvchi ilmi musiqiy (musiqa ilmi) 8—9­asrlarda (Yunus al­Kotib, Xalil ibn
Ahmad) shakl topgan. Ilmi tpaʼlif, ilmi iyqo va ilmi advorpan tarkib topib,
musika nazariyasi, tarixi, ijodiyoti va ijrochiligi masalalari haqida bahs yuritgan.
14—15­asrlar manbalarida "ilmi advor" deb ham atalgan. Markaziy Osiyo
madaniyatida ilmi musiqiy asosan 3 ta uslubiy yoʻnalishda rivojlangan: 1)
musiqa ijodiyoti anʼanalarini Yunoniston (Aristotel, Aristoksen, Ptolemey)
mantiq ilmi, mat.si va fizikasi qonunqoidalari negizida umumlashtirishga
asoslangan ilmiyratsi­onalistik yoʻnalish (Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdullox, al­
Xorazmiy, Umar Xayyom, Qutbiddin ash­Sheroziy, Faxriddin ar­Roziy va
boshqalar); 2) muayyan bir ijodiy uslub, maktab yoki musiqaning maʼlum bir
soxasi (ashula yoki cholgʻu ijrochiligi va h. k.)ni amaliy oʻzlashtirishga
moʻljallangan amaliy­empirik yoʻnalish (Banu Muso, Yahyo al­Munajjim,
Safiuddin al­Urmaviy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va boshqalar);
3) Qurʼon, hadislar, shariat arkonlari va tasavvuf gʻoyalari nuqtai nazaridan
kelib chiqqan holda musiqaning maʼnaviy mo­hiyati, tarbiyaviy ahamiyati
masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan diniy­maʼnaviy yoʻnalish (Kalobodiy
Buxoriy, Abu X°mid Gʻazoliy, Boqiyo Noiniy, Ziyouddin Naxshabiy, Nurasad
Chishtiy, Abdulhaq Dexlaviy, Hujviriy, Abbodiy va boshqalar). Oxirgi
yoʻnalishda ilmi musiqiy koʻp hollarda "samoʼ" deb atalgan. Temuriylar davrida
ilmiyratsionalistik va amaliy­em­pirik uslublarni oʻzaro mujassamlashtirishga


yoʻnaltirilgan taʼlimotlar vujudga keldi (Abdulqodir Marogʻiy, Abdurahmon
Jomiy, Zaynulobiddin al­Husayniy, Kavkabiy va boshqalar)­ Ilmi musiqiyning
muammolar tizimi musiqaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy, maʼnaviy,
tarbiyaviy ahamiyati, kuy turlari (alhon) va janrlari, nagʻma, buʼd, jins, jam,
iyqo, intiloqot (intonatsiya), taʼlif (ijod, kompozitsiya), cholgʻushunoslik
(sinoatil­olat) va boshqa masalalardan tarkib topib, ularni oʻrganishda mat.
(riyoziyot), fizika (ilmi tabiiy), geometriya (handasa), mantiq va boshqa fanlar
krnunqoidalari, isbot vositalari keng tatbiq etilgan. 20­asrning boshlaridan ilmi
musiqiy Yevropa va jahon musiqashunosligining ilgʻor uslubiy tamoyillari bilan
boyitilib, zamonaviy musiqa sharqshunosligining tari­xiy, uslubiy negizi va
tarkibiy kismi sifatida rivojlangan 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 1­tom
2.
Shavkat Mirziyoyev “Besh tashabbus” 2019­yil, 19­mart; 1­bo’limi
3.
Islom Karimov “Yuksak ma’anaviyat­ yengilmas kuch” Ma’naviyat 2008,
24­bet
4.
https://aim.uz/
5.
www.ziyo.com
6.
www.kitob.uz
7.
www.arboblar.uz

Download 53.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling