Mavzu: Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti. Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa»


Download 24.85 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi24.85 Kb.
#1106149
  1   2
Bog'liq
shaxs shakllanishi
Gramm usulida bo, курс иши, 2f776fba35a102268e8954ba277f75bf, Маъруза № 2 MICROSOFT WORD, 15 talik majburiy, 15 talik majburiy, 15 talik majburiy, N5, Оила, diff 14, makedoniyalik iskandarning orta osiy, Document (20), Document (20), pentadetsil spirtini sianlash reaksiyasining makrokinetik qonuniyatlarini organish., pentadetsil spirtini sianlash reaksiyasining makrokinetik qonuniyatlarini organish.



Mavzu:Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti.
SHaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so‘zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.
«Shaxs shakllanishi» tushunchasi ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1) shaxs shakllanishi uning rivojlanishi, jarayoni va natijasi sifatida. Shaxs shakllanishi tushunchasining xuddi shu ma’noda qo‘llanilishi psixologik o‘rganish predmeti bo‘lib hisoblanadi, uning vazifasiga esa mavjud bo‘lganlarni (mavjud, tajribada ma’lum bo‘ladigan) va rivojlanayotgan shaxsda maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sirlar sharoitida mavjud bo‘lishi mumkinlarni aniqlash kiradi. Bu shaxs shakllanishini o‘rganishga psixologik yondoshuvdir; 2) shaxs shakllanishi maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya sifatida. Bu shaxs shakllanishiga doir masalalarni va usullarni hal etishga bo‘lgan pedagogik yondoshuv. Pedagogik yondoshuv jamiyatning ijtimoiy talablariga mos kelishi uchun shaxsda shakllanishi kerak bo‘lganlarni aniqlashtirish zarurligini belgilaydi.
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, unga aylanadi. Shaxs taraqqiyoti bo‘ysunadigan qonunlarga doir turli nuqtai nazarlar mavjud. Turli xil shaxs nazariyalari ko‘pchilikni tashkil etadi, ularning har birida shaxs taraqqiyoti muammosi o‘ziga xos holatda ko‘rib chiqiladi. Psixologik tahlil nazariyasi rivojlanishni insonning biologik tabiatini jamiyatdagi hayotga moslashuvi, insonda ehtiyojlarni qondirishning ma’lum himoya mexanizmlari va usullarining ishlanmasi sifatida tushuntiradi. Xususiyatlar nazariyasiga ko‘ra, shaxs xususiyatlari hayoti davomida shakllanadi, ularning hosil bo‘lish, o‘zgarish va barqarorlashtirish jarayonlari nobiologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy ta’limot nazariyasiga ko‘ra, shaxs taraqqiyoti jarayoni odamlar o‘zaro ta’sirlashuvi ma’lum usullarining shakllanishi sifatida o‘rganiladi. Umuminsoniy va boshqa noyob hodisalar bilan bog‘liq nazariyalar «men»ning vujudga kelish jarayoni sifatida tushuntiradilar.
Shaxs taraqqiyoti uning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi jarayonida sodir bo‘ladi. Mavjudligining birinchi kunlaridan boshlaboq, inson o‘ziga o‘xshaganlar qurshovida bo‘ladi, turli xil ijtimoiy munosabatlar va o‘zaro harakatlarda qatnashadi. Birinchi ijtimoiy tajribani oilasi sharoitida orttiradi, so‘ngra turli jamoalar sharoitida shaxsining ajralmas qismiga aylangan sub’ektiv tajribani to‘plab boradi. Bu jarayon, shuningdek, individ tomonidan ijtimoiy tajribaning faol tarzda ishlab chiqarilishi
Download 24.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling