Mavzu: shaxsnin


Download 62.97 Kb.
bet1/5
Sana09.01.2022
Hajmi62.97 Kb.
#255818
  1   2   3   4   5
Bog'liq
SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOXASI VA KASBGA MOSLASHISH


MAVZU: SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOXASI VA KASBGA MOSLASHISH

Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir. Insonning hissiyotiga ko’ra,
uning holati haqida fikr yuritish mumkin.
His-tuyg‗ular – kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‗ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg‗ularning kechishi sub‘ekt alohida his etayotgan ruhiy holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib etish, biror narsa to’g‗risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma‘lum yoki noma‘lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabati bilan birgalikda ro’y beradi. SHu hollarning barchasida his-tuyg‗ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida so’z yuritiladi.

His-tuyg‗uni boshdan kechirishning turli shakllari: emotsiya-hissiyot, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) kiradi. Emotsiyalar – ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma‘noni anglatadi (qo’rquvdan titrash va h.k.). kishini tez chulg‗ab oladigan va shiddat bilan o’tib ketadigan jarayonlar affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o’zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o’z- o’zini idrok qila olmasligi bilan ajralib turadi.

Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt bo’rondir. Kuchli zo’riqish (ko’z yosh to’kish, kulish) natijasida mayda sa‘i- harakatlar barbod bo’ladi. Induktiv tormozlanish yarim sharlar qobig‗ini tobora ko’proq darajada egallay boshlaydi, bu tafakkurning izdan chiqishiga olib keladi, qobiq osti yo’llarida qo’zg‗alish kuchaya boshlaydi.


Download 62.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling