Mavzu: Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi


Download 22.33 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi22.33 Kb.
#1042639
Bog'liq
Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi


Mavzu: Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi
Reja:
1Ittifoqshartnomasini yangilash talabi
2 Butun ittifoq referendum
3 Mustaqil davlatlar jinituzishga intilish
4 Xulosa
5 Foydalanilgan adabiyotlar

Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi Sobiq S SS R ga kiru v c h i re s p u b lik a la r rasman teng va suveren deb yuritilsa-da, amalda
qaram edi. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rm onlari va yer osti boyliklariga, k o 'p d a n -k o 'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80— yillaming oxirlari 90— yillaming boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989— yil
20-sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan K PSS M Q ning Plenumida
so‘z!agan nutqida respublikalar bilan S SSR o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko ‘zda tutadigan yangi
federativ shartnom a ishlab chiqish zarurligi to ‘g‘risida o ‘z fikrini
bildirib: «Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini
va o ‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo'yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorim iz»,-
degan edi.

Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi
talab-takliflarni e ’tiborga olmadi, to'g'rirog'i ularga erkinlik berishni
xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jam oat chiligining ta ’siri ostida markazdan ajraiish harakati kuchayib bordi,
1990— yil bahorida B oltiqbo‘yidagi Latviya, Litva, Estoniya
Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan
chiqqanligini e ’lon qildilar. Markazda va joylarda: «SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respubiika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunm i?»- degan m asalada b ah s-m unozaralar kuchaydi. Markazdagilar: «Kuchli m a rk a z -k u c h li resp u b lik a lar» ,- desa; jo y la rd ag ila r: «Kuchli respublikalar-kuchli markaz»,- der edilar.
M arkaziy hokim iyat jam o atch ilik n in g talabi ostida Ittifoq
shartnomasini yangilash zarurligini e ’tirof etishga majbur bo'ldi. SSSR
Oliy Soveti m azkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya
tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990— yil iyulda Moskvada Markaz
vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnom a matnini
tayyorlashga kirishdi. 1990— yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi
ishlab chiqildi. Dasturda respubhkalar o ‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta ’kidlangan edi.
Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi.
SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti
respublikalaming istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha
shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar,
shu jumladan, O'zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi.
1991— yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida
qayta ish olib borildi. Unda Boltiqbo'yi respublikalari, Gruziya,
Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi
bo'lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab
qo'yishga harakat qiiindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari
belgilab berilgan shartnom a loyihasi m atb u o td a e ’lon qiiindi.
Respublikalarda m azkur loyiha m uhokam a qiiindi. O'zbekiston
rahbariyati respublikalarga to'la mustaqillik berishni ko'zlamaydigan
shartnoma loyihasini rad etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'm itasining
1991— yil 12-martda bo'lgan IV plenumida so'zlagan nutqida: «Ittifoq
shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo'ldan boy be rib
qo'yildi. Ikki yil m uqaddam bu masalani ko'targan kishilaming ovoziga
hech kim quloq solmadi. Markaz 1922— yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-
degan edi. Bu fikrning to'g'riligini hayot to'la isbotladi.
i i m n i s s s R Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini
o ‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida
1991— yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o ‘tkazishga
qaror qildi. 1991— yil 20-fevralda O ’zbekiston Oliy Kengashning
Rayosati referendum o'tkazishni m a‘qulladi va SSSR Oliy Soveti
tom onidan tayyorlangan bulleten bilan birga yana bitta qo'shim cha
byulletenni ovozga qo ‘yishga qaror qildi.
Qo'shimcha bulletenga «Siz O'zbekistonning mustaqil, teng
huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida
qolishiga rozimisiz?»- degan savol qo'yildi. Ovoz berishda qatnashgan
saylovchilarning 93 foizi bu savolga «На» deb javob berdilar. Demak,
o'zbekistonliklar o'z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ
ittifoqda bo'lishini, O'zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar. 1991— yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O 'zb ekiston, Qozog'iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo'llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg'iziston, Tojikiston, T urkm aniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. M arkaz yon berishga majbur bo'ldi. 1991— yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M .S.G orbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi b o 'l d i .
I s h t i r o k c h i l a r t o m o n i d a n «M am lakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf
etishga doir kechiktirib bo'lmaydigan choralar to'g'risida» qo'shm a
Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika + Markaz) degan
nom ni oldi. U ning m azm uni m arkazning yon berganini, Kiyevda
bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi boiganini ko'rsatadi.
1991— yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari
bilan Respublika rahbarlari o'rtasida uchrashuv bo'ldi. Uchrashuvda
Mustaqil davlatlar ittifoqi (M D I) tuzish masalasi m uhokam a qilindi.
Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to'g'risida keskin m unozara b o ’ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari
asosan inobatga olingan «M ustaqil davlatlar ittifoqi to ‘g‘risida
shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy
Sovetlariga muhokama uchun jo'natildi. M azkur shartnom a loyihasi O'zbekiston Oliy Sovetida 1991 — yil 14- iyunda m uhokam a qiiindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
| 3 l # | - - y i l iyul: oyining oxirlarida N ovo-O goryovoda yangi
shartnom a loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun M arkaz vakillari
va Respubiika rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. M arkazni ham,
Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «M ustaqil
Davlatlar Ittifoqi to ‘g‘risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo
ham m a rozi bo'lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risidagi
shartnoma»ni imzolash 1991— yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR
Prezidenti M .S.G orbachyov Foros (Qrim )ga dam o lis h u c h u n
jo'nab ketdi. &£1991~~ y»l avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik berm aslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar
to m o n id an 1991- yil avgustda M arkaziy hokim iyatni avvalgi
m aqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSRda
Favqulodda holat davlat qo‘niitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari
G.I.Yanayev — SSSR vitse-prezidenti, O .D .B aklanov — SSSR
M udofaa Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari, V.A.Kryuchkov
- SSSR Davlat xavfsizligi qo'mitasining raisi, V.S.Pavlov - SSSR
Bosh vaziri, B.K.Pugo — SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov -
SS S R m u d o fa a vaziri, V .A .S taro d u b sev - S SS R d e h q o n la r
uyushmasi raisi, I.Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va
aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti
kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. Shu tariqa, fitnachilar
M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo'l bilan hokimiyatdan chetlashtirib,
o'zlari hokimiyatni egallab oldilar. M azkur qo'm ita Sovet rahbariyati ning Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga ham da BM T Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e ’lon qildi. Butunittifoq doirasida mo'rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. Qaltis vaziyatda 1991— yil 19-avgustda O 'zbekiston Prezidenti 1.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifdan qaytib keldi va
Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o'tkazdi. U chrashuvda
Prezident 0 ‘zbekistonning nuqtavi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo'qligi, 0 ‘zbekistonda
vaziyat barqarorligi, qonunga xilof k o rsa tm a la r bajarilmasligini
qat’iy ta ’kidladi. 1991— yil 20-avgust kuni Toshkentda 0 ‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Ravosati va 0 ‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar M ahkam asining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni m uhokom a qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda O'zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, aw alo, h n r b iy k u c h is h la tis h g a q a r s h i e k a n lig i ta'kidlandi. U nda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig'vogarona harakatlarning oldini olish, ham m a joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilrnaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O'zbekiston Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya qoidalarini og'ishm ay va izchil amalga oshirish yo'lidan boraveradi deb ko'rsatildi. 1991— yil 21-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z farmoni bilan O'zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar ham da muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O'zbekiston SSR Konstitutsiyalariga ham da qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so'zsiz mos kelishi
kerak, deb belgilab qo'ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat
qo'mitasining SSSR Konstitutsiyasi ham da qonunlariga, O'zbekiston
SSR Konstitutsiyasi ham da qonunlariga zid keladigan farmonlari va
qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo'yildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O 'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: “ O 'zbekiston” , 1999.
2. K arim ov I.A. O 'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, m afkura. T. 1. -Т.:
O 'zbekiston, 1996.
3. Karim ov I.A Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. -T: “O 'zbekiston”, 1996.
4. K arim ov I.A. V atan sajdagoh kabi m uqaddasdir. Т.3. -Т.: “O 'zb ek isto n ” ,
5. K aritnov l.A. Bunyodkorlik y o lid a n Т.4. -Т.: “O 'zbekiston” , 1996.
6. K arim ov I.A. Y angicha fikrlash va ishlash davr talabi. Т.5. -Т.: “ O 'zb ek isto n
7. K arim ov l.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. T.6. —-Т.: “O 'zbekiston”
8. K arim ov l.A. Biz kelajagim izni o ‘z q o 'lim iz bilan q u ram iz. T .7. —-Т.:
“ O 'zb ek isto n ", 1999.
9. Karimov l.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon turm ush-pirovard maqsadimiz.
T.8.. -Т.: “O 'zbekiston", 2000.
10. Karimov l.A. Vatan ravnaqi uchun harbirim iz m as’ulmiz. Т.9. -Т.: “O 'zbekiston” 2001.
Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling