Mavzu: So`z birikmasi lsqlarining nutqiy voqelanishi


Download 10.98 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi10.98 Kb.
#108687
Bog'liq
Ismatova Nafisa. 2- seminar


2-seminar mashg`uloti.

Mavzu: So`z birikmasi LSQlarining nutqiy voqelanishi

Reja:

1. LSQ va uning turlari. Nominativ birlik hosil qiluvchi LSQlar.



2. Nutqiy hosila va LSQ munosabatini o`rganish.

3. SB LSQlarining umumiy va xususiy ko`rinishlarini aniqlash.

4. SB LSQlarining nutqiy voqelanishini kuzatish va tahlil qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Nazarova S. So`zlarning birikish omillari va usullari. – T., 2013

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – T., 2009

3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Darslik. – T., 2010

Tayancha tushunchalar: so`z birikmasi, LSQ, nutqiy hosila

SB LSQning voqelanishi “lison – nutq” yo`nalishida bo`lib, bu yo`nalish umumiylikdan oraliq ko`rinish orqali xususiylikka – nutqiy hodisaga qarab boradi.

[otqar.kel - oteg.qo`sh = ot qaratuvchi + ot qaralmish] kitobning varag`i

Lisoniy sintaktik birlik so`z birikmasi va gap hosil qilish qolipi. Lisoniy sathga tegishli bo`lganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip (LSQ). LSQ g`isht qolipiga o`xshaydi. Kitobni o`qimoq [ottush.kel + fe’l]

1. LSQning moddiylikdan holiligi va nutqiy hosilaning moddiyligi.

LSQ jamiyat a’zolari ongida mavjud bo`lib kishilar erkin birikma hosil qilish ko`nikmasi sifatida uzoq davr mobaynida shakllanadi. LSQ moddiy qiyofaga ega emas. Uni sezgi a’zosi asosida bilib bo`lmaydi.

2. LSQning ijtimoiyligi va nutqiy birikmaning individualligi.

LSQ asosida vujudga keluvchi nutqiy hosila har bir kishi nutqida o`ziga xos. Masalan, kitobni o`qimoq so`z birikmasi har bir so`zlovchi nutqida o`ziga xos. [ottush .kel + fe’l] qolipibitta bo`lib, undan kitobni o`qimoq, qalamni sotmoq kabilarni hosil qilish mumkin.


LSQ

Nutqiy hosila

Umumiylik

Alohidalik

Mohiyat

Hodisa

Imkoniyat

Voqelik

Sabab

Oqibat

LSQ umumiylik sifatida ko`plab nutqiy hosiladagi umumiy belgi xususiyatni o`zida jamlaydi. Masalan, kitobni o`qimoq, xatni yozmoq, qo`yni sotmoq birikmasidagi kitobni, xatni, qo`yni tobe a’zosi quyidagi umumiy belgilarga ega:

1) ot turkumiga mansublik

2) tushum kelishigi bilan shakllanganlik

3) tobe a’zolik

Bu uch umumiylik [ottush.kel + fe’l]

LSQ nutqiy hodisalar zamirida yashiringan ularning, ularning ichki barqaror, o`zgarmas mohiyati, u nutqiy hosiladagi rang – baranglikka befarq. Nutqiy hosila esa rang – barang ko`rinishga ega. Masalan, [ottush.kel + fe’l] qolipi o`zgarmas. Ammo uning hosilalari uyni supurmoq, qog`ozni yirtmoq, xatni jo`natmoq kabi.

LSQ – voqelikka aylanmagan, namoyon bo`lishi uchun zarur shart-sharoit va ehtiyoj talab etadigan imkoniyat. Nutqiy hosila esa ana shu imkoniyatning yuzaga chiqishi, voqelikka aylanishi.

Qolip asosida birikuvdan vujudga kelgan nutqiy hosilani uch guruhga birlashtirish mumkin:

1. yasama so`z

2. so`z birikmasi

3. gap


(ishla) yasama so`zi [ish] leksemasi va [-la] morfemasining, kitobni o`qimoq nutqiy so`z birikmasi [kitob] va [o`qi] leksemalarining. O`qidim gapi esa [o`qi] leksemasiva [-dim] kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo`lgan.

(ishla) so`zi [ot + la = asosdan anglashilgan narsa bilan shug`ullanmoq]



LSQning o`ng tomoni uning mazmuniy jihati. [ismqar.kel + ismeg.q = qaratuvchi – qaralmish] qolipining o`ng ya’ni mazmuniy qismini lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang – barang munosabatlar tashkil etadi.
Download 10.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling