Mavzu: Sport otlarini saqlash tamoillari Reja


Download 120.8 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi120.8 Kb.
#101862
Bog'liq
Sport otlarini saqlash tamoillari
Metod B1.B.12.01 09.03.01 04.06.2016 pr

Mavzu: Sport otlarini saqlash tamoillari

Reja:

1.Yosh qulunlarni saqlash va reflekslarini uyg’otish.

2.Sport otlarini saqlashda zogigienik tadbirlar.

3.Sport otlarini egar jabduqlariga qo’yiladigan talablar.



Yangi tug’ilgan qulunning shartli - reflektor faoliyati qachon boshlanadi? Bunga aniq javob berish qiyin. Kuzatishlar bu jarayon qulun tug’ilgandan so’ng birinchi kunlardanoq boshlanishini ko’rsatadi. Mashq qildirishning bu muhim davrida, odamning aralashishi birinchi navbatda muloyim bo’lishi lozim. Odam ovozi ko’p marotaba ko’rish, eshitish va sezish omillari bilan qo’shilib, qulunning kelajakda bo’ladigan harakatlari va xo’lqiga asos soladi. Qulun qo’pol va muloyim ohanglarni juda tez ajrata oladi va shartli- reflektor faoliyat qonuniyatiga asosan, odam buyruqlarini bajarishga boshlaydi. Qulun tug’ilgandan so’ng 20 kun o’tgach, unda shartli reflekslarni ishlab chiqarishga kirishiladi. Birinchi navbatta qulunni o’z o’rnidan turib otboqar ishi uchun joy bo’shatishga o’rgatish lozim. Buning uchun otboqar dennikga kirib muloyim, lekin qatiy ohangda qulunga qarab "tur" deb buyruq berishi lozim. Bunda qo’l bilan birorta harakat qilinsa yanada yaxshi bo’ladi. Keyin u qulun oldiga borib etiyotkorlik va muloyimlik bilan uni yotgan o’rnidan turg’izib, iloji bo’lsa kichik sabzi bo’lagini berishi lozim.

Refleksni tez va mustahkam ishlab chiqish uchun qo’yidagi talablarga rioya qilish zarur:



1. Mashqni bir kunda bir necha marotaba takror o’tkazish.

2. Otxonada tinchlikni saqlash.

3. Qo’llanadigan qo’zgatish choralari bir xil va doimiy bo’lishi,

4. Ishlab chiqilgan refleksni doimiy mustahkamlash.

Qulunni urish yoki unga nisbatan qo’pol munosabatda bo’lish katiyan man etiladi. Bir xafta, 10 kundan so’ng qulunga no’xta kiygiziladi. No’xta yengil, ixcham bo’lishi kerak. Birinchi kuni no’xta 2 soatga, keyinchalik yarim kun - ertalabdan tushgacha kiygiziladi. No’xtani ohista va e’tibor bilan kiygizish lozim.

Qulun no’xtaga to’liq o’rgangandan so’ng uni otboqar o’z qo’llarida ushlab qulunni harakatga o’rgatishi kerak. Buning uchun otboqar quluning chap tomonida turgan holda no’xta xalqasidan ushlab uni dennikdan onasi orqasidan yetalab chiqarishi lozim. Bunda qulunning tanasi biror narsaga urilib shikastlanmasligi kerak.

Qulun otxonadan tashqariga chiqarilgandan so’ng, no’xtasining xalqasiga yengil jilov bog’lanadi. Otboqar chap qo’liga jilovning ikki uchini oladi, o’ng qo’lida esa no’xtaga jilov bog’langan joyini ushlab qulunni ohista onasining orqasidan ergashtirib yurgizadi. Bir necha kundan so’ng dastlabki ko’nikmalarni egallagan qulun onasining yonida doimo erkin yurgiziladi. Qulunni yurgizganda unga tik qarash tavsiya etilmaydi, aks xolda u yurmaydi yoki orqasiga tisariladi. Keyinchalik qulunlarga ikki tarafga tortib bog’lash, taqalash, yurgizish reflekslari o’rgatiladi (ishlab chiqiladi).

Qulunni yuganga o’rgatishda dastlab u no’xtaning ustidan erkin kiygiziladi va hayvon no’xtaning uchidan ushlab yetaklanadi. Yetaklashga yaxshi moslashgandan keyin, 8-9 oylik qulunlar maxsus qurilgan yopiq xonalarda (manejda) yoki ochik xavoda (kordada) aylanib chopishga o’rgatiladi.

Yopiq xonalarda toyni jilovsiz aylanib chopishga o’rgatish mumkin.


Buning uchun o’rgatuvchi xona o’rtasida turib toyning chopishini uzun qamchi bilan boshqaradi. Choptirish mashqining davrida, asta-sekin, toyni bir xil yurishdan ikkinchi xil yurishga o’rgatish kerak. Toyning yoshi bir yilga to’lganda, u egar - jabduqqa va aravaga qo’shilishiga o’rgatiladi. Aravaga qo’shiladigan toy jilovga o’rgangan bo’lishi lozim. Aravaga yoki kachalkaga (2 g’ildirakli sport aravasi) faqat egar - jabduq, yugan, jilov orqali boshqarilishga, o’ngga, chapga burilishga va to’xtashga to’liq o’rgangan toylar qo’shiladi. . .
Issiq kunlar boshlanishi bilan mashq to’xtatilib, toylar 1,5 - 2 oy yaylovga erkin qo’yib yuboriladi, undan keyin sistemali individual mashq qildirishga o’tiladi.

O’rgatuvchi toylarning yoshiga, rivojlanishiga va mashqni bajarish qobiliyatiga qarab ularni guruxlarga bo’ladi. Mashqlar yaxshi samara berishi uchun har bir guruh uchun alohida kalendar ish rejasi tuzilishi lozim. Bajariladigan ish rejasida mashq usullarining turlari va yaylovga olib chiqish vaqti aniq ko’rsatiladi. Yaxshi rivojlangan, o’rtacha semizlikda, qobiliyati yuqori bo’lgan toylar sinash uchun ippodromga yuborish uchun tayyorlanadi. Birinchi kunidan yangi tug’ilgan qulunning trening uchun kerakli harakatlari doimo trenerlik rejimi bo’yicha bajarilishiga alohida e’tibor berish kerak. Toylarning to’liq, yaxshi harakatlanishini ta’minlash maqsadida mosion - treningni tashkillashtirish lozim ya’ni ularni yaylovga yoki otxona yonida qurilgan levadaga kun bo’yi erkin holda yurgizish uchun chiqarish kerak.



Cho’l yoki yaylovda mosionni o’tkazish uchun, qulunlar uyuri ikki chavandoz kuzatuvida chiqariladi. Bir chavandoz uyur oldida keta turib unga tezlik, kerakli allyur va yo’nalishni ko’rsatadi. Ikkinchi chavandoz uyur orqasida yurib uning cho’zilib ketmasligi va tarqalmasligini kuzatadi. Sayr qilish masofasi 3-4 km ni tashkil qiladi. Sayr ohirida qulunlarning chopib harakatlanishi albatta oddiy qadamlab yurish bilan almashiniladi. Allyurlar almashinib turishi trener orqali kuzatilishi va belgilanishi lozim.

Qulunlarning ahvoli, sog’ligi va rivojlanishiga qarab ularni ikki guruxga bo’lish maqsadga muvofik. Mosion - trening rejimi bilan qulunlar 10-12 oylik bo’lganlaricha tarbiyalanadi, keyin esa ular umumiy biyalar to’dasiga o’tkaziladi.

Qulun hayotining dastlabki 3-4 kunida maxsus bo’linmalarda saqlanadi so’ngra u onasi bilan mosionga chiqariladi va kun sayin uning sayr qilish muddati uzaytirilib boriladi. Biyalar 5-7 kunlik qulunlar bilan kichik guruxlarda asraladi. Quluni 10-15 kunlik bo’lganda esa biya umumiy podaga qo’shiladi.

Qulunlar onasidan 6-7 oyligida ajratiladi va jinsi bo’yicha guruxlarga bo’linadi. ( avgust, setyabr, oktyabr oylarida). Onasidan ajratilgan qulunlar bittadan yoki ikkitadan bo’lmalarga joylashtiriladi. Bo’lmalar maydoni 9 m2 atrofida bo’lishi lozim. Bo’lmalar avtomatik suvdon bilan jixozlangan, quruq va yorug’ bo’lishi zarur. Undan tashqari 10-15 bosh qulunlar zallarda umumiy guruxda saqlanishi mumkin (75 m2). Bo’lmalar kuniga 2 marotaba, zallar esa asrash davrida 1-2 marotaba tozalanadi.

Qulunlar dastlabki 1 oy mobaynida onasini har soatda emishi kerak. 1-1,5 oyidan boshlab qulun o’simliklar bilan oziqlana boshlaydi. Xayotini ikkinchi oyidan esa uni o’rgatish ishlari boshlanadi. Qulun konsentrat oziqlarni dastlab 200-300 g dan, onasidan ajratish davrida esa 3-3,5 kg dan iste’mol qilishi kerak.



Yosh toylar sutkasiga 4 marta oziqlantiriladi. Konsentralar ertalab, peshin va kechqurun beriladi. Pichan 3 marta, shirali oziqlar 2 marta beriladi. Kech va nimjon tug’ilgan hayvonlar alohida ajratiladi. Ularga 3-8 litrdan obrat yoki suyultirilgan sigir suti beriladi (1 l sutga 25 g qand qo’shiladi). Oktyabr - yanvar oyigacha toyning har 100 kg tirik vazniga - 2,8, biyalarga - 2,5 oziqa birligi beriladi. Yanvar oyidan yem miqdori 2,5-2,3 kg ni tashkil qilishi kerak. Bunda har bir oziqa birligiga 105-106 g hazmlanuvchi oqsil, 6,5-7,5 g kalsiy, 5,56 g fosfor va 20 mg karotin to’g’ri kelishi lozim. Dastlabki oylarda toylar rasionini 50-60 % (to’yimligi bo’yicha) konsentrat oziqlar tashkil etishi kerak.

Naslchilik xo’jaligida otxona 40 boshga mo’ljallab qurilsa, unda biyalar, ayg’ir va axtalangan ayg’irlar saqlanadi. Onasidan ajratilgan toylarni 80 boshiga alohida bino quriladi. Nasllik otlar uchun qurilgan otxonalarda dennik, manej (qochirish joyi), yemxona, asbob-anjomlar, egar-jabduqlar, navbatchilar, dag’al ozuqa va to’shamalar, sun’iy qochirish xonasi va boshqalar bo’ladi. Ishchi otlar uchun qurilgan otxonalarda yuqoridagilardan tashqari stoyla, egar-jabduqlarni ta’mirlash va taqalash ustaxonasi bo’lishi kerak. Qimiz ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovar xo’jaligida esa sog’ish xonasi bo’ladi. Yosh nasllik toylarni saqlash binolarida dennik, manej (egarlash), o’rgatish va chiniqtirish maydoni, dush xonalari, dennik va guruhda saqlash uchun alohida bo’limlar (seksiya) bo’ladi.

Yaylovlarda har bir ot uchun 0,3 - 0,5 ga yer ajratilib iloji bo’lsa to’siqlar bilan o’raladi. Shamol va noqulay ob-havodan saqlash uchun shiyponlar qurilib ichida oxurlari bo’ladi. Hamma turdagi otchilik fermalarida veterinariya bo’limi, tortish joyi, sug’orish qurilmasi, temirchilik, egar jabduq ustaxonasi, ozuqa ombori, go’ngxona, idora, maishiy xizmat xonalari quriladi. Yosh toylar uchun qurilgan binolar boshqa otxonalarga qaraganda balandroq shamol esadigan tomondan quriladi.

Otxona va uning ichki jihozlari texnologiyani loyihalash me’yoriga (TLM 9-83) to’g’ri kelishi zarur. Otxonalar asosan G va P shaklda qurilib, stoyla va denniklar 2 qator qilib joylashtiriladi. Ularning orasidan kengligi 2,6 - 3 m bo’lgan ozuqa - go’ng yo’li qilinadi. Ot zavodlarida, otxonalarda ozuqa - go’ng yo’li 2 m kenglikda, devor tomonidan quriladi. Otxonaning bir qatorida 12 tagacha dennik, 30 tagacha stoyla joylashtirilib, binoning o’rtasida boshqa qo’shimcha xonalar qilinadi. Nasllik otlar otxonasining balandligi 3 m, ishchi otlar uchun 2,4 m va tovar xo’jaligidagi otxonalar uchun 2,7 m va manejning balandligi 4,5 m bo’ladi. Binolar issiq, yorug’, quruq bo’lishi va ventilyasiya yaxshi ishlashi kerak.


Ishchi otlar va ularning egar-jabduqlariga bo’lgan gigiyena talablari - otlarning sog’ligini saqlash va ish unumini oshirishda ulardan ishchi kuchi sifatida to’g’ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bajariladigan ish otning kuchiga qarab bo’linadi. Ish haddan tashqari ko’p ishlatmaslik kerak, chunki bu ish unumdorligini pasaytiradi va ularni turli kasalliklarga yo’liqtiradi. Otlar 4-5 yoshida to’liq kuchga kiradi. Otlar sog’ligiga zarar yetkazmay, maksimal darajada ishlashi kuyidagiomillarga bog’liqdir:

1. Otning semizligi, yoshi va vazniga

2. Otni ishga tayyorlash va mashg’ulotlar o’tkazishga

3. Otga mos egar-jabduqlarni tanlashga

4. Otni vaqtida oziqlantirish, sug’orish va dam berishga

5. Iqlim sharoiti, yer tuzilishi, yo’lning ahvoliga

6. Otning fiziologik holati va h.k. bog’liq bo’ladi.
Otning ishi yukni qancha masofaga tortib borishi bilan o’lchanadi (kg/m, kg/km, tonna/km...). Ishchi otlar kuniga 10 - 12 soat, mavsum vaqtlarida 12-14 soatgacha ishlatiladi. Issiq havoda, namlik ko’payganda ular tez charchaydi. Shuning uchun soya salqin joylarda dam beriladi, otxonalarga kiritiladi. Ishdan keyin oyoq - tuyoqlariga, egar - jabduqlar tagiga diqqat bilan qaralib tozalanadi.

Egar-jabduqlariga - yugan, bo’yinturuq, egar, ayil, o’zangi, to’xtatuvchi tasma, shoti tasmasi, egarchani ko’tarib turadigan tasma, shoti zanjirchasi, tomoqbov, quloqbov, chirgi, jobuv, tomoq tasma, qo’shqoq va boshqalar kiradi. Bu egar-jabduqlar har bir otning o’ziga mos, o’lchamiga to’g’ri bo’lishi zarur. Bu otlarni boshqarish, ishlatish va minishda yordam beradi, tortish kuchini oshiradi. Agar egar-jabduqlar mos kelmasa muskullarni bosadi, nafas olish, qon aylanish qiyinlashadi, ish unumi pasayadi. Ko’pincha otlarning bo’ynida, yelkasida, belida, sag’risida yallig’lanish paydo bo’ladi. Ularni egar-jabduqlari mahkam, yengil, mustahkam, oddiy bo’lib, zarur vaqtda tez almashtiriladigan, ot gavdasiga mos va tanasiga botmaydigan bo’lishi kerak.



Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar

ro’yxati


  1. Donskaya T.K., Narusbayeva M.A. Bolezni nervnoy sistemы «Bolezni sobak», M.; 2003

  2. Dorosh M. V. Bolezni loshadey. Veche, 2007 g. http://www.e–reading.club/ ook.hp?book=83010

  3. Ibragimov Sh.I. va boshq. Sitologiya, gistologiya va embriologiya. Toshkent. 2006

  4. Kalashnik I.A., Logvinov D.D., Smirnov S.I. va boshq. Nezaraznыye bolezni loshadey. M.; Agropromizdat, 1990

  5. Lipovsev I. Lecheniye paralichey u sobak. «Oxota i oxotnichye xozyaystvo» – № 6 – 1990

  6. Maryushina T. O.  Diagnostika i kliniko–morfologicheskaya xarakteris–tika vtorichnogo giperparatireoza u sobak. Avtoreferat   diss. na soisk. uch. step. kandidata veterinarnыx nauk.   Moskva. 2012

  7. Sidorova Yu.I. Parez u jivotnыx. Veterinarnыy sentr Dobro Vet. Moskva. 2013

  8. Sotnikov N.A. Problemы profilaktiki i lecheniya paralichey i parezov u sobak. Sankt–Peterburg, 2014.

  9. Tashtemirov R. M., Narziyev B.D., 3. Uzakova D.P. Ot treningi asoslari. O’quv qo’llanma. Samarqand, 2009

  10. Timofeyev/ S. V., Filippov Yu. I., Konsevaya S. Yu. i dr.; Obщaya xirurgiya jivotnыx. Pod red. S. V. Timofeyeva. – M.: Zoomedlit, 2007. – 687 s.

  11. Shakurov M.Sh. Kompleksnoye lecheniye paralichey u sobak. Kazanskaya akademiya veterinarnoy medesinы. 1990.

Download 120.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling