Mavzu statik aniq sistemalar


Download 341.7 Kb.
bet1/5
Sana12.05.2020
Hajmi341.7 Kb.
#105377
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu

1 -MAVZU




Statik aniq sistemalar Qurilish mexanikasi fanining mohiyati va usullari. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi. Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari. Tayanchlar va ularning turlari. Tashqi yuklar va ularning inshootga ta’siri. Inshootlar hisoblash sxemalarining kinematik analizi. Inshootlar geometrik strukturasining analizi.



Ma’ruza mashg’ulotini olib borish texnologiyasi

(mashg’ulot modeli)


O’quv soati -2soat

Talabalar soni:

O’quv mashg’uloti shakli

Ma’ruza mashg’uloti


Ma’ruza mashg’uloti rejasi:

1.Qurilish mexanika faniga kirish 2.Erkinlik darajasiga ta’rif

3.Bog’lovchi sharnir turlari

4.Erkinlik darajasiga qarab konstruktsiya turlari


O’quv mashg’ulotining maqsadi:Qurilish mexanikasi fani xaqida tushuncha berish, inshoot va konstruktsiyalarning erkinlik darajalariga qarab, turlari bilan tanishtirish.

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyatining natijalari:

1. Qurilish mexanikasi fani xaqida tushuncha berish.

Qurilish mexanikasi fani va uning vazifalari haqida bilimlarga ega bo’ladi.

2. Erkinlik darajasiga ta’rif berish

Erkinlik darajasi to’g’risida tushunchiga ega bo’ladi.


3. Bog’lovchi sharnir turlari bilan tanishtirish

Bog’lovchi sharnir turlari to’g’risida tushunchaga ega bo’ladilar.

4. Geometrik o’zgaruvchan, o’zgarmas va oniy o’zgaruvchan sistemalar to’g’risida tushuncha berish

Erkinlik darajasiga qarab konstruktsiya turlari bilan tanishadilar.

O’qitish vositalari


Ma’ruza matni, doska

O’qitish usullari

“Aqliy hujum”, ma’ruza

O’qitish shakllari

Frontal

O’qitish sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og’zaki savollar


Statik aniq sistemalar Qurilish mexanikasi fanining mohiyati va usullari. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi. Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari. Tayanchlar va ularning turlari. Tashqi yuklar va ularning inshootga ta’siri. Inshootlar hisoblash sxemalarining kinematik analizi. Inshootlar geometrik strukturasining analizi. mavzusining texnologik xaritasi


Ish

bosqichlari



O’qituvchi faoliyatining mazmuni

Tinglovchi

Faoliyatining mazmuni



1 bosqich

1.1 O’quv xujjatlarini to’ldirish va talabalar davomatini tekshirish (5 min).

1.2 O’quv mashg’ulotiga kirish (10min)


1.1.Ma’ruza mashg’uloti mavzusi, rejasi bilan tanishtiradi

1.2.”Aqliy hujum” o’tkazib, mavzuga oid bo’lgan asosiy tushunchalarning tegishli fanlardan esga tushiradi (1-ilova)



Tinglaydilar


Tinglaydilar, javob beradilar.

2-bosqich

Asosiy


bo’lim

(50 min)


2.1. Mavzu mazmunini ochib beradi (2-ilova)


YOzadilar va eshitadilar.


3-bosqich

YAkunlovchi

(15 min)


3.1.Ma’ruza bo’yicha yakunlovchi xulosa chiqaradi

3.2.Takrorlash uchun savollar beradi.

(3-ilova)


Bajaradilar
YOzib oladilar


1-ilova

Erkinlik darajasi, tayanch turlari, bog’lovchi sharnirlar, nuqtaning tekislikdagi erkinlik darajasi, diskning erkinlik darajasi, geometrik o’zgaruvchan, o’zgarmas va oniy o’zgaruvchan sistemalar.

2-ilova

1. Qurilish mexanika faniga kirish
Kurilish mexanikasi - konstruktsiya va inshootlarning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligini hisoblash printsiplari hamda usullari to’g’risidagi fandir. Unda inshootlarning mustahkamligini hisoblash bilan birga ularning tashqi kuchlarga chidamli bo’lishini ta’minlash masalasi tekshiriladi.

Inshootlarning ustivorligini hisoblashda konstruktsiyalarning aynan o’rni va muvozanat holidagi shaklini deformatsiyalangandan keyin ham saqlab qolish qobiliyati aniqlanadi.

Inshootlarning katta ko’chish (siljish) tebranishlar ta’siriga chidamliligini, ulardan normal foydalanishni aniqlash maksadida bikirlikka hisoblanadi.

Inshootlarning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligi masalalarini hal qilish uchun tashqi kuchlar ta’siridagi sistemalarda hosil bo’ladigan ichki zo’riqishlar va deformatsiyalarni aniqlash usullarini bilish kerak.

Qurilish mexanikasining asosiy vazifalaridan biri - inshootlarda hosil bo’ladigan ichki zo’riqish kuchlari va deformatsiyalarini aniqlashdan iborat.

Agar inshoot elementlarining materiali va o’lchamlari ma’lum bo’lsa aniqlangan ichki zo’riqish kuchlari va deformatsiyalar miqdoriga ko’ra har bir element va butun inshootning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligini tekshirish mumkin.

Qurilish mexanikasi statik va dinamik kuchlar ta’sirida bo’lgan inshootlarni hisoblash nazariyalari to’g’risida ma’lumot beradi.

Qurilish mehanikasining yana bir vazifasi – inshootlarning tuzilishi, uning elementlarining bir-biriga biriktirilishi qonunlarini tekshirish va ularning eng ratsional (havfsiz, tejamli) shakllarini yaratishdan iborat.

Inshootlar va ularni konstruktsiyalarini hisoblashda har qanday muhandis 2ta omilni: inshootga ta’sir qiluvchi kuchlarni va uning ta’siridan inshoot va uning elementlarida xosil bo’ladigan ichki zo’riqishlarni aniqlashni bilishi muhim rol o’ynaydi.

Tashqi yuklar va ularning turlari.

Tashqi yuklarning turlari materiallar qarshiligida o’rganilgan turlarga aynan mosdir. SHu bilan birga qurilish mexanikasida qo’yilish nuqtasiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:



  1. Qo’zgalmas yuklar – bu yuklar inshootga ta’sir qilish davrida o’z o’rnini o’zgartirmaydi.

  2. Qo’zgaluvchan yuklar – inshootga qo’yilgan o’rnini o’zgartiradigan yukdir.

Inshootga bir necha turdagi yuklar ta’sir qilganda ularni birgalikda qarash uchun asosiy va maxsus birikmalar qaraladi. Buning natijasida hisobiy zo’riqishlar aniqlanadi. So’ngra shu zo’riqish asosida konstruktiv echimlar tanlanadi. Bunda qo’llanadigan koeffitsientlar inshootning va materialning turiga muvofiq qurilish me’yorlarida va qoidalarida keltirilgan bo’ladi.

Inshootlarning hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha.

Inshoot va konstruktsiyalarning hisobini osonlashtirish uchun ular soddalashtirilgan sxemalar bilan almashtiriladi. Inshootlarning soddalashtirilgan tasvirini ifodalovchi sxema hisoblash sxemasi deyiladi.

Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari elementlarining geometrik shakliga ko’ra quyidagicha kvalifikatsiyalanadi:

1. Sterjanlar birikmasidan tashkil topgan inshootlar.

Sterjenlardan tashqil topgan inshootlarga balka, rama, arka, ko’p oraliqli balka, fermalar kiradi.

Agar inshootlar to’g’ri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa unga balka deyiladi.





Inshoot egri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa, arka deyiladi.




Bir-biriga bikr qilib biriktirilgan sterjenlardan tashkil topgan inshoot rama deyiladi.


Download 341.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling