Mavzu: Stoplazmatik membrananing tuzilishini o'rganish Reja: Plazmatik membrana


Download 17.57 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi17.57 Kb.
#1389917
Bog'liq
10-mavzu


Mavzu: Stoplazmatik membrananing tuzilishini o'rganish
Reja:

  1. Plazmatik membrana 

  2. Stoplazmatik membrananing tuzilishini o'rganish


Hujayrani tashqi tarafdan oʻrab turuvchi sitoplazma qobigʻi biologik membrananing oʻzidan iborat boʻlishi mumkin. Lekin koʻpincha, hujayra murakkab tuzilgan 3 qismdan: tashqi, oʻrta va ichki qismlardan hujayra (sitoplazma) qobigʻi bilan oʻralgan.
Sitoplazma qobigʻining tashqi qismi glikokaliks deb nomlanib oqsil va karbonsuvlardan hosil boʻlgan. U elektron mikroskop ostida uzluksiz struktura holida koʻrinadi. Glikokaliks tashqi qavat boʻlgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol oʻynaydi. Glikokaliks zonasi turli hujayralarda farqlanadi. Bazi bir hujayralarda glikokaliks moddalarni parchalovchi fermentlarga boy boʻlsa, boshqa hujayralardagi glikokaliksni hosil qiluvchi glikoproteidlar immunologik xususiyatga ega.
Plazmatik membranaga kimyoviy tarkibiga koʻra, yogʻlar, oqsillar, uglevodlar va juda oz miqdorda boshqa organik birikmalar kiradi. Suyuklikmozaika modeliga koʻra, Plazmatik membrananing asosiy qismi fosfolipid qoʻsh qavatdan iborat. Bu qavatning ichkariga qaragan qismi gidrofob (suvda erimaydigan), tashqi qis-mi esa gidrofil (suvda eruvchan) xusu-siyatga ega. Fosfolipid qavatda oqsil molekulalari suzib yuradi.
Fosfolipid qavati sirtida esa murakkab organik birikmalardan hosil boʻlgan glikopro-teinlar joylashgan. Ular retseptorlar tarkibiga kiradi. Plazmatik membrana baryer (toʻsiq), moddalarni tashish (transport), regulyator (boshqarish) va katalitik funksiyalarni bajaradi (yana qarang Hujayra).
Fosfolipidning gidrofil yoki “suvni yaxshi koʻruvchi” qismi uning bosh qismiga toʻgʻri keladi, u manfiy zaryadlangan fosfat guruhidan, shuningdek, zaryadlangan yoki qutbli qoʻshimcha kichik guruh (chapdagi diagrammada “R” bilan koʻrsatilgan oʻzgaruvchan identifikator)dan tashkil topgan. Membrana qoʻshqavatida fosfolipidlarning gidrofil boshchalari tashqi tomonga qaragan boʻlib, ular hujayraning ham ichidagi, ham tashqarisidagi suvli muhit bilan munosabatda boʻladi. Suv qutbli molekula boʻlgani uchun u fosfolipid boshchalari bilan osongina elektrostatik (zaryadga asoslangan) taʼsirni shakllantiradi.
Fosfolipidning gidrofob yoki “suvdan qoʻrqadigan” qismi uning uzun, qutbsiz yogʻ kislotali dumlariga toʻgʻri keladi. Yogʻ kislotali dumlar boshqa qutbsiz molekulalar bilan oson taʼsirlashadi, lekin ular suv bilan uncha yaxshi taʼsirlasha olmaydi. Shu sababli fosfolipidlar oʻzlarining yogʻ kislotali dumlarini membrananing ichki qismiga tortib olgan boʻladi, chunki bu ularning atrofdagi suvdan himoyalanishlari uchun qulayroq boʻladi. Ushbu oʻzaro taʼsir natijasida hosil boʻlgan fosfolipid qoʻshqavati hujayraning ichki va tashqi qismlari oʻrtasida yaxshi chegara hosil qiladi, chunki suv va boshqa qutbli yoki zaryadlangan moddalar membrananing gidrofob asosidan osonlikcha oʻta olmaydi. 
Download 17.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling