Mavzu: sun’iy intellekt tushunchasi, tarixi va qo‘llanilish


Download 424.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.10.2022
Hajmi424.52 Kb.
#830414
Bog'liq
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI, TARIXI VA QO‘LLANILISH
1, 2-klass3, 4-klass, AUTODESK 3ds MAX TALABALAR UCHUN javoblar, AUTODESK 3ds MAX TALABALAR UCHUN javoblar, AUTODESK 3ds MAX TALABALAR UCHUN javoblar, AUTODESK 3ds MAX TALABALAR UCHUN javoblar, AUTODESK 3ds MAX TALABALAR UCHUN javoblar, AUTODESK 3ds MAX TALABALAR UCHUN javoblar, AUTODESK 3ds MAX TALABALAR UCHUN javoblar, КХАЛТЕ амалий ишлар)-1, 1-sinf TASVIRI-WPS Office, 1-sinf TASVIRI-WPS Office, 25-maktab OTM, bellashuv.uz - 9-sinf kimyo FO 1-v


MAVZU: SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI, TARIXI VA QO‘LLANILISH 
SOHALARI 
Reja 
1. Intellekt tushunchasi 
2. Sun’iy intellekt tarixi 
3. Sun’iy intellektning qo‘llanilish sohalari 
Sunʼiy intellekt bugungi kunda dunyodagi eng muhim texnologiyalardan 
biriga aylanib ulgurdi. O‘tgan asrning boshlarida biz faqat filmlarda va turli xil 
ilmiy-fantastik romanlarda ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan sahnalarning aksariyati 
hayotimizga sunʼiy intellektning kirib kelishi bilan haqiqatga aylanmoqda. 
BMT tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 yilga kelib, dunyo bo‘yicha 
yalpi ichki mahsulotning qariyb chorak qismi raqamli texnologiyalarga bog‘liq 
bo‘lib qolishi taxmin qilinayotgan hozirgi sharoitda bu yo‘nalishdagi ishlarni 
jadallashtirish va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish eng to‘g‘ri strategik 
yo‘nalish hisoblanadi. 
Sun’iy intellekt tushunchasiga ta’rif berishdan oldin intellekt nimaligini 
bilishimiz lozim. Bu tushunchani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek 
tuyuladi, lekin biz buni qila olmaymiz. Chunki, hozircha «intellekt va sun’iy 
intellekt haqida biron-bir aniq fikr yo‘q. Bu tushunchani turli fan sohalarida ijod 


qiluvchi olimlarning talqin qilishlari turlicha bo‘lib qolmoqda. Shu sababli bu 
tushunchalarning mazmunini o‘quvchiga tushuntirib berishga harakat qilamiz. 
Intellekt - (lot.intellectus
1
- bilish, tushunish, idrok qilish, aql) insonning aqliy 
qobiliyati; hayotni, atrof-muhitni ongda aynan aks ettirish va o‘zgartirish, fikrlash, 
o‘qish-o‘rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli 
masalalarni hal qilishda bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea-hodisalarni 
oldindan ko‘ra bilish layoqati. Intellektning tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr 
yuritish va psixik jarayonlar kiradi. Intellektning rivojlanishi tug‘ma iste’dod, miya 
imkoniyatlari, jo‘shqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy omillarga bog‘liq. 
Intellekt darajasi inson faoliyatining hamda, psixologik testlar natijalariga qarab 
ham belgilanadi. 
Intellekt - turmushdagi dalillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunish 
qobiliyati. Bu qobiliyat belgilangan maqsadga erishishga olib boruvchi 
harakatlarni 
ishlab 
chiqish 
uchun 
kerak 
bo‘ladi.
Yuqorida aniqlangan «intellekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish 
mumkinki, ya’ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining 
o‘ziga xos o‘lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar 
yordamida tajriba orqali odamning intellektual (aqliy) darajasini aniqlash mumkin 
bo‘ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intellektning individual darajasi o‘rtasidan 
surilishi (og‘ishi) odamning fizik imkoniyatlari darajasiga bog‘liqdir.
Agar o‘rtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul qilinsa, u holda o‘ta 
qobiliyatli 
insonlarda 
bu 
ko‘rsatkich 
150, 
180 
hattoki 
200 
ballga
yetish 
mumkin. 
Shuni 
qayd 
qilish 
lozimki, 
evolyutsiya 
davrida
intellekt birmuncha bir tekis, inqilobiy rivojlanish davridan toki zamonaviy
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Intellekt 


inson intellekti paydo bo‘lgunga qadar bo‘lgan davrni bosib o‘tgan.
Sunʼiy intellekt atamasi muallifi Jon Makkartining o‘zi tomonidan sunʼiy 
intellektga bir qancha taʼriflar bildirilgan. U sunʼiy intellektga “odamga o‘xshash 
aqlli mashinalar, ayniqsa, aqlli kompyuter dasturlarini yaratish fanlari va 
muhandisligi” deb taʼrif bergan. Shunga ko‘ra, kompyuter fikr yuritish
muammolarni hal qilish, maʼno yaratish va umumlashtirish kabi insoniy xatti-
harakatlarni namoyish qilsa, yaʼni yuqori darajadagi bilim qobiliyatlaridan 
foydalana olsa, kompyuterni sunʼiy intellekt deb taʼriflash mumkin[1]. Yana bir 
buyuk olim, sunʼiy intellektga oid tadqiqotlari va shu soha bo‘yicha ko‘plab ilmiy 
adabiyotlar muallifi Nils Nilssongning fikriga ko‘ra, “sunʼiy intellekt - bu tabiiy 
aqlga taqlid qilishni yaratishga qaratilgan nazariya”. Buni quyidagicha, yaʼni sunʼiy 
intellektga - inson aqliga taqlid qilingan algoritmlar ketma-ketligi sifatida ham 
taʼriflash mumkin. 
Hozirgi kunda sun’iy intellekt Sog‘liqni saqlash, energetika, tog‘-kon sanoati, 
qishloq xo‘jaligi, ta’lim, mashinasozlikni takomillashtirish, ovozli yordamchilar, 
onlayn suhbat va aloqa va dasturiy ta’minotni rivojlantirishda samarali 
foydalanilmoqda.


Sun’iy intellektning rivojlanish yo‘nalishlari 
Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar rivojlanishining qisqacha tarixiy sharxi. 
Sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarning boshlanishini (50 yillar oxiri) 
Nyuell, Sayman va Shoularning turli xil masalalarni yechish jarayonlarini tadqiq 
qilish ishlari bilan bog‘lashadi. Ular ishining natijasi mulohazalar hisobidagi 
teoremalarni isbotlashga mo‘ljallangan «MANTIQCHI-NAZARIYOTCHI» va 
«UMUMIY MASALA YECHUVCHI» dasturlari bo‘ldi. Bu ishlar sun’iy
intellekt sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichini boshlab berdi. Bu
tadqiqotlar masalalarni yechishda turli xil evristik usullarni qo‘llashga
asoslangan 
dasturlarni 
ishlab 
chiqish 
bilan 
bog‘liq 
bo‘lgan.
 
Evristik usul bu holda insonning fikrlashiga umuman xos bo‘lgan, ya’ni 
masalani yechish yo‘lini uni keyinchalik tekshirishga o‘xshash holda qaralgan. 
Ehisoblash mashinalarilarda qo‘llanilgan algoritmik usul unga qarshi qo‘yilgan 
bo‘lib, bu usul deterministik tarzda natijaga olib keluvchi berilgan qadamlarning 
mexanik tarzda bajarilishini amalga oshirgan. Evristik usullarning alohida inson 
faoliyati kabi talqin etilishi sun’iy intellekt terminining paydo bo‘lishi va 
tarqalishiga sabab bo‘ldi. 
Shunday qilib o‘zlarining dasturlarini tavsiflashda Nyuell
2
va Sayman dalil 
sifatida shuni ta’kidlashdiki, ularning dasturlari inson fikrlashini (tafakkurini) 
2
http://ru.wikipedia.org/wiki/Гипотеза_Ньюэлла_—_Саймона 
Mahsus dasturiy 
ta'minotlar
Obrazlarni 
aniqlash
Tarjimon dasturlar
Intellektual 
robotlar
Bilimga 
asoslangan tizimlar
Mustaqil o'rganish


modellashtirar ekan. 70-yillar boshida ular bunga o‘xshash ko‘plab ma’lumotlarni 
chop etishdi va fikrlashni (tafakkurni) modellashtiradigan dastur tuzishning umumiy 
metodikasini taklif etishdi. Nyuell va Saymanning ishlari ko‘pchilikni jalb qilgan 
bir paytda Massachusets texnologiya instituti, Stenford universiteti va Stenford 
tadqiqotlar institutida sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotchilar guruhi shakllandi. 
Nyuell va Saymanning oldingi ishlariga qarshi ravishda bu tadqiqotlar formal 
matematik tushunchalarga tegishli edi. Bu tadqiqotlarda masalani yechish yo‘li 
matematik 
va 
belgilar 
mantiqi 
asosida 
rivojlandi. 
Inson 
tafakkurini 
modellashtirishga ikkinchi darajadagi kabi ahamiyat berildi.

Sun’iy 
intellekt 


atamasi 
birinchi 
bo’lib, 1956-yilda 
Dortmund 
konferentsiyasida Jon Makkarti va uning hamkasblari Marvin Li Minskiy, Nataniel 
Rochester, Klod Shennonlar tomonidan taklif etilgan. Jon Makkarti ushbu 
atamaning muallifi sifatida qabul qilinadi. Shu o‘tgan vaqt ichida juda katta ilmiy 
izlanishlar olib borildi va borilmoqda, buning natijasida sun’iy intellektning 
qo’llanilish 
sohasi 
tezlik 
bilan 
kengayib 
bormoqda. 
Sun’iy intellekt usullarini rivojlantirishning birinchi bosqichida turli xil 
o‘yinlar, boshqotirmalar va matematik masalalar tadqiqot maydoni hisoblangan. SI 
to‘g‘risidagi adabiyotlarda bu masalalarning ba’zilari klassik masalalar bo‘lib qoldi. 
Bunday masalalarni tanlash ularning oddiyligi, masalaning aniq qo‘yilishi, ularning 
unchalik murakkab emasligi va masalani yechish uchun «qism usul» ni tanlash, 
hattoki, sun’iy ravishda qurish mumkinligi bilan bog‘liq. 
Bugungi kunda jahon amaliyotida Kanada, Singapur, Birlashgan Arab 
Amirliklari, Finlyandiya, Yaponiya, Xitoy, Italiya, Tunis, Buyuk Britaniya, AQSH, 
Shvetsiya, Meksika, Yevropa Ittifoqi, Keniya, Daniya, Fransiya, Avstraliya, Koreya 
Respublikasi, Hindiston va Germaniya kabi davlatlar[1] sunʼiy intellektni 
rivojlantirish strategiyalarini eʼlon qilgan. 
Sunʼiy intellekt texnologiyalarining dunyo amaliyotida jadal va keng 
qo‘llanilishi hamda shu kabi raqamli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini 
mamlakatimiz hayotida foydalanishning yuqori sifatini taʼminlash, ushbu sohada 


malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bugungi kunning 
talabidir. 
Sun’iy intellekt sohasini tadqiq etishda Robinsonning rezolyutsiyalar usuli 
katta ta’sir etdi. Bu usul predikatlar mantiqidagi teoremalarni isbotlashga asoslangan 
va isbotlashning mukammal usuli hisoblangan. Bunda sun’iy intellekt iborasini 
tavsiflash muhim o‘zgarishga uchradi. Sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarning 
maqsadi «Inson masalalari»ni yechadigan dasturlarni yaratish bo‘ldi. O‘sha 
davrning sun’iy intellekt sohasidagi ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchilaridan biri
R. Benerdji 1969-yil shunday yozgan: «Odatda sun’iy intellekt deb nomlangan 
tadqiqot sohasini, yaqin kunlargacha faqat inson hal qila oladigan masalalarni
yecha oladigan mashinalarni analiz va konstruktsiya qilishning usul va
vositalari yig‘indisi sifatida qarash mumkin. Bunda tezlik va samaradorligi
bo‘yicha mashinalar inson bilan tenglasha olishi kerak».

60 yillar oxiriga kelib bunday tadqiqotlar juda rivojlandi. Shu davrga kelib bu 


tadqiqotlarni sun’iy muhitlarda emas, balki real muammoli muhitlarda qo‘llashga 
harakatlar qilingan. SI tizimlarining real dunyoda ishlashini tadqiq qilish integral 
robotlarni yaratish masalasiga olib keldi. Bunday ishlarning o‘tkazilishini sun’iy 
intellekt ustidagi tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi deyish mumkin. Stenford 
universiteti, Stenford tadqiqotlar instituti va boshqa bir qancha joylarda laboratoriya 
sharoitida ishlaydigan robotlar yaratilgan. Bunday tajribalarning o‘tkazilishi bir 
qancha muammolarni hal qilishni talab qildi. Bunday muammolarga bilimlarni 
tasvirlash, ko‘rish orqali idrok etish, robotlar bilan tabiiy tilda muloqot qilish 
mummolari kiradi. 
Bu muammolar 70 yillar o‘rtalarida tadqiqotchilar oldiga yanada aniqroq 
ifodalangan muammolarni qo‘ydi. Bu davr sun’iy intellekt tizimlarini tadqiq 
etishning uchinchi bosqichi edi. Uning xarakterli tomoni tadqiqotchilarning diqqat 
markazini oldiga qo‘yilgan masalani real muhitda o‘zi yechadigan, avtonom 
(aloxida) ishlaydigan tizimni yaratishdan, inson intellektini va hisoblash mashinalari
ning imkoniyatlarini birlashtiradigan inson-mashina tizimlarini yaratishga 


ko‘chirish va buning natijasida umumiy maqsadga erishish - integralli inson-
mashina yechuvchi tizimining oldiga qo‘yilgan masalani yechish edi.

Bunday 
ko‘chirish 


ikkita 
sababga 
ko‘ra 
kelib 
chiqdi:
 
1. Bu vaqtda shu narsa aniqlandiki, integral robot real vaqtda ishlaganda hatto 
eng oddiy ko‘ringan masalani ham maxsus shakllangan muammoli muhitda 
tajribaviy masalalarni yechish uchun yaratilgan usullar yordamida yecha olmasligi 
aniq bo‘ldi
 
2. Bir - birini to‘ldiradigan inson va kompyuter imkoniyatlarini birlashtirish, 
kompyuterga mumkin bo‘lmagan funktsiyalarni insonga yuklash orqali murakkab 
tomonlarni chetlab o‘tish mumkinligi aniqlandi. Mashina yordamida yechish 
usullarini yaratish emas, balki butun masalani yechish jarayonida inson va hisoblash 
mashinalarining birgalikdagi harakatini ta’minlaydigan usullar va vositalarni 
yaratish oldingi o‘ringa chiqdi. 
Sun’iy intellekt tizimlarining bu yo‘nalishda rivojlanishiga hisoblash 
texnikalarini ishlab chiqarishning o‘sishi va ularning arzonlashishi sabab bo‘ldi. 
Sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llashning funktsional strukturasi. 
Bu struktura uchta hisoblash vositalari majmuasidan tashkil topgan.
Birinchi majmua masalani samarali yechish nuqtai nazaridan loyihalangan 
dasturni bajaruvchi vositalar majmuidan tashkil topgan, ba’zi xollarda muammoli 
yo‘nalishga ega.
Ikkinchi majmua - keng doiradagi foydalanauvchilar talablariga tez 
moslashuvchi strukturaga ega bo‘lgan intellektli interfeys vositalari majmui.
Uchinchi vositalar majmui birinchi ikki majmuaning o‘zaro aloqasini 
ta’minlaydigan bilimlar bazasi hisoblanadi. Bajaruvchi tizim shakllangan dasturni 
bajarishni ta’minlaydigan barcha vositalar majmuini birlashtiradi. Intellektli 
interfeys - dasturiy va qurilmaviy vositalar tizimi bo‘lib, foydalanuvchilar uchun 
ularning 
kasbiy 
faoliyatida 
vujudga 
keladigan 
masalalarni
hal qilishda kompyuterni qo‘llashni ta’minlaydi.



 Bilimlar bazasi - boshqa komponentalarga nisbatan markaziy o‘rinnni 
egallaydi. Chunki bilimlar bazasi orqali masalani yechishda ishtirok etadigan 
hisoblash tizimlari vositalarining birlashuvi amalga oshiriladi. 

Download 424.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling