Mavzu: “Susambil” ertagi ustida ishlash Dars maqsadi: ta’limiy


Download 1.11 Mb.
bet1/2
Sana10.01.2020
Hajmi1.11 Mb.
  1   2

Mavzu: “Susambil” ertagi ustida ishlash

Dars maqsadi:



  1. ta’limiy: o’quvchilarni ertak mavzusi va g’oyasini aniqlashga, ertak qahramonlarini faoliyatini tahlil qilish va xatti-harakatlarga baho berishga o’rgatish.

  2. tarbiyaviy:Insonparvarlik, jonivorlarga muhabbat, ona yurtga sadoqat, do’stlik, inoqlik, o’z fikr-mulohozalarin bayon qilishga o’rgatish;

  3. rivojlantiruvchi:Ertakni tahlil qilish ,mustaqil fikrlashga o’rgatish,kasbga yo’naltirish, tafakkuri va nutqini o’stirish;

Shakllantiradigan kom petensiyalar:

  • Kommunikativ kompetensiya: o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda tushunarli bayon qila olish,dars davomida adabiy tilda so’zlashishga erishish;

  • Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:mavzuga doir turli xil adabiyotlar,jumladan,kitob,jurnal,televizor,telefon,kompyuterdan foydalana olish;

  • O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: dars davomida o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,mustaqil o’qib-o’rganish,bilimini muntazam oshirib borish;

  • Milliy va umummadaniy kompetensiyalar: миллий ва умуммаданий компетенсияларнинг элементлари: badiiy asarlarda qahramon va personajlarning insoniylik va boshqa burchlarini bajarishidagi o’ziga xosliklarga qarab turib xolis mulohaza yuritish;

  • Matematik savodxonlik kopetensiyasi:dars davomida integratsiyalash orqali mantiqiy fikrlashini oshirish;

Dars turi: Bilimlarni rivojlantiruvchi;

Dars uslubi: interfaol,”Tafakkur cho’qqisi”,”O’yla,izla,top”intellektual o’yini,integratsiya,namoyish etish,”,”Rolli o’yin “Klaster”, “Keys stadi”, “Blits -so’rov”, “Muammoli vaziyat” uslubi “Sahna ko’rinishi”,Test “Bahs munozara”.

Dars jihozi: slayd, “Susambil” ertagi asosida tayyorlangan multipanorama,5-sinf adabiyot darsligi,kompyuter,proyektor,monitor,slaydlar,internet ma’lumotlari,ko’rgazmalar,vatman,marker,tarqatma didaktik materiallar,skotch,rag’bat kartochkalari,O’zbekiston tabiati manzarasi, bo’r.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashilib,davomat aniqlangach,sinfxonasi va o’quvchilarning darsga hozirligi ko’zdan kechiriladi.

O`qituvchi: Yurtimizda va jahonda yuz berayotgan qanday muhim voqealar haqida eshitdingiz?

1-o`quvchi: Shu kunlarda yurtimizda mamlakatni rivojlantirishning besh tamoyili asosida yurtboshimiz Shavkat Miromonovich tomonidan 2018-2021-yillar Harakatlar strategiyasi dasturi bo’yicha ish yuritilmoqda.

2-o`quvchi:1-yo’nalish,Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.

3-o`quvchi:2-yo’nalish-qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.

4-o`quvchi:3-yo’nalish-Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.

5-o`quvchi:4-yo’nalish-ijtimoiy sohani rivojlantirish.

6- o`quvchi:5-yo’nalish-xavfsizlik,millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash,chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.

7- o`quvchi:Tanlagan rejamizda o’ziga xos ramziy timsollar bor.Birinchi rang ko’k rangda,musaffo osmonramzi.Ko’k rangdagi rejada O’zbekistonning rivojlanib kuchli davlat bo’lishi uchun jamiyat,ya’ni hamma odamlar baravar ishtirok etsin degan ezgu tilak bor.Buyuk sarkarda Amir Temurning bayrog’I ham ko’k rangda bo’lgan.

8-- o`quvchi:2-rang siyoh rangda.Siyoh rang ustuvorlik,adolat ramzi.Taraqqiyot rejasida odamlar qonun qoidalarga amal qilab yashasin,sud va huquq idoralari adolat va odillik bilan odamlarning muammolarini hal etishgayordam beradi deya ishonch bildirilgan.

9-o’quvchi:3-rang tilla rang boylik va qudrat,iqtisodiyot timsoli.Ozbekistonning iqtisodiyoti kuchli bo’lsin,tadbirkorlar ko’payishsin.

10- o`quvchi:4-rang tomirimizda oqayotgan hayotga o’xshaydi,ya’ni qizil rangda.Jamiyat hayoti rivojlanadi,bizning zamonaviy inshootlarda o’qishimiz,yashashimiz,mazmunli hayot kechirishimiz uchun jamiyat harakat qiladi.

11- o`quvchi:5-rang orzularimiz kabi oppoq rangda.Bu rang O’zbekistondagi odamlar bir-birini hurmat qilishi,o’zaro inoq yashashimiz kabi O’zbekiston ham uzoq-yaqin davlatlar bilan yaqin hamkorlik qilishni reja qilgan.

O`qituvchi: Ha, o`quvchilar davlatimiz rahbari tomonidan2018-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda.Harakatlar strategiyasini amalga oshirilishiO’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisoduyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat,kuchli fuqarolik jamiyati barpa etish, qonun ustuvorligini,xavfsizlik va huquq-tartibotni,davlat chegaralari daxlsizligini,jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash yo’lidagi shahdam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi.

Dars musobaqa usulida olib borilishi e’lon qilinib,o’quvchilar “Hayotiy-maishiy ertaklar,”Sehrli ertaklar”, guruhlariga bo’linadilar,o’z guruhlarining nomlarini izohlaydilar.

II .O’tilgan mavzuni takrorlash :O’quvchilarga o’tilgan mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlashni talab etuvchi quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:

1-guruhga:

1.Ertak atamasi kimning qaysi asarida uchraydi?(Mahmud Qoshg’ariyning”Devonu lug’otit turk”asarida)

2-guruhga:

.Ertak deb qanday asarlarga aytiladi?(Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib,xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalarga)

Ikkala guruh bilan”Blits-so’rov” o’tkaziladi.



1.Ertaklarning boshlanmasida qaysi jonivor”qizil ekan ,quyrug’I uzun ekan,ko’k muzga mingan ekan,muruti singan ekan”deb ta’riflanadi?(Qirg’ovul)

2.’’Sizga bog’ bo’lsin,bizga hayot”jumlasi ertakning qaysi qismida uchraydi?(Kirish qismida)3.”Uch og’ayni botirlar”ertagi qanday ertak hisoblanadi?(Maishiy ertak)4.”Uch og’ayni botirlar”ertagida ota o’g’illariga “maqtanchoq bo’lmang”deyishiga sabab nima edi?(Xijolat tortmaysiz)

Tafakkur cho’qqisi” usuli orqali o’quchilarning hayotga munosabati aniqlanadi.



  1. “Susambil” ertagining muallifi kim? (xalq)

  2. “Susambil” ertagi qaysi turdagi ertaklar turkumiga kiradi? (hayvonlar haqida)

  3. Susambil qanday yurt

  4. Sizni ham ota-onangiz uyda xo’rlashadimi ?

  5. Ertakchi bo’lganingizda ertakni qanday yakunlagan bo’lardingiz?

  6. Xo’jayinga munosabatingiz:

-nafratlanasiz;

-ertak boshida hurmat qilasiz;

-noinsof

7)Ezilgan hayvonlar orqali qanday insonlar ertakda gavdalanadi?



O’quvchilarning javoblari tinglanadi.Guruhlarning javoblari o’qituvchi tomonidan umumlashtiradi va faol o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Shundan so’ng


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling