Mavzu: Suyaklar haqida umumiy ma’lumot


Download 404.79 Kb.
bet1/7
Sana03.08.2022
Hajmi404.79 Kb.
#790329
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
103-guruhi Choriyeva Umida
biznes reja

Mavzu: Suyaklar haqida umumiy ma’lumot.

Bajardi: Tibbiy pfafilaktika yo`nalishi 103-guruh o`quvchisi

Choriyeva Umida

Suyaklarning tasnif

Osteologiya - suyaklaming tuzilishini o ‘rganadi. Organizmning qattiq asosini hosil qiluvchi suyaklar majmui skeletdir. Skelet (skeleton, grekcha - skeletos) quritilgan degan so‘zdan olingan. U 200 dan ortiq alohida suyakdan iborat. Skeletning og‘irligi 5-6 kg bo‘lib, erkaklarda u gavda umumiy og‘irligming 10 %ini, ayollarda 8,5 %ini tashkil qiladi. Skelet tayanch-harakat, himoya va biologik vazifalami bajaradi. 1. Tayanch vazifasi yumshoq to‘qima va a’zolarining skeletning ayrim qismlariga birikib turishi natijasida vujudga keladi. 2. Harakat vazifasi skeletni tashkil qilib turgan suyaklaming har xil richag hosil qilib, bo‘g ‘im orqali birlashishi va nerv tizimi yordamida mushaklar qisqarishi bilan namoyon boiadi. 3. Himoya qilish vazifasi skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan bo‘shliqlar orqali bajariladi. Masalan umurtqa kanali orqa miyani, kalla suyaklari bosh miyani, ko‘krak qafasi o‘pka va yurakni tashqi ta’sirlardan saqlab turadi. 4. Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda mineral modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar bor. Bundan tashqari suyaklaming epifizlarida joylashgan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini bajaradigan qon elementlarini ishlab chiqaradi. Skeletda bosh, tana, q o i va oyoq qismlari (1-rasm) tafovut qilinadi.

1-rasm. Odam skeletining old tomondan ko‘rinishi: 1-bosh skeleti; 2-umurtqa pog'onasi; 3-qovurg‘alar; 4-yelka suyagi; 5 - yonbosh suyagi; 6-bilak suyagi; 7-kaft usti sohasi suyaklari; 8-bannoq suyaklari; l)-quymich suyagi; 10-son suyagi; 11-tizza qopqog‘i; 12-kichik boldir suyagi 13-kaft usti soha suyaklari; 14-baimoq suyaklari; 15-oyoq kafti suyaklari; 16-katta boldir suyagi; 17-qov suyagi; 18-dum suyagi; 19-dumg‘aza suyagi, 20-qo‘l kafti suyaklari; 21-tirsak suyagi; 22-tosh suyagi tanasi; 23-tosh suyagi dastasi; 24-o‘mrov suyagi


Download 404.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling