Mavzu: Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi Mundarija: Kirish. Asosiy qism


Download 185.8 Kb.
bet1/10
Sana21.01.2023
Hajmi185.8 Kb.
#1106908
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu
Binoning ko karkasli binolar, 6, reyting-daftar-301211200146, FALSAFA, Ўзаро келишув ШАРТНОМА, 21.12.1995 (1), arxitektura силлабус A.Karimova — копия, Халқ давлат органларига эмас, 1kurs SILLABUS 2022-2023 (4), O\'quv uslubiy majmua muqovasi KL 2021 2022 2 (6), Matyoqub Norboyev, abrazes, 123 006, Qayta topshirish, ilova



Mavzu: Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Mundarija:
Kirish. …………………………………………………………………………3
Asosiy qism. …………………………………………………………………..6

  1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish

shart-sharoitlari………………………………………………………….6

  1. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. …………………………………….10

  2. Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari. ……………………..22

  3. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital. ………..28

  4. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish. ………….32

Xulosa …………………………………………………………………………..37
Foydalanilgan adabiyotlar. ……………………………………………………39


KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu bilan bir qatorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini oshirishda ahamiyatli o‘rin egallaydi. Mulkchilik munosabatlarining tubdan o‘zgarishi va mulkchilik shakllarining xilma-xilligiga, iqtisodiy subyektning tashabbusi va mustaqilligiga, tadbirkorlikning erkinligiga asoslangan yangi xo‘jalik mexanizmining yaratilishi bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy natijasi bo‘ldi. Bunday sharoitda jamiyatda bozor munosabatlarini barqarorlashtirishning muhim omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli keskin oshadi.
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta‘minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta‘minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta‘minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo‘jalik faoliyatining shakli sifatida yuqori universalligi, faoliyatning keng doirasi, ixchamligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy farovonlikni oshirishning kafolatidir.
Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash dasturi, uni rivojlantirish va yanada samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qator qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Download 185.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling