Mavzu: Tafakkur va mustaqil fikrlash, ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash haqida tushuncha


Download 301 Kb.
Sana11.07.2020
Hajmi301 Kb.

Mavzu: Tafakkur va mustaqil fikrlash, ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash haqida tushuncha.

  • Mavzu: Tafakkur va mustaqil fikrlash, ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash haqida tushuncha.
  • Reja:
  • 1. Tafakkur haqidа tushsuncha.
  • 2. Tafakkur operatsiyalari.
  • 3. Tafakkur shakllari va turlari
  • 4. Nutqning shakllanishida tafakkurning roli

Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’rif turlicha bo`lib, ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o`tiladi, xolos. Jumladan, P. I. Ivanovning darsligida

  • Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’rif turlicha bo`lib, ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o`tiladi, xolos. Jumladan, P. I. Ivanovning darsligida
  • Tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to`g`ri), to`liq, chuqur va umumiylashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag`in ham oqilona amaliy faoliyat bilai shug`ullanishiga imkon beradi» deb ta’riflanadi.

M. V. Gamezo

  • «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so`z hamda o`tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi.
  • «Tafakkur-ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog`liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayondir».
  • A. V. Petrovskiy
  • «Tafakkur - bu o`z maxsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda o`sha umumlashmalar yangiligiga bog`liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir".
  • O. K. Tixomirov

Tafakkur atrof-muhitdagi voqyolikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks zttiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog`lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo`naltirilgan aqliy faoliyatdir.

  • Tafakkur atrof-muhitdagi voqyolikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks zttiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog`lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo`naltirilgan aqliy faoliyatdir.

Analiz-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy va xususiyatlarini tahlil qilamiz. Allomalarning aytishicha, maymunning yong`oqni chaqishining o`ziyoq boshlang`ich oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko`pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o`zlashtirib olish analizdan boshlanar ekan. Darsda biz kimyoviy birikmalarni (N2 SO4-vodorod, kislorod va oltingugurtga) parchalaymiz. Ma’ruzalarda gaplarni grammatik tahlil qilish asosida turli gap bo`laklariga, morfema va fonemalarga ajratiladi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo`yilsa, u holda bu topshiriqni xal qilish uchun u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o`z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo`ladi va hokazo.

  • Analiz-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy va xususiyatlarini tahlil qilamiz. Allomalarning aytishicha, maymunning yong`oqni chaqishining o`ziyoq boshlang`ich oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko`pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o`zlashtirib olish analizdan boshlanar ekan. Darsda biz kimyoviy birikmalarni (N2 SO4-vodorod, kislorod va oltingugurtga) parchalaymiz. Ma’ruzalarda gaplarni grammatik tahlil qilish asosida turli gap bo`laklariga, morfema va fonemalarga ajratiladi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo`yilsa, u holda bu topshiriqni xal qilish uchun u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o`z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo`ladi va hokazo.
  • Analiz va sintez operatsiyalari.

Ma’ruza va dars jarayonlarida tafakkurning analiz qilish operatsiyasi juda muhim rolь o`ynaydi. Insonga savod o`rgatish bola nutqini analiz qilishdan boshlanadi. So`ng bu holat matnni gaplarga, gaplarni so`zlarga, so`zlarni o`z navbatida bo`g`inlarga, fonemalarga, ularni esa tovushlarga bo`lish singari aqliy faoliyat bilan asta-sekin almashtiriladi. Arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, fizika yoinki O’zbekistop tarixi, falsafa, iqtisod, politologiya, psixologiya va boshqa fan asoslarini o`rganish muammoli topshiriqlarni, masalalarni yechish ham analiz qilishdan boshlanadi. Yuqorida aytib o`tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini chuqur tushunish uchun yolg`iz analiznipg o`zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qimlarni birlashtirilgan holda bir-biriga ta’sir qilib turgan motor va mashinani butunligicha olib tekshirgandagina, uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.

  • Ma’ruza va dars jarayonlarida tafakkurning analiz qilish operatsiyasi juda muhim rolь o`ynaydi. Insonga savod o`rgatish bola nutqini analiz qilishdan boshlanadi. So`ng bu holat matnni gaplarga, gaplarni so`zlarga, so`zlarni o`z navbatida bo`g`inlarga, fonemalarga, ularni esa tovushlarga bo`lish singari aqliy faoliyat bilan asta-sekin almashtiriladi. Arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, fizika yoinki O’zbekistop tarixi, falsafa, iqtisod, politologiya, psixologiya va boshqa fan asoslarini o`rganish muammoli topshiriqlarni, masalalarni yechish ham analiz qilishdan boshlanadi. Yuqorida aytib o`tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini chuqur tushunish uchun yolg`iz analiznipg o`zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qimlarni birlashtirilgan holda bir-biriga ta’sir qilib turgan motor va mashinani butunligicha olib tekshirgandagina, uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.
  • Sintez-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va xodisalarning analizda bo`lingan, ajratilgan ayrim qismlarni, bo`laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va xodisalarning qismlari va bo`laklarini bir butun qilib qo`shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ham ko`rinib turibdi. Analiz amaliy bo`lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, motor yoki dvigatelning qismlarini, detallarini yig`ishtirib o`rni-o`rniga joylashtirilganda, ya’ni sintez qilinganda motor yoki dvigatelь hosil bo`ladi. Avtomashinaning kuzovini, kabinasini, motor va hokazo qismlari sintez qilingan mahaldagina bir butun avtomashinani bunyod etish mumkin. Turli psixologik mavzularni o`rganish orqali psixologiya fani to`g`risida yaxlit tushuncha paydo bo`ladi. Kimyoviy elementni reaktsiyaga kiritish yo`li bilangina istalgan birikma hosil qilish imkoniyati tug`iladi. Rassomlar ko`z, qosh, burun va kishining boshqa organlarini mutanosib ravishda chiziq orqali bir butun inson shaklini yasash,

yaratish imkoniyatiga ega bo`ladilar va hokazo.

  • yaratish imkoniyatiga ega bo`ladilar va hokazo.
  • Birinchi sinf bolasi o`z harf xaltasidagi kesilgan harflardan foydalanib bo`g`in, bo`g`inlardan so`z, so`zlardan gap, gaplardan qisqa informatsiya, undan esa hikoya tuzadi.
  • Talabalar O’zbekiston tarixi fani xalqimiz, davlatchiligimiz, madaniyatimiz, san’atimiz hamda bugungi kunimiz to`g`risida ma’lumot olinadi.
  • Ish-harakatlarni yaxlitlash tufayli bir butun moddiy narsa hosil bo`ladi, ish-harakatlarda ham sintez operatsiyasini qo`llab bo`lar ekan. Tarixiy qahramonlar, buyuk sarkardalar, arboblar to`g`risida ham xuddi shunday fikr va mulohazalar yuritish mumkin.
  • Takqoslash. Insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlarning o`zlashtirilishida, voqelikni to`laroq aks ettirishida bir-biriga o`xshash jihatlar tafovutini, shuningdek, bir-biridan farq qiladigan tomonlar o`rtasidagi o`xshashlikni topishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi katta ahamiyatga ega. Taqqoslash-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o`xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
  • XIX-XX asrlarda yashagan allomalardan biri taqqoslashning psixologik mexanizmi to`g`risida juda ilg`or fikrlarni ilgari surib, quyidagi mulohazalarni bildiradi: «Agar siz tabiatning biror narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o`ziga juda o`xshash bo`lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o`zidan juda uzoq bo`lgan narsalar bilan o`xshashlik topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim, hamma belgilarini payqab olasiz, demak, shu narsani tushunib olasiz».

Kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, inson, ko`pincha, jamiyat formatsiyalarini o`rganish davrida, ularning avvalgi mohiyatini keyingi formatsiyani o`rganish paytida yanada chukurroq va puxtaroq egallab oladi.

  • Kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, inson, ko`pincha, jamiyat formatsiyalarini o`rganish davrida, ularning avvalgi mohiyatini keyingi formatsiyani o`rganish paytida yanada chukurroq va puxtaroq egallab oladi.
  • Mazkur jarayon to`g`risida fikr yuritilganda, so`zning negizini o`zlashtirishda o`zakning muhim belgilarini (xossalarini) to`laroq tushunib olish kabi ko`pgina aqliy harakatlarni keltirib o`tish maqsadga muvofiqdir.
  • Bilish ob’ekti hisoblangan narsa va hodisalar o`rtasvdagi o`xshashlikni yoki farqni, tenglik yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo`lgan fikr yuritish operatsiyasi bilishning dastlabki va earur vositasi bo`lib hisoblanadi
  • Ajdodlarimiz takqoslashning ta’limdagi roli to`g`risida shunday fikrlarni bildirgan edi: Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasiii taqqoslab ko`rish yo`li bilan bila olmasak, boshqa yo`l bilan bila ol- maymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo`lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to`g`risida hech kanday fikr hosil qila olmagan bo`lar edik.

Yuqoridagi muloqazalardan ko`rinib turibdiki, taqqoslash fikr yuritish operatsiyasi sezgilarimizda va idroklarimizda hali gavdalanmagan o`xshashlik va tafovutni topish zaruriyati vujudga kelgain paytda namoyon bo`ladi.

  • Yuqoridagi muloqazalardan ko`rinib turibdiki, taqqoslash fikr yuritish operatsiyasi sezgilarimizda va idroklarimizda hali gavdalanmagan o`xshashlik va tafovutni topish zaruriyati vujudga kelgain paytda namoyon bo`ladi.
  • Psixologiyada yana shu narsa ma’lumki, sezgi va idrokimizda dastavval narsalarshshg va hodisalaripng o`xshash va farqlanuvchi tomoni ko`zga yaqqol tashlanadi.
  • Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo`l bilai amalga oshishi mumkin: amaliy (konkret narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash). Agar inson ikki boylam yukni qo`l bilan ko`tarmb, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa, ikki paykal paxtazor hosildorligini takqoslasa- bu amaliy taqqoslash bo`ladi. Shuningdek, o`kuvchilar ikki qalam yoki sterjenni, chizg`ichni yog`ochga yoki qog`ozga solishtirsalar, u analogik holatdagi misol bo`la oladi. Bundan tashqari, metr bilan masofani (gazlamani), tarozi bilan og`irlikni, termometr bilan haroratii, teleskop bilan osmon jismlarini o`lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
  • Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarnpng barchasinn bevosita aks ettirish, qo`l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to`planadigan bilimlarning aksariyati qo`l bilan ushlash, ko`z bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglashiladi. Ular o`rtasidagi o`xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng ko`llamdagi informatsiyalar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o`quvchilar dilda o`ylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko`radilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar o`z tengdoshlari xarakterida, kiziqishida, yurish-turishida, muomalasida va boshqa xususiyatlarida o`xshashlik va tafovut borligini topadilar.

Kishilar narsa va hodisalarni biron belgiga asoslanib taqqoslashda qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun berilayotgan informatsiyalar mohiyatiga diqqat-e’tibor qilish shart. Kishilar uchun taqqoslash printsipi tushunarli va aniq bo`la bo`lsa, mavjud qiyinchiliklarni bartaraf qilish imkoniyati tug`iladi Inson oldiga aniq maqsad qo`yilsa, yoinki o`rganilayotgan ob’ekt mohiyatiga kirib borish uchun ustanovka berilsa, fikran takqoslashda xatolar miqdori keskin kamayadi.

  • Kishilar narsa va hodisalarni biron belgiga asoslanib taqqoslashda qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun berilayotgan informatsiyalar mohiyatiga diqqat-e’tibor qilish shart. Kishilar uchun taqqoslash printsipi tushunarli va aniq bo`la bo`lsa, mavjud qiyinchiliklarni bartaraf qilish imkoniyati tug`iladi Inson oldiga aniq maqsad qo`yilsa, yoinki o`rganilayotgan ob’ekt mohiyatiga kirib borish uchun ustanovka berilsa, fikran takqoslashda xatolar miqdori keskin kamayadi.
  • Shaxsiy kuzatishlarimizning ko`rsatishiga qaraganda, taqkoslash operatsiyasida katta yoshdagi kishilarda va o`quvchilarda uchraydigan asosiy kamchilik bu jarayonni noto`g`ri tasavvur qilish yoki xato tushunishdir, ya’ni taqqoslash deganda ikki va undan ortiq nar-salarni yonma-yon qo`yishlik deb, faraz kilishlikdir. Inson shaxsiy faoliyatida, ta’lim jarayonida takqoslash ustida qanchalik ko`p mashq qilsa, taqqoslash ko`nikmasi paydo bo`lsa, unda fikr yuritish shunchalik samarali bo`ladi.

Abstraktsiya. Narsa va hodisalarning, konun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr ob’ektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi inson bilish faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Masalan, bilish jarayonida tabiat, jamiyat va ayrim insonlarga xos bo`lgan «go`zallik» belgisini ayirilib olib, ularning go`zalligi to`g`risida emas, balki umuman go`zallik, ya’ni estetik kategoriya mazmunidagi tushuncha yuzasidan mulohaza bildiriladi.

  • Abstraktsiya. Narsa va hodisalarning, konun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr ob’ektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi inson bilish faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Masalan, bilish jarayonida tabiat, jamiyat va ayrim insonlarga xos bo`lgan «go`zallik» belgisini ayirilib olib, ularning go`zalligi to`g`risida emas, balki umuman go`zallik, ya’ni estetik kategoriya mazmunidagi tushuncha yuzasidan mulohaza bildiriladi.
  • Abstraktsiyalash shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini
  • farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo`lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
  • Abstraktsiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi (alomat)ning o`zi tafakkurning mustaqil ob’ekti bo`lib qoladi. Abstraktsiya operatsiyasi analiz natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini analiz qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to`g`risida emas, (balki devorning oqligi to`g`risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar kuyosh, oy, yulduz, elektr,.olov, ba’zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko`z o`nglarida yoritishini kuzata turib, ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishini fikran ajratib olib, umuman yoritish to`g`risida mulohaza yuritishlari ayni haqiqatdir. Turli geometrik shakllarni-uchburchak, to`rtburchak, kesik konus, kesik piramida, parallelogramm, ko`pburchak, parallelepiped va hokazolarni kuzata turib, ular uchun umumiy bo`lgan belgini, ya’ni burchakni fikran ajratishlari, so`ngra umuman burchak tushunchasi to`g`risida fikr yuritish mumkin.

Fan va texnika revolyutsiyasi avj oliigan hozirgi davrda kishilarga uzatilayotgan informatsiyalarning ma’lum qismi abstrakt holatda inson ma’naviy mulkiga aylanmoqda. Mazkur bilimlarni hissiy bilish apparati yordami bilan o`zlashtirish imkoniyati insonda yo`k, shuning uchun ularni abstrakt yo`l bilan o`zlashtirib olish talab qilinadi. Lekin abstraktsiya holatidagi informatsiyalar insoniyat tomonidan qiyinchilik bilan o`zlashtiriladi. Yaqqol ko`rgazmalikka asoslanmagan bilimlar qiyinchilik bilan qabul qilinadi. Shunga qaramasdan, abstrakt holatidagi bilimlar ko`lami kundan-kun ortib bormoqda. Chunki yangi kashfiyotlar, ixtirolar zamiridan kelib chiquvchi qonuniyatlar, ichki murakkab bog`lanishlarning barchasi abstrakt terminlarda o`z ifodasini topadi. Shu boisdan kishilarni mazkur jarayonga tayyorlab borish, o`ng`aysiz shart-sharoitga moslashtirish, ko`niktirish mutlaqo shart.

  • Fan va texnika revolyutsiyasi avj oliigan hozirgi davrda kishilarga uzatilayotgan informatsiyalarning ma’lum qismi abstrakt holatda inson ma’naviy mulkiga aylanmoqda. Mazkur bilimlarni hissiy bilish apparati yordami bilan o`zlashtirish imkoniyati insonda yo`k, shuning uchun ularni abstrakt yo`l bilan o`zlashtirib olish talab qilinadi. Lekin abstraktsiya holatidagi informatsiyalar insoniyat tomonidan qiyinchilik bilan o`zlashtiriladi. Yaqqol ko`rgazmalikka asoslanmagan bilimlar qiyinchilik bilan qabul qilinadi. Shunga qaramasdan, abstrakt holatidagi bilimlar ko`lami kundan-kun ortib bormoqda. Chunki yangi kashfiyotlar, ixtirolar zamiridan kelib chiquvchi qonuniyatlar, ichki murakkab bog`lanishlarning barchasi abstrakt terminlarda o`z ifodasini topadi. Shu boisdan kishilarni mazkur jarayonga tayyorlab borish, o`ng`aysiz shart-sharoitga moslashtirish, ko`niktirish mutlaqo shart.
  • Ta’lim tizimidagi bilimlarning aksariyati bilishning ratsional yo`li bilan egallashga qaratilgan bo`lib, abstraktsiyadan keng qo`lamda foydalanishni taqozo etadi. Shuning uchun o`quvchilarni abstraktsiyani amalga oshirish yo`l va usullari bilan tanishtirish ke rak.
  • Yuqorida aytganlarimizdan tashqari, abstraktsiyalash jarayoni yordamida qiymat, son, kenglik, tenglik, uzunlik, kattalik, qattiqlik, zichlik, balandlik, geometrik shakl, matematik ibora, tanqidiy realizm, bosim, solishtirma og`irlik, geografik tushunchalar tizimi kabi abstrakt tushunchalar vujudga keltiradi.

Фойдаланилган адабиётлар.

  • Фойдаланилган адабиётлар.
  • Умумий психология. А. В. Петровский тахр. Т.1992.
  • Казаков В.Г. Психология. М.1989.

Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling