Mavzu. Ta’lim vositalari ta’lim texnologiyasining tarkibi (2 soat) Reja


Download 83.76 Kb.
bet6/6
Sana25.11.2021
Hajmi83.76 Kb.
1   2   3   4   5   6

So‘nggi yillarda yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqish borasidagi ko‘pchilik ilmiy izlanishlarning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish orqali o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirishdan iborat.

Chunki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” XXI asrda yashaydigan, ijod qiladigan, Vatan va yurt mustaqilligini mustahkamlovchi insonlarning manfaatini, ularning bilimi, ko‘nikma va malakalari shakllantirishga alohida e’tibor qaratilganligi so‘zimizning tasdig‘idir. Zamonaviy axborot texnologiyalar, ta’limni kompyuterlashtirish va kompyuterlash tarmoqlari tizimida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashning rivojlanishiga e’tibor qaratilgan. Zero, milliy dasturda e’tirof etilganidek, “ta’limni axborot bilan ta’minlash tizimi bilan bog‘lash, ommaviy axborot vositalarining ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilash” malakali kadrlar tayyorlashning eng muhim alohida muammo ekanligi qayd etilgan. Shu sababdan, yangi asr informatsion texnologiyalar asri bo‘lishi kutilmoqda.

Bugun biz bir narsani aniq tasavvur qilishimiz kerak: mavjud holat, axborotlar oqimining tizimlashuvi inson xotirasiga ortiqcha yuk, shaxsning jarayonlarida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘lmaydimi? Inson ongiga yetib borayotgan axborotlar oqimi shaxsning mavjud madaniy-ma’rifiy muhitdagi moslashuvi jarayonida qay tarzda aks etishini bilishimiz va shunga mos tarzda ta’lim-tarbiya muassasalarida o‘quv dasturlari va jihozlariga nisbatan talablarni ishlab chiqishni talab etadi. Ta’lim jarayonida kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalarining qo‘llanilishi o‘quvchilarning ular bilan bemalol ishlay olishlariga pedagogik jarayondagi eng muhim kamchiliklardan biri hisoblangan subyektivizmni cheklashga imkon yaratadi. O‘quvchining javobi yoki bevosita o‘zlashtirishini baholash o‘qituvchining o‘quvchi shaxsiga munosabati ta’sirida kechgan bo‘lsa, mashinalar vositasida beriladigan ma’lumotlar obyektiv xarakterga ega bo‘ladi.


Download 83.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling