Mavzu: Ta’limda o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlari. Reja


Download 269.22 Kb.
bet1/5
Sana02.10.2020
Hajmi269.22 Kb.
#132184
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2.2. модуль-1-мавзу


2.2.1 mavzu:Ta’limda o‘quvchilarning

individual-psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlari.

Reja

1.O‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari.

2.Turli yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

3.O‘quvchi shaxsining samarali shakllanishi psixologik shart-sharoitlari

4.O‘quvchilarning kognitiv jarayonlari va ularni rivojlantirish.

5.O‘quv faoliyatning turlari va ukish motivlari .

6.Ta’lim motivatsiyasi malaka ko‘nikma kompetensiyalarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omil.
Tayanch tushunchalar: yosh davrlari, ѐsh inqirozlari, shaxs, geteraxronik rivojlanish, ѐshga oid psixologik xusuiyatlar, yetakchi faoliyat. Ta’lim, urganish, bilishni boshqarish, motivlar, bilim, kunikma, tushuncha, ijodiy tafakkur, bilish soxasi va boskichlari, individual –psixologik xususiyatlar
1.O‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari.
Maktabga borish bolalarning xaѐtida juda katta voqeadir. Maktab haѐti

bolalarga yangi bir dunѐni ochib beradi. Maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifasi va ijtimoiy burchi o‘qish bo‘lib qoladi.

6-7 ѐshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, yangi

xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik xislatlari bo‘lishi kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari natijasida kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarida ham birmuncha o‘zgarish yuz beradi. Bolalarning maktabga o‘tishlari, ularning yaslidan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bola maktabga o‘tishi bilan uning ijtimoiy holatida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Chunonchi maktab ѐshiga yaqinlashgan bolalar bog‘chada katta” deb hisoblanar edilar. Maktabga o‘tgach, ular yana yeng kichkinalar” qatoriga tushib qoladilar.

Bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi haѐtga har tomonlama tayѐrlash kerak.

Bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berish, ularniig taraqqiѐt darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida maktabdagi o‘qitish ishlari bilan bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o‘ptasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.

Bog‘chada bolalarning jismoniy jihatdan o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va ahloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Ularning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib, o‘tkaziladigan turli didaktik mashg‘ulotlarda bolalarning idroklari, tasavvur va xotiralari, xaѐl xamda tafakkurlari, irodalari sistemali tarzda taraqqiy ettirib boriladi.

Bolalarni maktabdagi o‘qish jaraѐniga tayѐrlashda ularning nutqini o‘stirish juda zarur shartlardan biridir. Shuning uchun katta guruh bolalarini maktabdagi o‘qishga tayѐrlashda o‘z ona tillarini yaxshi o‘pganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. Bolalarning tashqi olam haqida tasavvurlarini kengaytirish, boyitish ishlari ular nutkini o‘stirish asosida olib borilishi kerak.

Shu narsa diqqatga sazovorki, hamma bog‘chalardagi maktab ѐshiga to‘lgan bolalar maktabdagi o‘qishga bab-baravar tayѐr bo‘lavermaydilar. Ayrim bolalar maktabga kelgach, yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydilar. Ularda o‘qish uchun qandaydir bir xususiyat yetishmaѐtgandek ko‘pinadi. Bu o‘pinda shunday bir savol tugiladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o‘qishga tayѐr deb hisoblash mumkin. Ayrim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qishi uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘cran bo‘lishi lozim. Biroq u haѐtda shynday voqealar uchraydiki, anchagina

tasavvur boyligiga ega bo‘lgan va hattoki ѐzish hamda o‘qishni biladigan bolalar ham maktabdagi o‘qishga tayѐr bo‘lmaydilar. Ular maktab va o‘qituvchining talablarini bajara olmaydilar. Aksincha, ayrim bolalar yetarli tasavvur boyligiga ega bo‘lmasalar ham, maktabda o‘qib keta oladilar. Lekin, bundan maktabdagi o‘qish jaraѐni uchun ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lish, maktabda dastlab o‘qib ketish uchun eng zarur shartlardan biridir. Lekin bu bolaning o‘qishga tayѐr ekanligini aniqlashdagi xal kiluvchi omil emas, chunki bu yerda ѐsh masalasi ham bor. Boshqa bir olimlar, bolaning o‘qishga tayѐr ekanini aniqlashdagi asosiy narsa iroda sifatlarining yetilganligidir, deydilar. Bu fikr bir ѐqlamalikka yo‘l qo‘yishdan boshqa narsa emas.

Yetti ѐshga to‘lish davri go‘daklikning tugashi davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun bolalarning yetti ѐshga to‘lgan davridan boshlab tizimli suratda o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D.Ushinskiyning fikricha bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayѐrligi ayrim psixik jaraѐnlarning taraqqiѐt darajasi bilan emas balki bola shaxsining umumiy taraqqiѐt darajasi bilan aniqlanadi.

O‘smirlik davri insonni bolalikdan - ѐshlikka o‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa davrlardan o‘zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri keladi va 11-12 ѐshdan 14-15 ѐshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq ѐki kechroq kuzatilishi ham mumkin.



O‘smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiѐtlarda o‘tish davri”, “og‘ir davr”, inqiroz davri” kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning og‘irligi”, keskinligi”, murakkabligi” nimalar bilan asoslanadi?

O‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o‘zgaradi. Bu davrda o‘smir haѐtida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama- qarshi bo‘lgan turli xil an’analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi bola” emas va shu bilan birga hali katta” ham emas. Uning o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan bo‘lgan munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kashf etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo‘nalganligi qaytadan shakllanadi, o‘z-o‘zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o‘zgaradi. Uning uchun o‘z men”i va shu “men”ning ahamiyati ortadi.

O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar shundan iboratki, bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida tub o‘zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetish jaraѐnining yangi bosqichi boshlanadi.



Jinsiy balog‘atga yetish va jismoniy rivojlanishdagi o‘sish o‘smir ruhiyatida yangi psixologik tuzilishlarning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bu o‘smir uchun juda sezilarli bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘lib, ular o‘smirning katta bo‘lganini his qilishining yuzaga kelishining ob’ektiv manbasi bo‘lib xizmat qiladi (uning asosida o‘smir o‘zining kattalarga o‘xshashligini his qiladi). Ikkinchidan, jinsiy balog‘atga yetish boshqa jins vakiliga qiziqishni rivojlantiradi, yangi kechinma, hissiѐt, tuyg‘ularni yuzaga keltiradi. O‘smirning ichki bandligi va yangi taassurotlar, kechinmalarga munosabati darajasi ularning o‘smir haѐtidagi o‘rni keng ijtimoiy sharoitlar bilan, o‘smir haѐtining konkret individual sharoitlari, uning tarbiyasi va muloqoti xususiyatlari bilan belgilanadi.

O‘smirlik davrining xarakterli xususiyatlaridan yana biri - bu davrda o‘smirlarda kuzatiladigan o‘smirlik avtonomiyasi holatidir. O‘smirlik avtonomiyasining huquqiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi.

Download 269.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling