Mavzu: Ta’limda o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlari. Reja


Download 269.22 Kb.
bet4/5
Sana02.10.2020
Hajmi269.22 Kb.
#132184
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.2. модуль-1-мавзу

2.Turli yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

Yosh davrlari muammosini o‘rganish ko‘pgina oimlarni qiziqtirib kelgan

muammolardandir. L.S.Vыgotskiy birinchilardan bo‘lib shaxs ontogenetik rivojlanishini davrlashtirishda tarixiylik tamoyiliga amal qilish lozimligini ta’kidlagan. Uning fikricha, bolali bu murakkab ijtimoiy madaniy hodisa bo‘lib, tabiatan tarixiy kelib chiqish xarakteriga ega.

D.B.Elkoninning fikricha, bola taraqqiѐti qonuniyati deganda ijtimoiy madaniy taraqqiѐtda sifat o‘zgarishi nazarda tutiladi. D.B.Elkoning g‘oyalari negizida bolalikning tarixiy rivojlanishini V.T.Kudryavsev bolalikning uch tipini ajratgan:

1. Kvazibolalik insoniyat tarixining ilk bosqichlari, kattalar mehnatidan ajratilmagan vaziyat, ya’ni kattalar bilan birga mehnat qilish.

2. Riojlanmagan bolalik bolalar dunѐsi ajralib chiqaan, bolalar oldida yangi ijtimoiy vazifa, ya’ni kattalar dunѐsiga integratsiyalanish paydo bo‘lgan. Bunda rolli o‘yinlar ahamiyatga ega bo‘ladi.

3. Rivojlangan bolalik (V.V.Davыdov tomonidan fanga kiritilgan) – zamonaviy bolalik, ya’ni ijtimoiy taraqqiy etgan davr.

L.S.Vыgotskiy inson umrini davrlashtirishda ѐsh inqirozlarini asos qilib olgan va quyidagi bosqichlarga bo‘lgan:

- tug‘ilgandagi inqiroz

- go‘daklik (2 oydan -1 ѐshgacha)

- bir ѐsh inqirozi

- ilk bolalik davri (1-3 ѐsh)

- uch ѐsh inqirozi

-maktabgacha tarbiya ѐshi (3-7ѐsh)


-yetti ѐsh inqirozi

-kichik maktab ѐshi (8-12 ѐsh)

- 13 ѐsh inqirozi

- pubertat davri (14-17 ѐsh)

-17 ѐsh inqirozi.

D.B.Elkonin esa davrlashtirishda yetakchi faoliyatga urg‘u beradi:







Bosqchilar

Davrlar

Xronologik
ѐsh

Yetakchi faoliyat turi


Faoliyat tipi

Rivozlanishdagi
o‘ziga xoslik

Ilk
bolalik

Chaqaloqlik

0-1 ѐsh

Bevosita-
emotsional

muloqot



Ayrim
faoliyatning ijtimoiy-
motivatsion
tomoni
rivojlanadi, munosabatlar tizimi,
motivlar
shakllanadi

Motivatsion ehtiѐjlar

sohasi


Ilk
bolalik davri

1-3 ѐsh

Predmetli
faoliyat

Faoliyatning operatsion
tomoni
rivojlanadi


Intellektual- bilish sohasi

Bolalik

Maktabgacha
tarbiya ѐshi

3-7 ѐsh

Rolli o‘yin

Ayrim
faoliyatning

ijtimoiy-


motivatsion
tomoni
rivojlanadi,
munosabatlar
tizimi,
motivlar
shakllanadi

Motivatsion ehtijlar sohasi

Kichik
maktab ѐshi

7-10 ѐsh

Ta’lim

Faoliyatning


operatsion
tomoni rivojlanadi

Intellektual- bilish sohasi

O‘smirlik

O‘smirlik

11-15 ѐsh

Tengdoshlar
bilan
intim-
shaxsiy
muloqot

Ayrim
faoliyatning ijtimoiy-


motivatsion
tomoni
rivojlanadi, munosabatlar tizimi,
motivlar
shakllanadi


Motivatsion ehtiѐjlar

sohasi


Ilk
o‘spirinlik

15-17 ѐsh

O‘quv –
kasbiy
faoliyat

Faoliyatning operatsion


tomoni
rivojlanadi


Intellektual- bilish sohasi



V.I.Slobodchikov va G.A.Sukerman E.Erikson va D.B.Elkoninlarning konsepsiyalarini tahlil qilish natijasida inson taraqqiѐtini quyidagicha davrlashtirishadi:

1. Jonlanish (tug‘ilgandan 12 oygacha) yaqinlariga bog‘liqlik. Bu davrda bola o‘zining tanasi va psixosomatik individualligini o‘zlashtiradi.

2. Ruhlanish (11 oydan 6.5 ѐshgacha) yaqin qarindoshlari bilan yakdillik. Bola birinchi marta o‘zligini anglaydi, o‘z hoxish va istaklarining sub’ekti sifatida o‘zini taniydi.

3. Personalizatsiya (5.5-18 ѐsh) muloqot doirasi kengayadi. O‘z shaxsini anglaydi, kelajak oldida ma’suliyatni xis qila boshlaydi.

4. Individualizatsiya (17-42 ѐsh) qadriyatlar tizimi va ideallari rivojlanadi. Inson o‘z oldida mas’uliyatni his eta boshlaydi.

5. Universalizatsiya (39 ѐshdan yuqori) oliy qadriyatlarning rivojlanishi, shaxsda individuallikning rivojlanishi.

Insonontogenetik taraqqiѐtini davrlashtirish masalasi xorijda quyidagicha hal etilgan.

Z.Freyd bo‘yicha davrlashtirish:

- Oral bosqich tug‘ilgandan 18 oygacha davom etadi. Bundan ona suti bilan

ozuqalanish, ovqatlanishga asosiy urg‘u beriladi. Bu dvrda onaning ishonchi va mehri yetakchi o‘ringa ega.

- Anal bosqich 1-1.5 ѐshdan 3 ѐshgacha davom etadi. Asosiy jihat Egoning rivojlanishi bilan belgilanadi. Aynan mana shu davrda ota-ona ѐrdamida bolada o‘zini – o‘zi boshqarish mexanizmi rivojlana boshlaydi.

- Fallik bosqich 3 ѐshdan 6 ѐshgacha davom etadi. Bu davrda jinsiy identifikatsiya shakllanadi. O‘g‘il bolalarda Edip, qiz bolalarda Elektra komplekslari aynan mana shu davrda kuzatiladi.

- Latent bosqich 6-7 ѐshdan 12 ѐshgacha davom etadi. Ta’lim, sport, do‘stlar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiѐj ortadi.

- Genital bosqich (12-18 ѐsh) biologik yetilish bilan kechadigan davr. Inson organizmidagi biologik yetilish agressiv qo‘zg‘alishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

E.Eriksonning psixosotsial davrlashtirish bosqichlarida ma’lum bir xislarga asoslanilgan va ular quyidagilar:

1. Go‘daklik davri (tug‘ilgandan 1 ѐshgacha): ishonch/ishonchsizlik. Bu xislar ona mehri va g‘amxo‘rligining qay darajadaligi bilan bog‘liq. Agar oilada emotsional diskommfort kuzatilsa bolada ishonchsizlik hissi ustunlik qila boshlaydi.

2. Ilk bolalik (1-3 ѐsh): avtonomiya/uyat va shubha. Bola jamiyatda qabul qilingan normalarga duch kela boshlashi natijasida unda Men qila olaman”, Men o‘zim” ѐki uning aksi bo‘lgan kechinmalar yuzaga kela boshlaydi. 3.O‘yin davri (3-6 ѐsh): tashabbuskorlik/aybdorlik. Bola rolli o‘yinlar orqali ijtimoiy tajribani o‘zlashtira boshlaydilar. O‘yin jaraѐnini tashkil etishda bolaning tashabbusini kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ѐxud qattiq tanqid qilinishi mazkur xislarni shakllanishiga olib keladi.

4. Maktab ѐshi (7-12 ѐsh): mehnatsevarlik/noto‘liqlik. Ta’lim va o‘z ustida ishlash yetakchilik qiladi. Tengdoshlari orasidagi mavqei va shaxslararo munosabatlari uning shaklanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

5. O‘spirinlik (12-13 ѐshdan 19-20 ѐshgacha): ego-identifikatsiya / rollar almashinuvi. Bu davr Men kimman?”, “Men qaerga ketyapman?”, Kim bo‘lishni istayman?” kabi savollarga birin-ketin javob izlashni boshlaydi va qadriyatlar tizimi shakllanadi.

6. Yoshlik (20-25 ѐsh): yaqinlikka intilish / izolyatsiya. Bu davr kasbiy faoliyat va oilaviy haѐtning boshlanishi bilan xarakterlanadi.

7. Yetuklik (26-64 ѐsh): samaradorlik / inertlik. Ijtimoiy haѐt tarzi, kattalarga g‘amxo‘rlik, oilaviy turmush, kasbiy muvaffaqiyat kabilar bilan belgilanadi.

8. Keksalik (65 ѐshdan yuqori): yaxlit ego / ko‘ngil qolishi. Nafaqaga chiqish inqirozi va yaqin kishisini yo‘qotish kabilar bilan belgilanadi.

J.Piaje inson taraqqiѐtini uch davrga ajratadi:

- Sensomator bosqich tug‘ilgandan 1.5 ѐshgacha. Bu bosqichning o‘zi 2

bosqichga bo‘linadi:

1. 7 - 9 oygacha bo‘lgan davrda go‘dakda o‘z tanasiga markaziy e’tibor

qaratiladi.

2. 9 oydan boshlab makon bilan amaliy intellekt orasida ob’ektiv

bog‘liqlik kuzatiladi.

- Aniq operatsiyalar bosqichi 1.5 - 2 ѐshdan 11 ѐshgacha. Bu bosqich

quyidagi bosqichga bo‘linadi:

1. Operatsiyalargacha bo‘lgan tayѐrlov bosqichi (2-5 ѐsh).

2. Aniq operatsiyalarning birinchi darajasi (5-7 ѐsh).

3. Aniq operatsiyalar funksiyalarining ikkinchi darajasi (8-11 ѐsh).

- Rasmiy operatsiyalar bosqichi 11-12 ѐshdan 14-15 ѐshgacha. Bu davrda

bolada mantiqiy, tahliliy fikrlash rivojlanadi.


3.O‘quvchi shaxsining samarali shakllanishi psixologik shart-sharoitlari

Yosh avlodni har tomonlama yetuk ahloqli odobli kishilar sifatida

kamol toptirish muhim vazifadir. Ma’lumki o‘quvchi shaxsini shakllantirish ishlarini namunali yo‘lga qo‘yish uchun avvalo ularning xarakter xislatlarini qanchalik tarkib topganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Har bir o‘quvchi ahloqiy tushunchalarni qanday o‘zlashtirganini aniqlamay ular bilan yakkama- yakka munosabatga kirishish mumkin emas.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishonuvchan tashqi ta’sirotga beriluvchan bo‘ladilar. Buyuk allomalarimiz ta’kidlaganidek kishining fe’l atvori hammadan ko‘ra ko‘proq haѐtining dastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo‘lgan sifatlar mustahkam o‘rnashib kishining ikkinchi tabiatida ijobiy hissiѐtlarni fazilatlarni tarkib toptirish yuksak ahloq normalarini shakllantirish uchun butun mas’uliyat boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining zimmasiga tushadi. Bolaning mazkur ѐsh davrida o‘qituvchining har bir gapi har bir xatti-harakati ta’sir ko‘rsatish uslubi uning uchun haqiqat mezoni vazifasini bajaradi. Chunki o‘quvchilar o‘qituvchilariga qattiq ishonadilar uning fikr-mulohazalariga quloq soladilar pedagogik nazokatidan jiddiy

ta’sirlanadilar talablariga hamisha amal qiladilar u bergan topshiriqlarni bekamu-ko‘st bajarishga intiladilar. Ana shu davrda o‘qituvchi uchun a) o‘quvchilarning manaviyatiga ta’sir ko‘rsat ish ijobiy his-tuyg‘ulari va ezgu niyatlarini qo‘llab quvvatlash b) ularni atrofdagi kishilarga ѐrdam berishga undash to‘g‘ri mulohaza yuritishga o‘rgatish noma’qbul qiliqlardan tiyish tabiat manzaralarini kuzatishga va musiqa tinglashga odatlantirish v) ularga nimalar bilan shug‘ullanish kerakligini burch hissini tushuntirish g) ular bilan o‘qilgan kitoblarni ko‘rilgan tomoshlarni muhokama qilish imkoniyati tug‘iladi.

O‘qituvchining o‘kuvchilar bilan mazmunli suhbatlar o‘tkazishi ularni g‘aroyibotlar olamiga olib kirishi faollik sari yetaklashi alohida ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab ѐshidagi o‘quchilarning ahloqiy sifatlarini rivojlantirishda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun ularning ѐshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olish shart.



Ma’lumki, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari har xil bo‘lib bir o‘quvchiga muvaffaqiyat bilan qo‘llangan tarbiyaviy ta’sir vositasi boshqa biriga qo‘llanilganda kutilgan natijani bermasligi mumkin. Tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarga yakkama-yakka ѐndashib amalga oshirilsa yaxshirioq samaraga erishilishi shubhasizdir.

Mana shunday ѐndashishda o‘quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan davrdagi psixologik holatiga mos tarbiyaviy vositalarni tanlash va yangi vositalarni topishni talab qiladi. Bunda o‘qituvchining o‘quvchilarga g‘amxo‘rligi pedagogik odob o‘z xatti-harakatining natijasini oldindan ko‘ra olishi muhim rol o‘ynaydi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish o‘qituvchi o‘quvchilarning xususiyatlarini qanchalik o‘rganganiga bog‘liqdir. Ta’lim jaraѐnida har bir o‘quvchining psixik dunѐsiga oqilona yo‘l topa olish muvaffaqiyatlarning garovidir.

Kichik maktab ѐshidagi bolalarda namoѐn bo‘ladigan xarakterologik xatti-harakatlarni hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat shakllari deb bo‘lavermaydi. Kichik maktab ѐshidagi davrida xarakter endigina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab ѐshidagi bolalara xarakterologik xatti-harakatlar o‘zining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba’zan ulardagi o‘tkinchi psixik holatlarni xato ravishda xarakter xislatiga qo‘shib yuborish mumkin. N.D.Levitov bu xatoga shunday bir misol keltiradi. 1-sinf o‘qituvchisi o‘z o‘quvchi qizlaridan birini har qanday ishni oxirigacha yetkaza oladigan qiyinchiliklarni yenga oladigan matonatli qiz deb hisoblar edi. Biroq tajribali psixolog tomonidan o‘tkazilgan kuzatishdan ma’lum bo‘lishicha

o‘quvchi qizdagi matonat faqat ma’lum sharoitdagina maydonga keladigan vaqtincha, ya’ni o‘tkinchi psixik holat ekan. O‘quvchi qizdagi matonat o‘z dugonasining namunali xatti-harakatini ko‘rganda va dugonasining faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lganda namoѐn bo‘lgan. Muvaffaqiyatsizlik qizchani izdan chiqarib qo‘ygan.



O‘smirlarda o‘zini anglashning muhim xususiyatlaridan biri o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiѐj bilan shaxsning namoѐn bo‘lishini yetarli darajada to‘g‘ri tahlil qila olmasligi o‘zi haqida yetarli darajada ob’ektiv bilimlarga ega emasligi o‘rtasidagi qarama qarshidir mana shu asosda ba’zan o‘smirdagi tirishqoqlik darajasi bilan uning jamoadagi haqiqiy mavqie o‘rtasida, uning o‘z o‘ziga nisbatan, o‘z shaxslariga nisbatan bo‘lgan munosabati bilan unga hamda uning shaxsining sifatlariga nisbatan kattalarning va tendoshlarining munosabatlari o‘rasidagi ixtilof yuzaga keladi. A.G.Kovalev adolatli ravishda ta’kidlaydigan, o‘smirlarda ikkita bir biriga qarama – qarshi, ammo har ikkisi ham ayni bir vaqtda salbiy bo‘lgan yechinmalarni, ya’ni boshqalardan ustunlik va kamlik hissini tug‘dirmaslik uchun o‘smir shaxsiga to‘g‘ri baho berishi muhimdir.

Shunday qilib, o‘zini anglash va voqelikka bo‘lgan onli munosabatning


rivojlanishi asosida, o‘smirlarga bo‘lgan talablarning ortishi hamda uning jamoada tutgan yangi holati asosida o‘smirlarda o‘z o‘zini tarbiyalashdagi, o‘zida ijobiy sifatlarni ongli ravishda va maqsadga muvofiq holda rivojlantirishga va salbiy sifatlarni yengishga, o‘z kamchiliklarni yo‘qotishga intilish ѐtadi. Shunisi ham borki, ba’zan o‘z o‘zini tarbiyalash yuzasidan ehtiѐj bilan o‘z – o‘zini tarbiyalash imkoniyatiga ishonmaslik o‘rtasida qarama – qarshilik yuzaga keladi. O‘qigan ayrim kitoblarni va ko‘rgan kinofilmlarini mustaqil tushuncha olmay ayrim o‘smirlar shunday fikrga keladiki, juda ko‘p insoniy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi, demak bunday sifatlarni rivojlantirish ustida ilashning hojati yo‘q deb o‘ylaydilar. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilar ko‘pincha shartli va shartsiz odatlar haqidagi ta’minotni xatti harakatlarning biologik jihatdan azaldan belgilangan tug‘ma shakllari haqidagi ta’limot deb tushunadilar.

O‘smirlik ѐshida psixologik jihatdan eng muhim hisoblangan yangi


xislatlarning tarkib topishi unda, yani o‘smirda o‘ziga xos kattalik hissini yuzaga kelishidir. O‘smir bu hissiѐtni o‘z o‘ziga katta ѐshli odam sifatida bo‘lgan shaxsiy munosabatlarni kattalar, jamoasida ular haѐtining to‘laqonli va to‘la xuquqli a’zosi sifatida yashashga tayѐr ekanligini sub’ektiv tarzda ichidan kechiradi. Psixologlarning tadqiqotlari kattalik hissini xarakterli xislatlarini, uning mazmun va shakl tomonidan namoѐn bo‘lishini ko‘rsatadi. Kattalikning ob’ektiv tarzda namoѐn bo‘lishi ijtimoiy ahloqiy doirada, intellektual faoliyatida, qiziqishlarda romantik munosabat elementlarida kuzatiladi. Kattalik hissi o‘smirning katta kishi sifatida o‘z – o‘ziga bo‘lgan munosabatida va o‘zining kattaligini ob’ektiv e’tirof etish xohishida ifodalanadi. U ya’ni o‘smir tevarak atrofdagilardan o‘ziga kattalardek

munosabatda bo‘lishlarini talab qiladi, o‘z haѐtining ayrim tomonlariga kattalarning aralashishidan himoya qilish hohishini namoѐn qiladi va kattalarning qarshilik qilishlariga qaramay, o‘z qarashlari hamda o‘z mulohazalari ustida turishga harakat qiladi. Qisqacha qilib aytganda, A.G.Kovalevning qayd qilishicha, birmuncha aktivroq ijtimoiy holatni egallash uchun yetilgan o‘smir uning bolalik chog‘larida tarkib topgan ilgarigi munosabatlarni parchalab, o‘zining hozirgi holati uchun kurasha boshlaydi.

Psixologik kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlik ѐshida
o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatlarga intilish, o‘z tengdoshlari jamoasidagi haѐtga intilish juda ѐrqin namoѐn bo‘ladi. Qator tadqiqotlarda D.B.Elkonin, T.V.Dragunova o‘zgalar bilan bo‘lgan munosabatlarda kattalik hissi amalga oshiriladi va munosabatlarning ijtimoiy-ahloqiy normalari o‘zlashtiriladigan deb hisoblab, o‘smirlarning o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatlarini hatto ular haѐtining alohida doirasi sifatida ajratishga moyildir.

O‘smirlar ѐshi uchun shaxsiy do‘st bo‘lish hissi, do‘stlarcha munosabatga


bo‘lgan haqiqiy ehtiѐjning sezilarli darajada rivojlanish xarakterlidir. O‘smirlar: Do‘stsiz haѐtni tasavvur qila olmayman”, Do‘stlik bu insonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi fazilatdir”, deb hisoblaydilar. Do‘stlik motivlari ancha chuqur bo‘la bo‘ladi. Endi ular ko‘pincha kichik maktab ѐshidagi bolalarda bo‘lgani singari faqat bir partada o‘tirganlari ѐki bir uyda yashaganliklari uchun emas, balki umumiy qiziqish havaslari negizida birgalikda ishlash, o‘zaro hurmat qilish va ѐqtirish, ishonish va tushunish, yaqin qarindoshlar va didlar negizida do‘stlashadilar. Agar ilgarilari do‘st o‘z-o‘zidan topilib qolgan bo‘lsa, endilikda o‘smir do‘stlik qachon kelar ekan deb passiv poylab o‘tirishga moyil emas. O‘smir yaqin o‘rtog‘ini, do‘stni topishga aktiv ravishda intiladi, ana shu nuqtai nazarda o‘z sinfdoshlarining tegishli sifatlarini sinab ko‘radi. D.B.Yelkonin, T.V.Dragunovlar do‘st qidirish yuzasidan maxsus faoliyat borligi haqida gapiradilar. Ularning termonologiyalariga ko‘ra, bu faoliyat taxminan sinab ko‘rish” xarakteriga ega bo‘ladi.



Download 269.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling