Mavzu: Ta’limni tехnоlоgiyalashtirishga kirish


Download 236.44 Kb.
Sana23.08.2020
Hajmi236.44 Kb.
#127329
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Mavzu: Ta’limni tехnоlоgiyalashtirishga kirish


Reja:

1.Ta`lim texnologiyasining asosiy tushunchalari.

2.Ishlab chiqarish texnologiyasining mazmuni va mohiyati.

3.Pedagogik texnologiyaning tuzilishi va mohiyati.

4. Ishlab chiqarish texnologiyasi bilan pedagogik (ta`lim) texnologiyasini qiyosiy tahlili.

5.Ta`lim texnologiyasi bilan o’qitish metodikasining qiyosiy tahlili.


Texnologiya

  • bu belgilangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishning iqtisodiy samarali loyihalangan jarayonlar ketma-ketligi majmuidir.

Texnologiya turlari


4

Balk texnologiya



1

2

3

5

Nanotexnologiya

Ishlab chiqarish texnologiyasi

Axborot texnologiyasi

Pedagogik texnologiya

Ishlab chiqarish texnologiyasi

- sifatli, zamon talablariga javob beradigan, dunyo bozorida o‘z o‘rnini topadigan mahsulot ishlab chiqarishdagi iqtisodiy samarali, ma’lum ketma-ketlik asosidagi jarayonlar majmui tushuniladi. Agar ushbu jarayonlar ketma-ketligi yoki boshqacha aytganda texnologiyasida ishlatiladigan texnik vositalar ma’naviy eskirmasa, ushbu texnologiya ma’lum vaqtgacha o‘zgarmaydi. Bu texnologiya oldindan aniq va belgilangan maqsad va kafolatlangan natijaga olib boruvchi ishlab chiqarishni loyihalashdir.

Axborot texnologiyalari axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usullari va vositalari majmuidir.

  • Ishlab chiqarish va axborot texnologiyalarini bevosita to‘g‘ri va samarali amaliyotga joriy etilishi kadrlar salohiyatiga bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlashda esa pedagogik texnologiyalar muhim rol o‘ynaydi. Faqat zamon talablariga javob beruvchi pedagogik texnologiyalar asosidagina biz “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga javob beruvchi mutaxassis-kadrlarni tayyorlashimiz mumkin.

Pedagogik texnologiya

- esa insonga ta’lim va tarbiya berishning ilmiy asoslangan, inson tafakkuriga, ya’ni ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining intellektual salohiyatiga bog‘liq holda amalga oshiriladigan jarayonlar majmuidir.


PT-o‘quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda, oldindan belgilanib olingan maqsad ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini loyihalashdir”. (M.V. Klarin).

PT-bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi(talaba) larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldindan belgilangan shaxs sifatlarining intensiv shakllantirish jarayonidir” (N.Saydahmedov, A.Ochilov).



“PT - o‘quvchini o‘qitish, tarbiyalash, shaxsini rivojlantirish masalalari yechimiga qaratilgan va ma’lum ketma-ketlik asosida amalga oshiriladigan pedagogik-psixologik usullar, uslublar majmuidir”.(O.D.Rahimov)

PT - avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir”. (V.M. Monaxov).

PT-bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir” (V.P. Bespalko).

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA

PT–o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlangan maqsadni ifodalaydi”(I.Ya. Larner).

PT-bu majmuli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuga keltirishdir”. (T.Sakomoto).



PT-ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy–muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va inson tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir” . (B.L. Farberman).

Pedagogik texnologiya - insonga oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’lim- tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish faoliyatidir.

O‘qitish uslubi (metodika) - ma’lum o‘quv fanini o‘qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadbiq qilishga qaratilgandir.

Innovatsion texnologiyalarni qabul qilish bo‘yicha pedagoglar guruhlari (E.M. Rodjers tasnifi bo‘yicha)


Novatorlar-avantyurist (tavakkalchilik) ruhiyatidagi, har qanday yangi munosabatlardan yangilik izlovchi, yangilikga moyil pedagoglar - 2,5%

Dastlabki tadbiq etuvchilar

yangi texnologiyani o‘zlashtirish uchun ma’lum vaqt talab etadi, kamdan- kam hollarda etakchi bo‘ladi, oldingi guruhdagilar bilan erkin muloqat qiladi. -34%

Ikkilanuvchilar – an’anaviy texnologiyalarni ma’qul ko‘rishadi, yangilikni juda kech qabul qiladi, yangilikka ikkilanib qaraydi, yangilikni mmalashuviga to‘sqinlik qiladi.-16%

Yangilikni erta tadbiq etuvchilar – novatorlar izidan boruvchi , yangilikni tez tadbiq etuvchi, ma’lumot va maslahat beruvchilar- 13,5%

Kech tadbiq etuvchilar yangilikga shubha bilan qarovch o‘zlarining shaxsiy manfaatlar uchu yoki ijtimoiy muhi bosimi ostida, yangilik ani foydali ekanligi tasdiqlanga tadbiq etuvchilar - 34%
Download 236.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling