Mavzu: Tarbiya ijtimoiylashish omili. Ijtimoiylashtirish – tarbiyaning bosh maqsadi. Ijtimoiylashtirish jarayoni va tarbiyalanuvchi tomonidan jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yorlar, qadriyatlar, xulq-atvor shakllarining o‘zlashtirilishi


Download 19.03 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi19.03 Kb.
#1346649
Bog'liq
TAR IJ 8M


MAVZU: Tarbiya ijtimoiylashish omili. Ijtimoiylashtirish – tarbiyaning bosh maqsadi. Ijtimoiylashtirish jarayoni va tarbiyalanuvchi tomonidan jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yorlar, qadriyatlar, xulq-atvor shakllarining o‘zlashtirilishi.
REJA: 1. Tarbiya-jamiyat rivoji, kamolotining asosi ekanligi.
2. Tarbiyaning kuchi, xosiyati, tarbiyalanganlikning ulug‘ nemati, haqida sharq allomalari, ulug‘ pedagog olimlarning fikrlari.
3. Tarbiya qonuniyatlari va qoidalari.
Tayanch tushunchalar. Tarbiya, jamiyat, inson kamoloti, extiyoj, talab, tarbiya qonunlari, tarbiya maqsadi, ota-ona, tarbiyachi, sharq allomalari fikrlari. Xozirgi davrda har tomonlama rirvojlangan komil insonni tarbiyalash maksad va vazifalari ma’naviy boylikni, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o`zida mujassamlashgan ijtimoiy faol kishilarni tarbiyalashni taqazo etadi.
Mustaqil O`zbekiston milliy maktabida yoshlarni komil inson qilib shakllantirish o`z ichiga tubandagilarni oladi:
1. Yuqori aqliy madaniyat, malakali ijodiy mehnat qila olish qobiliyati.
2. Shaxsning ijtimoiy yetukligi.
3. Faol xayotiy yo`l tutish.
4. Ma’naviy fazilatga ega bo`lish.
5. Yuqori darajali estetik madaniyat.
6. Mukammal jismoniy kamolatga erishish.
Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil xarakatlar majmuasidan iborat bo`ladi. Tarbiya jarayoni natijasi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan, yangi mustaqil o`zbekiston ravnaqini ta’minlaydigan komil insonni shakllantirishdan iborat. Bu jarayon ikki tomonlama bo`lib, uyushtirish, rahbarlik va tarbiyalanuvchining faolligini talab etadi.
Bu jarayonda o`qituvchi yetakchi-chunki u tarbiya maksadlarini amalga oshirish faqturini ishlab chiqadi, tarbiya shakllari, metod va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbik etadi.
Tarbiya mohiyati-muayyan voqea rivojlanishining asosiy belgilari va tendensiyalarini belgilovchi chuqur aloqalarni, ichki munosabatlarini aks ettiradi.
1. Shaxs tarbiyaning qonuniy natijasi sifatida yaxlit mavjudotdan iborat. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, yaxlit kompleks shaklida rivojlanadi. Bola o`qib rivojlanib borgan sari tarbiya fazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabakalashib boradi.
2. Tarbiya komponentlari o`zaro aloqada bo`lib, maksad, vazifa, tarbiya mazmuni, shakllari va metodlari mushtaraqligi bilan shakllantirilishi kerak.
3. Tarbiya jarayoni ob’yektiv ravishda aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya birligini, o`quvchilarning ongi, xulq- atvori va faoliyati birligini, tarbiya jarayonini tashkil etishning individual, gruppali va ommaviy shakllari qo`shib olib borishini ta’minlaydigan pedagogik tizimni vujudga keltirishni va bu tizimning amal qilishini talab etadi.
4. Tarbiya jarayoni shaxsning sotsial qadrli vazifalarini shakllantirishga, uning dunyoga-jamiyat, odamlar va o`ziga nisbatan munosabati doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir.
5. Tarbiya ko`p faktorlik xarakter ega. Bola shaxsi qaror topishida maktab, oila, jamoatchilik, mahalla, sotsial muxit va turli vaziyatlar xilma-xil, bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatadi. /Bolani hamma narsa tarbiyalaydi/.
6. Tarbiya uzoq davom etadigan va uzluksiz jarayon bo`lib, kishining umri oxirigacha davom etadi.
7. Tarbiya jarayoni natijalari odatda bir xil bo`lmaydi. Bu narsa ko`pgina sabablarga, o`quvchilarning individual-tipalogik tafovutlariga, ularning ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq.
8. Tarbiya o`z­-o`zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash bilan qo`shib olib boriladi.
Tarbiya kuch, xosiyati haqidagi sharq buyuk olimlarining pedagogik qarashlari katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning g‘oyalri hamda pedagogik qarashlari ijtimoiy pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko`p jihatdan ta’sir ko`rsatadi.
Ta’lim-tarbiya haqidagi ta’lim birinchi yozma ma’lumot bo`lgan «Avesto» dan tortib “Qur’oni Karim”, Hadislarda, Kaykovusning «Qobusnoma» sida, K.Sheroziyning «Qalila va Dimna», Nizomulkning «Sayoxatnoma», M.Qashg`ariyning «Devonu lug‘ati- turk», Y.X.Xojibning «Qutadg‘u bilik», A.Yugnakiyning «Xibbat ul-xaqoyiq», A.Navoiyning «Maxbub ul-qulb», A.Avloniyning «Gulikton yoki axloq» asarlarida ilg‘or pedagogik g‘oyalar ifodalangan, tarbiya kuchi, xosiyati ulug‘lanib asarlarida ilmga tarbiya orqali, yaxshi fazilatlarga ega tarbiya orqali erishiladi deydi. «Aflotun qonuniyatlarini mohiyati» va boshqa asarlarida yosh avlod bilim va madaniyatga erishishda inson tarbiyasi, shaxs kamolotiga alohida e’tibor beradi. Farobiy pedagogik qarashlarda insonning barcha axloqiy imkoniyatlarini baxt saodatga erishishda birdan-bir maqsad mevasi deydi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bolalarning kelajagi haqida tug‘ilmasdan oldin g‘amxo`rlik qilish kerak, ilk yoshligidan boshlab unga rostgo`ylik, javobgarlik, mehribonlik kabi fazilatlarni, yahshilik, insoniylik hissini singdirish zarurligini aytadi. Ibn Sino tarbiyada ijtimoiy muhitni katta ta’sirini alohida uqtirib o`tadi. Ibn Sino o`z tarbiya tizimini yaratadi. Bunda odob, tibbiyot, astranomiya, falsafa, mantiqiy, tabiatshunoslik, til va grammatika, musulmon qonunshunosligi kabi bilim sohalari kiritilgan edi. U tarbiya jarayoni axloqiy, jismoniy, aqliy, estetik, mehnat (hunarga o`rgatish) tarbiyaning bir butunligini tashkil qiladi deb ko`rsatadi.
Imom Al-Buxoriy (809-869): «Bir ul-volidayin», «Ota-onani hurmatlash», «Al-adab al-mufrat», «Adab durdonalari», hadislar, «Al- jome’ As-Saxix».
Imom At-Termiziy: «Sunnan», nomli xadislar to`plami «Kitob ashshqil an-nabaviyya», «Payg‘ambarlarning Axloq, odob va sayru sulliklar xaqida kitob».
Abu Rayxon Beruniyning (973-1048) pedagogik ijodida inson va uning baxt saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamolot bosh vazifa bo`lib, u tarbiya maqsadi, vazifalari va roli, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlarini chin ma’noda insonparvarlik asosida rivojlantirgan. Bilish va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik akidakini Beruniyning hamma asarlarida kuzatish mumkin. «Qadimgi Xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya». «Minerologiya», «Munajjimlik san`atiga boshlang‘ich tushunchalar» kabi asarlarida pedagogika va psixologiya bo`yicha muhim ma’lumotlar berilgan.
Y.X.Xojib «Qutadg‘u bilik», «Saodatga yo`llovchi bilim» asarida ta’lim-tarbiya, ma’naviy kamolotga erishish yo`llari, axloq odobga doir qimmatli fikrlarni bildirgan.
Burxonuddin.Z «O`quvchiga ta’lim yo`lida qo`llanma» asarida ta’lim va tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Shuningdek A.Yugnakiy «Xiybat-ul-haqoyiq», asarida inson shaxsi ma’naviy kamolati, tarbiyaning ijtimoiy mohiyati to`g‘risida fikr yuritadi.
Buyuk sharq mutafakkiri A.Navoiy (1441-1501) o`z asarlarida bola tarbiyasi va uni shaxs sifatida shakllanishga katta ahamiyat bergan. Uning «Maxbub ul-qulub» asari uch qismdan iborat bo`lib, 1-qism tabaqa kasb-korlarni jamiyatda tutgan o`rni ifodalangan. 2-qism axloqiy tarbiya, odob, saxiylik, sadoqat kabi fazilatlarning mohiyatini sharaflaydi, o`qituvchi hikoyalar, maqollar va xikmatli ko`zlar o`rin olgan. A.Navoiy ma’rifatni, ta’lim-tarbiyani «hayot-chirog‘i» deb ta’riflaydi.
M.Ogaxiy (1809-1874) o`z asarida komil inson shaxsini shakllantirish uchun yoshligidan ilm, kasb-xunar egallashi lozim ekanligi ta’kidlaydi. ilm-ma’rifat inson ma’naviy kamolatida va jamiyat rivojlanishida kuchli vosita deb hisoblaydi. Ogaxiyning «Bog‘», «Bahor», «Gul», «Saxro» g‘azallarida shaxsning nafosat tarbiyasiga katta e’tibor beradi.
Shunday qilib o`rta Osiyolik allomalar tarbiya jarayonining mohiyatini ilmiy asoslab bermakalar ham, lekin empirik ravishda uning kuchi, xosiyati insonlar hayotdagi ahamiyatini ko`rsatib berishga uringanlar.
Xush tarbiya jarayonning mohiyati nimadan iborato`
Bola atrofdagi voqelik bilan turli-tuman munosabatlarga kirishadi. Buni tarbiya jarayonida hisobga olish kerak bo`ladi. Bu xolat tarbiya jarayoniga puxtalik, jo`shqinlik, o`zgaruvchanlik kasb etadi.
Tarbiya jarayonning dialektikasi uning ziddiyatli ekanligida namoyon bo`ladi. Bu ziddiyat o`quvchilarga qo`yilgan talablar bilan ularning tayyorgarlik, rivojlanish darajasi o`rtasidagi qarama-qarshilikni xal etishga qaratilgandir. Tarbiya jarayoni xarakatlantiruvchi kuchi bo`lgan ziddiyat ichki va tashqi bo`ladi, iddiyatlar:
1. Bolaning real imkoniyatlari bilan jamiyat tomonidan uning xulq atvoriga, faoliyatiga ko`yiladigan talablar o`rtasida.
2. Bolaning pozitsiyasi bilan uning imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyat.
3. Maktab o`quvchiqining davolari bilan uning imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyatlar.
4. Insonning shaxs sifatida kamol topishidagi asosiy manbalardan biri talablar bilan ularni qondirish usullari o`rtasidagi ziddiyat.
Shaxs ziddiyatlarini bartaraf eta borib, o`z taraqqiyotida yuqorilab boradi, yangi faoliyat, murakkab vazifalarni xal etishga, faoliyat va xulq-atvorning murakkabroq usulini egallashga tayyor turli faoliyatni hosil qiladi.
Tarbiya prinsiplari quyidagilardan iborat:
1. G‘oyaviylik, ma’naviylilik.
2. Shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash.
3. Tarbiyalanuvchilar shaxsiga qo`yiladigan talablar va xurmat birligi.
4. Tarbiyaning hayot, mehnat, jamiyat ko`rilishi amaliyoti bilan bog‘liqligi.
5. Tarbiyaviy ta’sirning izchilligi, tadrijiyligi, davomiligi, sistemaliligi, yaxlitligi va uzluksizligi.
6. Tarbiya o`quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish.
Tarbiya qonuniyatlari deganda pedagogik xodisa va jarayon o`rtasidagi aloqalarni tushunamiz. Tarbiya qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
1-qonuniyat. Tarbiyaning insonning maxsus hayotiy faoliyati sifatidagi ijtimoiy muhitning ob’yektiv va sub’yektiv faktorlarining majmuasi ekanligi.
Tarbiya-bu: 1. moddiy boylikni yaratishni yaratish usuli.
2. Siyosiy tizim.
3. Jamiyatdagi xukmron mafkura.
4. Jamiyatning sotsial tizimi.
5. Jamiyat a’zolarining ma’naviy madaniyati bilan chambarchas bog‘lis bo`lgan xodisalar.
2-qonuniyat. Tarbiya va shaxs rivojlanishining birligi va o`zaro aloqasi.
Tarbiya va rivojlanish dialestis o`zaro aloqadagi jarayondir.
Tarbiya sifati bilan shaxs rivojlanishining o`rtasida chambarchas aloqa mavjud. O`z navbatida tarbiya mazmuni, shakl va metodlari shaxsning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq.
3-qonun. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati qancha maqsadga muvofiq tashkil qilinsa, o`qituvchi bilan muloqot to`g‘ri tashkil qilinsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo`ladi.
Demak, tarbiya jarayoni ikki asosiy faktorlarning o`zaro aloqadorligiga bog‘liq:
1. Muomala.
2. Faoliyat (o`qish faoliyati, o`yin faoliyati, mehnat faoliyati, estetik faoliyat.)
4-qonuniyat. Tarbiyalanuvchi aktiv faoliyati bilan tarbiyaviy ta’sir o`rtasidagi qonuniy aloqa mavjudligi. Pedagoglarning bolalarga tarbiyaviy ta’sir ularning aktiv faoliyatini tashkil qilishni, muloqat, intellektual, emotsional va irodaviy sifatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
TARBIYA QOIDALARI.
1. Tarbiya jarayonida yuqori talabchanlik bilan birga bola shaxsini hurmat qilish qo`shib olib boriladi.
2. Tarbiya jarayonida bolalar oldida istiqbollar ochiqh, muvaffaqiyatlardan ilxomlanishni tarbiyalash lozim.
3. Tarbiya jarayonida bolalarning ijobiy xislatlariga tayanib ish olib borish lozim.
4. Tarbiya jarayonida bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari hisobga olinadi.
5. O`quvchilarni jamoa orqali va jamoada tarbiyalash uning samaradorligini ta’minlaydi.
6. Tarbiya jarayonida maktab, oila, maxalla va jamoatchilik xamkorligi uni to`laqonli qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



1. Bobolardan bobolarga. T O`qituvchi, 1986
2. Mirtursunov Z. O`zbek Xalq pedagogikasi. T.: Fan, 1973
3. Pedagogika /A.Munavvarov Taxriri ostida. T.: O`qituvchi 1996
4. Tursunov.I.Nishonaliyev U. Pedagogika ko`rki. T O`qituvchi 1997
5. Xasanova O. va boshqalar. Pedagogika tarixi.T.: O`qituvchi 1999
6. Xoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. T.: O`qituvchi 1996
7. Mavlanova R.A va boshqalar Pedagogika-T.: O`qituvchi 2001


Download 19.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling