Mavzu: tayanch-harakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi
Download 72.33 Kb.
|
YOSHLAR FIZIALOGIYASI
Geografiya Nazorat ishi-1 javoblari, KA.1mi, KA.2, sabi(2), inson xuquqlari, Doc1, agrokimyo, Farma nafas olish yarimta hd, Jssst111, Kombinatorika, МТА 2мавзу Sinflar(АКБАРОВА) 2021, МТА 2мавзу Sinflar(АКБАРОВА) 2021, Бухоро вилоят холидахон12200, 1. deriktor va sardorlar uchrashuvi, AXBOROT XIMOYALASH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-kichik mavzu 1 : Suyaklarning tuzilishi va rivojlanishi
MAVZU: TAYANCH-HARAKAT APPARATINING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI Topshiriqlar Mavzuni diqqat bilan o‘qib chiqing va konspektlashtiring (manba: Aripova S.X., Shaxmurova G.A. Yosh fiziologiyasi va gigiyena, o‘quv qo‘llanma. T., 2013 y. 105-128 betlar). 1-kichik mavzu1: Suyaklarning tuzilishi va rivojlanishi 1.Rasmdagi suyaklarni nomlang.
2.Quyidagi suyaklarga misol keltiring.
3.Rasmda skeletning qaysi qismi ifodalangan? Bo‘limlari va qismlarini nomlang.
4.Qo‘l suyaklarini qismlarga bo‘ling va raqamlarni nomlang.
5.Oyoq suyaklarini qismlarga bo‘ling va raqamlarni nomlang.
6.Bosh suyaklari qanday qismlarga bo‘linadi?
7.Quyidagi savollarga javob bering. 1)Suyakning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat? - Suyaklar kimyoviy tarkibi jihatidan organik va anorganik moddalardan tashkil topgan. Unda organik modda 1/3 (ossеomukoid, ossеin), anorganik modda esa 2/3 qismni tashkil etadi. Anorganik moddalar - kaltsiy fosfat, kaltsiy karbonat, kaltsiy ftorid, magniy fosfat, natriy borat va natriy xloriddan iborat. Suyaklarning egiluvchanligi ularning tarkibidagi ossеin moddasiga, qattiqligi esa minеral tuzlarga bog`liq. 2)Periost nima? - Suyak sirti biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan suyak usti pardasi — periost Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (periost) - suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvehi to'qimadan iborat bo'lib, unda juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari bo'ladi. 3)Raxit qanday kasallik? – Raxit (yun. rhachis — umurtqa), shirzada — yosh bolalarda uchraydigan kasallik. Organizmda D vitamini yetishmasligi tufayli fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Raxitga koʻpincha bolaning chala tugʻilishi, quvvatsizligi, sunʼiy ovqatlantirish sabab boʻladi. 4)Eng yirik naysimon suyak qaysi? - Son suyagi eng yirik va baquvvat naysimon suyakdir. U 1500 kg gacha bo'lgan yukni ko'tarishi mumkin. 5)Tik yurish tufayli qaysi suyaklar o‘zgargan? - Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog'onasining to'rtta egriligi bor va u oyoqlarning yirik bo'g'imlari bilan amalda bir chiziqda joylashadi, ana shuning uchun odam muvozanatni saqlaydi. Tug'ilishda umurtqa pog'onasining dumg'aza bo'limida faqat bitta egrilik bo'ladi, so'ngra yana uchta egrilik hosil bo'ladi. Bo'yin egriligi qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi (lordoz) va bola kallasini tutgandan keyin paydo bo'ladi. Bu bola hayotining uchinchi oyiga to'g'ri keladi. So'ngra bola o'tiradigan va yuradigan bo'lganda bel egriligi paydo bo'ladi. Bu ham qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat, 3-4 yoshga kelib, qavariqligi orqaga chiqib turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi (kifoz). 7 yoshgacha egrilikdar hali unchalik mustahkam bo'lmaydi va yotgan joyida to'g'rilanishi mumkin. Bel egriligi qariyb 12 yoshga kelib uzil-kesil shakllanadi. 6)Kollagen qanday modda? - Kollagen muhim oqsil; u inson tanasida eng ko‘p tarqalgan oqsil sanaladi. U organizmni yaxlit butun shaklda bog‘lab turuvchi to‘qima asosi hisoblanadi. Kollagenning nomi grekcha “kolla”- yelim so‘zidan olingan. Pay, tog‘ay, tomirlar, yosh suyak to‘qimalari, mushaklar, teri bularning barisining tuzilishi uchun ko‘p jihatdan ana shu oqsil javob beradi. Masalan, terida kollagenning miqdori 70 foizga yetadi – u terining silliqligi, taranglik va egiluvchanligini ta'minlaydi. 7)Kamar suyaklariga qaysi suyaklar kiradi? - Kamar suyaklariga o’mrov, clavicula, va kurak, scapula 8)Bo‘g‘im nima? - suyaklar (baʼzan paylar) ning harakatchan birikishi, bunda birikkan yuza oraligʻida boʻshliq (yoriq) boʻladi. Boʻgʻim hosil boʻlishida ishtirok etadigan suyaklarning (birida boʻgʻim boshchasi, ikkinchisida esa boʻgʻim chuqurchasi boʻladi) sinovial suyuqlik b-n toʻla. Boʻgʻim boʻshligi va Boʻgʻim xaltasi farq qilinadi. Suyaklarning bir-biriga birikkan uchlari bir xilda boʻlmaydi. 9)Bo‘g‘im turlarini ayting. 10)Bo‘g‘im tuzilishi. 11)Suyaklarning birikish turlariga misol keltiring. 8. Liqildoqlar soni va joylashuvini yozing.
1.Peshona liqildog‘i; 2.Ensa liqildog‘i; 3.Yon liqildoqlari 9.”Suyaklanish jarayoni” jadvalini to‘ldiring.
10.Rasmda qaysi suyak berilgan? Raqamlarni nomlang. 11. So‘ralgan raqamlarni yozing. Odam tanasidagi umumiy suyaklar soni - 206ta suyak mavjud Juft suyaklar soni -.85 ta juft Toq suyaklar soni – 36 ta toq suyak Umurtqa pog‘onasi uzunligi.- erkaklarda 73-75sm; ayollarda 69-71 sm Panja suyaklari soni - Qo'l panja suyaklari uch qismdan: kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan iborat. Kaft usti suyaklari 8 ta bo'lib, ular 4 tadan ikki qator bo'lib joylashgan. Kaft suyaklari 5 ta bo'ladi. Barmoq suyaklari bosh barmoqda 2 tadan, qolganlarida 3 tadan bo'ladi. Jami 27 ta suyak Barmoq suyaklari soni - Barmoq suyaklari bosh barmoqda 2 tadan, qolganlarida 3 tadan bo'ladi. Jami 14ta O‘sish necha yoshgacha davom etadi? – qiz bolalarda 18 yoshga kеlib o’g’il bolalarda esa 20 yoshga kеlib to’xtaydi. Ba'zan xotin-qizlarda 21- 22, erkaklarda 24- 25 yoshgacha bo’y o’sishining davom etishi ko`zatiladi Necha yoshda bo‘y deyarli o‘zgarmaydi? – 25 yoshda buy deyarli ozgarmedi. Suyakdagi mineral moddalarning 60% ini qaysi modda tashkil etadi? – Fosfat tuzlari tashkil qiladi Suyakdagi mineral moddalarning 5,9% ini qaysi modda tashkil etadi? – Kalsiy korbanat tuzi 1 yoshli bolaning bo‘y uzunligi - 73,4 dan 78,1 sm gacha yigitlarda; 71,4 dan 76,6 sm gacha qizlarda Bosh suyagi necha yoshda tez o‘sadi? - Bosh suyagi bolaning 3-4, 6-8 va 11-15 yoshlik davrida, ayniqsa tez o'sadi Bosh suyagi soni_________________ Necha yoshda bolaning bo‘yiga o‘sishi tezlashadi? - Yangi tug'ilgan bolaning bo'yi 48-50 sm bo'ladi. Bolaning bir yoshigacha bo`yining uzunligi har oyda 2 sm dan o`sib bir yosh oxirida 75 sm ga yetadi. 2,3 yoshida bo’yi har yili 8 sm dan cho’ziladi. 4; 5; 6 yoshlarda har yili 5; 7 sm ga ortadi. Jinsiy yetilish munosabati bilan qizlarda 12 yoshdan, o`g`il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo`yiga o`sish tezlashadi. Bo`yiga o`sish qizlarda asosan 18 yoshda, o’g’il bolalarda esa 20 yoshda to`xtaydi. Butun rivojlanish davrida oyoqlarning uzunligi 5 marta, qo`l uzunligi 4 marta, gavda uzunligi 3 marta ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida o’smirning bo’yi har yili 7-8 sm dan o`sadi. 1kichik mavzu – talabalar mustaqil o’rganishi uchun tavsiya etilgan mavzular. Download 72.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling