Mavzu: Teatr san’at tarixi


Download 21.63 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1647358
  1   2   3
Bog'liq
3-amaliy turdosh


Mavzu: Teatr san’at tarixi.
O‘zbekistonning madaniy hayotida XX asrda bunyodga kelgan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi Respublika davlat musiqali drama va komediya teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi davlat musiqali teatri va Respublikamizning barcha viloyatlaridagi hamda Qo‘qon va Bekobod shaharlaridagi musiqali drama va komediya teatrlari xalqimizning ma’naviy hayotida alohida ahamiyat kasb etib kelgan. 0 ‘zbek teatrining yiliar davomida bosib o‘tgan tarixiy va ijodi yo‘li hamda faoliyati keng qamrovli, samarali ekanligini e’tirof etish lozimdir.
Tarixdan maiumki, o‘zbek va 0 ‘rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotlarida XX asrga qadar qadimiy Yunon va Yevropa davlatlarida shakllangan “musiqali drama”, “musiqali komediya”, “operetta”, “vodivil”, “opera”, “balet” kabi janr hamda teatr san’ati turlari bo‘lmagan. Mahalliy xalqlaming yuqoridagi mavzularda tilga olingan teatr elementlari, xalq tomoshalari, “mim” (taqlid), “masxaraboz”, “askiya”, “qo‘g‘irchoq”, teatrning ko‘plab turlari qadim-qadim zamonlardan rivojlanib kelgan. Ularni umumlashtirib “xalq teatri” atamasi qoilanmoqda. “Xalq teatri” san’ati uzoq asrlar davomida past-baland, mashaqqatli yoilarni bosib o‘tdi. Markaziy
Osiyoda turli davrlarda buriyodga kelgan davlatlaminig siyosiy va diniy mafkurasida “xalq teatri”ga munosabat turlicha bo‘lgan edi.
Masalan, 0 ‘rta Osiyo xalqlari îslom dinini qabul qilganidan buyon, ya’ni eramizning VII asridan boshlab “xalq teatri”ga din arboblari tomonidan munosabat keskin ravishda o‘zgardi. Turli bahonalar bilan tahqiq qilishlariga qaramasdan “xalq teatri” aktyorlari o‘z kasbiy mahoratlarini avlodlardan-avlodlarga yetkazib, yetarli ijod qilib, ulkan ma’naviy me’ros qoldirdilar. Ular bizning XXI asrga qadar yetib keldi. “Xalq teatri” ning muhim ahamiyatga ega boTgan tarkibiy tarmog‘i bu - musiqadir. Masxaraboz, qiziqchi, ayniqsa qo‘g‘irchoq tomoshalarida ishtirok etuvchi aktyorlar o‘zbek xalq terma, aytishuv, lapar, yalla, qo‘shiq va turli cholg‘u kuylardan keng foydalangan holda ijro etganlar. Xalqqa ko‘rsatilayotgan tomosha voqealariga musiqa bevosita aloqador bo‘lmasa-da, obrazga kirishda va zavq ta’sirini kuchaytirishda albatta musiqa ishlatilgan.
Tomosha boshlanishidan avval tomoshabinlami to‘plashda kamay, surnay, nog‘ora, doira kabi cholg‘u - sozlardan tashkil topgan ansambl ham doimiy ravishda ishtirok etgan. “Xalq teatri ning aktyorlari o‘z kasbining ustasi boiishlari bilan birga, ular badiiy so‘z, askiya, musiqa va raqs san’atlarini ham yaxshi bilganlar. Shuninig uchun sinkritik aktyorlar asar lavhalaridagi yoki farsdagi ijobiy yoki salbiy timsolni (obrazni) ichki va tashqi qiyofasini ochib berishda, xarakterini yaratishda yoki talqin qilishda o‘zlarining aql~idroklari bilan ko‘rsatilayotgan tomoshani zavq baxsh etuvchi ta’sir kuchini uyg‘unlashtirishga harakat qilar edilar. “Xalq teatri” tomosha ko‘rsatish davrida aktyorlar “tanqid” va “taqlid” (“muqallid”) qiluvchi ikki guruhga boiinib, savol va javob orqali qisqa-qisqa dialog-muzokaraga muhim ahamiyat berar edilar. Bunday masxaraboz-qiziqchi aktyorlarning hunar vazifasi (qamrovi) juda keng edi.
Ular mohirona dialog, monolog, qo‘shiq aytish, raqsga tushish, turli jismoniy harakat, “akrobat”, ya’ni muallaqchilik san’atlaridan keng ravishda foydalanganlar. Aktyorlar asardagi shaxs (obraz) qiyofasiga kirish, ulami kiyim nusxalariga o‘xshatish, grim, turli maskalardan ham keng foydalanganlar. O‘zbek “xalq teatri”da dramaturg - yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa repertuarida bo‘lmasa ham, lekin ijroda aktyorlar o‘tmish tarixni, o‘z davridagi xalq hayotini, jamiyatdagi ayrim tabaqa-jamoalarda ro‘y bergan rnuammo va ikir-chikirlarni yaxshi o‘rganib, hayotda uchrab turadigan shaxsiarni, zargarlami, mullavachchalarni, savdogarlarni, dallollami va boshqa kasb egalarining ayrim shaxsiy nuqsonlarini, yomon xatti-harakatlarini, nayrangbozlik hamda tovlamachiliklarini tanqid nishoniga olib, fosh etishga harakat qilib, jamiyatni sog‘lomlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shar edilar. Bundayin “xalq teatri”ning repertuari to‘g‘risida teatrshunos A.L.Troitskaya 1936 - yili Farg‘ona vodiysiga ekspe- ditsiya tashkil qilib “xalq teatri”ning tarixini va ish faoliyatini o‘rganib, “Из истории народного театра и цирка в Узбекистане”16 maqolasida shunday yozadi: “G‘afurjon Tosh- matov, Ismat qori, Ibrohim Teshaboyev, Aka Buxor, ayniqsa Yusufjon qiziqchi Shakarjonovlar bilan tanishib hamda arxivlarni o‘rganib “xalq teatri” to‘g‘risida, uning tarixi, repertuari, boshqarish va moliyaviy faoliyatlarini o‘rganishga harakat qildim. Repertuardagi “Mudarris”, “Zarkokil”, “Tabibchilik” “Attorlik”, “Murab”, “Hammom”, “0 ‘lik sotdi”, “To‘g‘on”, “Tol sotti”, “Xum o‘g‘risi”, “Er bo‘lish” va boshqalarni mazmunlari bilan keltirmoqdaman”.

Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling