Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/62
Sana31.10.2022
Hajmi0.55 Mb.
#890535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
театр тарихи (жахон маъруза)2
Korrupsiya, Korrupsiya, Korrupsiya, ТОП 350 слов you MUST KNOW! (Nouns), Fuqarolar muhofazasi, M22, Slayd yangi sahifa, PREZIDENT SELEKTORI, komuljon kurs ishi, TOLBOVA DILDORA KURS ISHI, sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta\'siri, Slayd Togʻay Murod, 59-manavij-zararni-undiris-tugrisida, 218-224


 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
Ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti 
«Ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi 
 
2- kurs talabalari uchun 
«T E A T R T A R I X I»
 
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI 
Bakalavriat yo`nalishi: 5610400–ijtimoiy- madaniy faoliyat yo`nalishi 
talablari uchun 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Namangan-2014 


 
3-S E M E S T R U C H U N 
1-Mavzu: “Teatr tarixi” kursiga kirish 
Reja: 
1. “Teatr tarixi” kursining maqsad va vazifalari.
2. Teatr san’atining kelib chiqishi va rivojlanishi.
3. Jahon teatrining taraqqiyot bosqichlari.
 
Maqsadi. Talabalarga teatr san`atining paydo bo`lishini, uning hozirgi kunga 
qadar bosib o`tgan yo`li, qadimiy antik davrdan XXI asrgacha bosib o`tgan yo`li, 
har xil davrlarda har xil teatr yo`nalishlarning paydo bo`lishi va ularning sahna 
san`ati rivojiga ta`sir ko`rsatishi, buyuk sahna san`atkorlari, teatr janrlari haqida 
tushuncha beradi. Alohida o`zbek milliy teatrining bosib o`tgan yo`li, ayniqsa, 
mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining san`at 
haqida farmon va qarorlari haqida tushuncha beriladi.
Vazifasi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo’nalishi talabalarini talab darajasida teatr 
san’atining vujudga kelishi va shakllanishning tarixiy bosqichlarini bayon etish 
orqali tinglovchilarda fan yuzasidan ilmiy tasavvurni hosil qilishdan iborat. 
Teatr (yunoncha theatron- tomosha joyi, tomosha) tomoshaviy san'atning 
asosiy turi. Teatr san'atining tarkibiy yo‘nalishlari-Dramatik teatr, opera, balet, 
pantomimo va x.k. ko‘rinishlarga ega. Ammo hozirgi davrda teatr atamasining 
mazmuni serqirra bo‘lib kelgan. Jumladan “teatr” so‘zi qo‘shimcha ravishda ushbu 
hollarda ham qo‘llaniladi: 
1. Spektakllar qo‘yish yoki unga muvofiqlashtirilgan binolar 
2. Muassasa, idora-spektakllar ko‘rsatuvchi jamoa, shuningdek, spektakllar 
prokatini amalga oshiruvchi uyushma (maslan, Muqimiy teatri, Ilxom teatri 
gastrollari va sh.o‘.) 
3. Dramaturgik va boshqa saxnaviy asarlarning ma'lum bir uslubiyotga asoslangan 
majmualari (“Uyg‘onish davri teatri”, “Myuler teatri”, “O‘zbek teatri”, 
“Mannon Uyg‘ur teatri” va x.k.) 


 
4. Ko‘chma ma'noda “Qandaydir voqyea-xodisalar joyi (xarbiy xarakatlar teatri, 
anatomik teatr va x.k.)” 
Teatrning tug‘ilishi yoki kelib chiqishi yer sharining barcha qit'alarida asosan 
bir xil tarzda ya'ni ibtidoiy davrlarda marosimiy xatto xarakatlarga bog‘liq holda 
kechgan, lekin har bir makonda teatrning taraqqiyot yo‘llari tarlicha bo‘lib o‘tgan. 
Teatr san'ati boshqa san'atlardan farqlashuvchi o‘zigagina xos xususiyatlarga 
ega. Bu – eng avvalo teatrning sintetik xususiyatidir. Teatr asarlari barcha 
san'atlarni o‘z ichiga osonlik bilan qamraydi, jumladan, adabiyot, musiqa, tasviriy 
san'at (xaykaltaroshlik, grafika va x.k) vokal, xoreografiya va boshqa san'atlar; 
shuningdek fan va texnika yutuqlarida qo‘llanadi. Masalan ijodga oid ilmiy 
tadqiqotlar, shuningdek, tarix, sotsiologiya, fiziologiya, meditsina (xususan salis 
nutqi va saxna xarakati uchun) Texnika sohasida erishilgan yutuqlar sahna 
texnikasining taraqqiyotiga va yangi imkoniyatlariga zamin yaratadi. (tovush va 
shovqin yaratish sohasi, yoritish texnologiyasi) yangi saxnaviy effektlar (masalan, 
sahnani tutun bilan qoplash va x.k va x.k) Teat, boshqacha aytganda, hyech narsani 
nishxo‘rtga chiqarmaydiyu. 
Ikkinchidan o‘ziga xosligi uning jamoaviy san'atligi biroq bu tushuncha ancha 
murakkab xarakterga ega. Ya'ni, jamoaviy san'at deganda spektakl yaratuvchilari 
(aktyorlardan tortib texnik xodimlargacha) ning ijodiy xamkorligigina bilan 
cheklanib bo‘lmaydi, zotan harqanday teatr san'atining yana bir tarkibiy qismi 
tomoshani ko‘ruvchi, eshituvchi, o‘z munosabatini turli tarzda bildiruvchi va ta'sir 
ko‘rsatuvchi tomoshabinni yodda saqlash kerak. Tomoshabinsiz teatr spektaklini 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Teatr” atamasining o‘zi tomoshabinlar joyi bilan 
bog‘liq. Teatr spektakliga tomoshabinlar munosabatini, tomoshabin buni anglash 
va anglamasligidan qat'iy nazar muhim ijodiy ish hisoblanadi. Shundan kelib 
chiqqan xoda teatr san'atining uchinchi xususiyati-uning ma'lum bir lahzaligidir. 
Har bir spektaklning umri-uning o‘ynalayotgan vaqti xolos. Uni ikkinchi marta 
xuddi birinchisidek qaytarilish mumkin emas. Hatto kino va teletasmalarga yozib 
ko‘chirilgan spektakllarda ham teatrda, tomoshabin ko‘z o‘ngida bo‘lib o‘tgan ijro 
qayta jonlanmaydi. 



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling