Mavzu: Texnik tizim xatoliklariga yo’l qo’yish sabablari Reja: Texnik tizimlar xatoliklarini baholash


Download 49 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2023
Hajmi49 Kb.
#1074735
  1   2
Bog'liq
3-ma\'ruza


Mavzu: Texnik tizim xatoliklariga yo’l qo’yish sabablari


Reja:

  1. Texnik tizimlar xatoliklarini baholash

  2. Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish



Texnik tizimlar xatoliklarini baholash
Xavfni baholash bosqichining asosiy vazifalari:
xavfni baholashda hisoblash-tahlil qilish usulini qо‘llash bilan О‘zbekiston Respublikasidagi meyoriy hujjatlariga zid bо‘lmagan, barcha rasmiy hujjatlardagi bor hisoblash usullaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
barcha kо‘ngilsiz hodisalar va ularning omillarining yuzaga kelish chastotasini aniqlash;
kо‘ngilsiz hodisalar oqibatlarini baholash;
xavf baholarini umumlashtirish.
Kо‘ngilsiz hodisalarning yuzaga kelish chastotasini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:
texnologik tizimning avariyaga moyilligi va ishonchliligi bо‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyekti spetsifikasiga yoki faoliyat turiga taalluqli statistic ma’lumotlar;
«hodisalar daraxti», «buzilishlar daraxti»ni mantiqiy tahlil qilish usullari,
inson-mashina tizimida avariyalarni yuzaga kelishining imitatsiya modellari;
ushbu soha mutaxassislarining fikrlarini hisobga olish yо‘li bilan olinadigan ekspert baholari.
Oqibatlarni baholash insonlar, mulk va/yoki atrof-muhitga kо‘rsatilishi
mumkin bо‘lgan ta’sirlar tahlilini о‘z ichiga oladi. Oqibatlarni baholash uchun
kо‘ngilsiz hodisalar (ishlamay qolishlar, texnik qurilmalar, bino va inshootlarning buzilishi, yong‘inlar, portlashlar, zaharli moddalar chiqindilari va h.)ning fizik ta’sirlari baholanishi, xavf yuzaga kelishi ehtimoli bо‘lgan obyektlar aniqlanishi lozim. Avariyalar oqibatlarini tahlil qilishda avariya jarayonlari modellari va о‘rganilayotgan obyektlarning buzilish, shikastlanish mezonlaridan foydalanish, qо‘llanilayotgan modellarning cheklanganligini inobatga olish lozim. Shuningdek, imkon qadar oqibatlar kо‘lami va ularni yuzaga kelish chastotasi о‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash lozim.
Avariyalar xavfiga berilgan umumlashtirilgan baho (yoki xavf darajasi)
xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan barcha kо‘ngilsiz hodisalarning xavf kо‘rsatkichlarini hisobga olgan holda sanoat xavfsizligi holatini aks ettirishi va quyidagilarning natijalariga asoslanishi kerak:
barcha kо‘ngilsiz hodisalar (avariya ssenariylari)ning о‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ularning xavf kо‘rsatkichlarini integrallashtirish;
olingan natijalarning noaniqligi va aniqligini tahlil qilish;
foydalanish sharoitlarining sanoat xavfsizligi talablari va qabul qilsa bо‘ladigan xavf mezonlariga muvofiqligini tahlil qilish.
Xavf baholarini umumlashtirishda, imkon qadar, olingan natijalarning
noaniqligi va aniqligi tahlil qilinishi lozim. Xavfni baholash bilan bog‘liq kо‘plab noaniqliklar mavjud. Odatda, uskunalarning ishonchliligi va insonlarning xatolari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarning tо‘liq bо‘lmasligi, qabul qilinayotgan farazlar va foydalanilayotgan avariyaviy jarayon modellariga yо‘l qо‘yish noaniqliklarning asosiy manbalari hisoblanadi. Xavfni baholash natijalarini tо‘g‘ri talqin qilish uchun noaniqliklarning xususiyatini va ularning sabablarini tо‘g‘ri tushunish lozim. Noaniqliklarning manbalari identifikatsiyalanishi (masalan, «inson omili»), baholanishi va natijalarda kо‘rsatilishi lozim.



Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling