Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari Reja: Texnika xavfsizligi qoidalari


Download 16.54 Kb.
Sana05.02.2022
Hajmi16.54 Kb.
#564863
Bog'liq
Texnika xavfsizligi qoidalari
Документ Microsoft Word, Anorganik birikmalarning eng muhim sniflari, mustaqil ish, Amaliy mashgulot, 1-amaliy, 8-AMALIY., OQ QUSH, amaliy topshiriq, Ish joyini to‘g‘ri tashkil, Qaymaqlar, yuklama, yong\'in xavfsizligi, Yongin xavfsizligi, ishlab chiqarish amaliyot hisoboti

Mavzu: Texnika xavfsizligi qoidalari


Reja:



  1. Texnika xavfsizligi qoidalari.

  2. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari.

Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo‘yicha texnika xavfsizligi qoidalarni quyidagicha umumlashtirish mumkin.


1. Ish xonasiga faqat o‘qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2. Har bir o‘quvchi faqat o‘z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda bajariladigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingni tayyorla, asboblarni to‘g‘ri va qulay joylashtir: O‘ng qo‘l bilan ushlanadigan asboblarni o‘ng tomonga, chap qo‘l bilan ushlanadiganini chap tomonga qo‘y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech qachon ikkita asbob orasiga qo‘yma, ularni doimo o‘z joyiga, o‘tkir tomonini narigi, dastasini o‘zing tomonga qilib qo‘y. Asboblarni o‘ynama, ular uyinchoq emas.
5. Ish vaqtida ish joyingni tartibli saqla.
6.O‘tmas yoki buzuq asbob bilan ishlama.
7. Asbobni ishlatganda, uni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ushla.
8. Asboblarni asra, ularni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlat, ishlatgandan so‘ng ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib qo‘y.
9. Narsani, har bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroyliroq, tartibliroq qilishga harakat qil.
10. Ishni tugatdingmi, ish joyingni tezda tozalab tartibli qilib qo‘y.


Turli asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik
texnikasi qoidalari:


Qaychidan foydalanish qoidalari.
1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqla.
2. Qaychini uchini yuqoriga qilib ushlama.
3. Qaychini ochiq holda qoldirma.
4. Qaychini yurib turganingda ishlatma.
5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘inga uzat.
6. Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo‘nalishi va
materialni ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib tur.

  1. Yaroqsiz qaychini ishlatma, o‘qituvchiga topshir.



Bigizdan foydalanish qoidalari.
1. Bigizni o‘rinsiz ishlatma.
2. Sirti silliq, sirg‘anchik qattiq predmetlarni bigiz bilan
teshma.
3.Teshiladigan predmetni qo‘lingda ushlama, uni stol, taglik
ustiga quyib tesh.


Pichoq bilan ishlash qoidalari.
1. Uchi yumaloq pichoqdan foydalan.
2. Pichoqni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ishlat, kesganda qattiq bosma.


Nina bilan ishlash qoidalari.
1. Ninani ishlatib bo‘lgach, maxsus nina yostiqchaga sanchib qo‘y.
2. Ninanni hech qachon og‘zingga olma.
3. Ortiqcha ninalarni ignadonda quruq holatda saqla.
4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab ko‘r, yetishmagan
ninalarni albatta top.
5. Qog‘oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni
albatta bigiz bilan teshib ol.
Download 16.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling