Mavzu: Tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi umumiy tavsifi 2
Download 21.66 Kb.
|
Banklarda buxgalteriya nazorat ishi
Mavzu: Tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi Reja: 1. Banklarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi umumiy tavsifi 2. Hisobvaraqlar ro‘yxati 1. Banklarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi (bundan buyon matnda hisobvaraqlar rejasi deb yuritiladi) banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‘ladi. Hisobvaraqlar rejasi banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlari ro‘yxatidan iborat. Buxgalteriya o‘tkazmalari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash hamda hisob siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalariga tuzatishlar kiritishda hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham ularning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalariga ruxsat beriladi. Hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali tizimiga asoslangan bo‘lib, u chet el valyutasidagi barcha operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‘yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig‘indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‘indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir moliyaviy operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinadi. Hisobot sanasida chet el valyutalari bo‘yicha Bosh kitoblardagi jami summalar milliy valyutaga o‘tkaziladi va amalga oshirilgan barcha moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi. Hisobvaraqlar Bosh va Yordamchi kitoblarda yuritilishini hamda bir tizimda tasniflanishi, guruhlanishi va avtomatlashtirilishini yengillashtirish, shuningdek moliyaviy operatsiyalar yozuvini tezlashtirish maqsadida kodlashtiriladi. Bosh kitobda hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:
Bunda, hisobvaraqlarni raqamli kodlashtirishda quyidagi zarur shartlar inobatga olinadi: jamlanma hisobvaraqlar uchun “MM” va/yoki “SS” nol raqamlariga ega bo‘ladi (masalan, 10000 — “Aktivlar”, 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari”); “Aktivlar” bo‘limidagi “zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun “SS” o‘rnida 99 raqami qo‘llaniladi. Shaxsiy hisobvaraqlar Yordamchi kitobda quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:
Download 21.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling