Mavzu: Til va tafakkur. Mentalingvistika Reja


Download 188.06 Kb.
bet1/22
Sana07.04.2022
Hajmi188.06 Kb.
#627865
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Saidjalolova Nodira.Til va tafakkur.Mentalingvistika
Write down the, The impact of ICT on my life, Testlar, далолатнома, далолатнома, Б.Усмонов, QO'l topi, Pedagogning tarbiyasi qiyin o, Pedagogning tarbiyasi qiyin o, Pedagogning tarbiyasi qiyin o, belgilar, tasviriy faoliyat kalendar rejasi, tasviriy faoliyat kalendar rejasi, tasviriy faoliyat sillabus, Инновацион менежмент

Mavzu: Til va tafakkur. Mentalingvistika
Reja:

  1. Til va tafakkur munosabati

  2. Til va tafakkur haqida olimlarning qarashlari

  3. Mentalingvistikaning mohiyati va o‘rganish obyekti

  4. Mentalingvistika bo’yicha ilmiy izlanishlar

Tayanch so`z va iboralarTilning ijtimoiy hodisa ekanligi, tafakkur, til va tafakkur birligi, til va nutq, fikr va nutqning o’zaro bog‘liqligi, nutq buzilishlari, mantiq, mentalingvistika, til va bilish, Ibn Sino ta’limoti, aqliy va hissiy bilish.
Tafakkur arabcha so‘z bo‘lib, fikr yuritish, oʻylash, fikrlash kabi ma’nolarni ifodalaydi.1 Tafakkur orqali obyektiv borliqni taniy boshlaymiz. Bu borada mutafakkir Alisher Navoiy shunday yozadi:
Ki har ishni qildi odamizod,
Tafakkur birla qildi oni bunyod.
Ko‘rinadiki, inson tafakkuri, zakovati va ongi eng oliy ne’mat hisoblanadi. Tafakkur fikrning ko‘pligi hisoblanar ekan, til mana shu fikrlarning voqe bo‘lishidir, ya’ni fikr (tafakkur)ning ro‘yobga chiqishida til asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Til va tafakkur uzviy bog‘liq. Tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud bo‘lolmaydi. Obrazli qilib aytadigan bo‘lsak, tansiz jon, jonsiz tan bo‘lmaganidek. Oybek “Navoiy” asarida “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deydi. Buning ma’nosi shuki, kishi qanchalik ko‘p oʻylasa, fikr yuritsa, uning qiladigan amali ham, aytadigan so‘zi ham shunchalik go‘zal bo‘ladi, boshqalarga ibrat bo‘ladi. Tafakkur, jamiyat, mehnat faoliyati davomida oʻsib, rivojlanib boradi. Demak, til va uning ko‘rinishi bo‘lgan nutq ham tafakkur bilan bog‘liq holda takomillashib boradi.
“O'zbek tilining izohli lug’ati”da tilga shunday ta’rif beriladi: “Kishilar o‘rtasida, jamiyatda o‘zaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy o‘rganilish obyekti”. Biz o‘z fikrimizni tilsiz turli vositalar bilan (qo‘l, bosh, yuz, ko‘z harakati bilan) ham bir qism ifodalashimiz mumkin. Biroq til va uni ro‘yobga chiqaruvchi nutqimizsiz ko‘zlangan maqsadga to‘liq erisholmaymiz. Inson ongi biror bir voqelik aks ettirar ekan, u so‘zlar orqali (nutq vositalari bilan) yuzaga chiqaradi. Odamzodning bolaligidan to umrining oxirigacha oladigan ilmiy va hayotiy ta’limi so‘z va til vositasida amalga oshadi. Tafakkur, til va uning yuzaga chiqaruvchi (og‘zaki, yozma shaklda) vosita so‘z bo‘lar ekan (nutq), bu borada A.Navoiyning quyidagi misralarini eslatib o‘tish maqsadga muvofiq:
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilki, guhari sharif yo‘qdur ondin.
Bilim va tafakkurni rivojlantiruvchi manba til. Olimlar ta’kidlaganidek, ona tili fani boshqa fanlarni o‘rganishda ko‘prik vazifasini o‘taydi. Boshqa fanlarga tilshunoslik orqali erishiladi. Til va nutq o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • Til – aloqa quroli. Nutq ana shu aloqa jarayonini amalga oshiruvchi vosita, aloqa shaklidir.

  • Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq tarixga ega. Nutqning umri alohida bir shaxs umri bilan teng.

  • Til muayyan bir tilda so‘zlovchilar uchun umumiy bo‘ladi. Til me’yorlaridan kelib chiqib, barchaga bir xil talab qo‘yiladi. Orfoepiya qoidasiga shu millatning barcha vakili amal qiladi.

  • Til nisbatan turg‘un, barqaror bo‘lsa, nutq doim harakatda bo‘lib, o‘zgaruvchan bo‘ladi.

  • Til va nutq o‘z birliklariga ega.

Tilshunoslik mantiq fani bilan ham uzviy aloqadordir. Ularning aloqadorlik tamoni shundaki, har ikkisi ham tafakkur bilan bog‘lanadi. Chunki tilshunoslikning o’rganish obyekti bo‘lgan til tafakkur bilan munosabatdadir. Til kishilarning olam haqidagi bilimlarini, fikrlarini boshqalarga yetkazuvchi va shakllantiruvchi vositadir. Til va tafakkur o‘zaro dialektik munosabatda ekan, ularni o‘rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o‘rtasida ham ana shunday aloqalar mavjud.
Mental lotincha mens, mentis-aql-idrok demakdir. Mantiq arabcha so‘z bo‘lib, nutq, til, so’zlash, logika kabi ma’nolarni ifodalaydi. Mantiq to’g’ri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan.2 Mantiq – tafakkur shakllari qonunlari va usullarini o‘rganadi. U inson fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo‘lishini taminlaydi. Shunday ekan, mantiq tilshunoslikning grammatika bo‘limi bilan bevosita munosabatdadir. Chunki tushuncha so’z va so’z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Har bir kishi uchun grammatikani bilish qancha zarur bo‘lsa, mantiqning shakl va qonunlarini o‘zlashtirish ham shunchalik zarurdir.3
Mantiq shakllari tushuncha, xulosalar hamma xalqlar uchun umuniy bo‘lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli-tumandir. Shuning uchun ham har bir til boshqasidan farq qiladigan o‘z grammatikasiga ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, mantiq bilan grammatika bir-biri bilan bog‘liq, ular bir-birlarini to‘ldiradi.
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarni saqlovchi va kelajak avlodga yetkazuvchi vositadir. Ana shu vazifalarini e’tiborga olganda, til-ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyat uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan til muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida moddiylashadi. Uchinchidan, til va tafakkur o‘zaro ajralmasdir. Til fikrni, shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur muayyan shaklni o‘zida namoyon etadi. Tilshunoslikni ana shu jihatdan mantiq, psixologiya fanlari tizimiga kiritish mumkin bo‘ladi. To‘rtinchidan, til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Bu jihatdan u jonli organizmga o‘xshaydi. Ana shu xususiyatlarini o‘rganish jihatidan tilshunoslik biologiya fani bilan umumiy belgilarga ega ekanligini isbotlaydi.
Kishilar odatda bir-birlari bilan til orqali munosabatda bo‘ladi. Demak, til va tafakkur chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalab bo’lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi.
Fikr tilda voqelashadi, tilda mavjud bo’ladi. Ongingizda paydo bo’ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‘zlar vositasi orqali voqe bo‘ladi.
Til faqat kishilarga xos bo‘lganidek, tafakkur ham kishilarga xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan bog‘liqdir.
Lekin tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o’xshash narsa deb tushunish xatodir. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifolaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Shuning uchun ham til grammatikaning o’rganish obyekti hisoblansa, tafakkur mantiq ilmining o‘rganish obyektidir.4
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Taffakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham, tafakkur ham mehnat jarayonida, kishilik jamiyatida shakllangan.
Til birliklari - fonema, morfema, so‘z, gap bir butun holda, mantiqiy tushunchalar - his-sezgi, idrok, tafakkur bilan uzviy bog‘liqdir .

Download 188.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling