Mavzu: To’liq metamafoz orqali rivojlanadigan hashorotlarning turkumklari


Download 1.81 Mb.
Sana04.05.2020
Hajmi1.81 Mb.
#103226
Bog'liq
Toliq metamarfoz bilan rivojlanuvchi hashorat

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universisteti Tabiiy fanlar fakulteti 105-gurux talabalari Nuriddinov Asliddin va Xolmamatov Nodirbek tayyorlagan Mustaqil ishi

Mavzu:To’liq metamafoz orqali rivojlanadigan hashorotlarning turkumklari

  • Reja:
  • 1.To’liq metamarfoz bilan rivojlanuvchi hashoratlar
  • 2.Qong’izlar yoki qattiq qanotlilar turkumi
  • 3.Kapalaklar yoki tangachaqanotlilar turkumi
  • 4.Parqanotlilar turkumi
  • 5.Pashshalar yoki ikki qanotlilar turkumi
  • 6.Burgalar turumi
  • To’liq o’zgarish (golometobolik) oraqli rivojlanuvchi hashoratlar.
  • To’liq o’zgarish (golometobolik) oraqli rivojlanuvchi hashoratlar to’liq metamarfozni o’tab rivojlanadi
  • Bunda ontogenez
  • Metamarfoz davri turli hashoratlarda turlicha bo’ladi.Ba’zilaria lichinkalik dari juda uzoq davom etadi,voyaga yetganda qisqa umr ko’radi
  • Shundan ikki qanotlilarni yer yuzida 120000 turi uchrasa
  • O’zbeksitonda 10000 turi uchraydi
  • Xozirgi vaqtda 1mln.ga yaqin hashorot turi borligi fanga ma’lum.Ular 1.5 mln.dan kam emas degan fikirlar ham mavjud,chunki har yili 7-8 ming tur(yangi)aniqlanmoqda
  • Qattiqqanotlilarni 250000 turidan - 3000 turi;
  • Tangachaqanotlilarni 150000 turidan – 1500 turi;
  • Pardaqanotlilarni 300000 turidan – 3000 turi uchraydi va h.k.z

Qo’ng’izlar yoki qattiqqanotlilar turkumi

  • Qong’zlar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan va turli hayot sharoitlarda yashaydi.250 mingdan ortiq turi ma’lum.Ko’krak qismi qalqonsimon xitin bilan qoplangan, ustki qanoti qattiq xitinlashgan,ost qanoti yupqa – nozik, ost qanotlari uchishga moslashgan.Ba’zan soddalashgan qo’g’izlarda ostki qanot yoqolib,ust qanoti qoshilib osib ketgan.Og’iz organi kemiruvchi tipga aylangan.

Qo’ng’izlar turlicha – kata kichiklikda va turli rangda bo’lib, kopincha ularning rangi – tashqi muhit rangidan aniq ajraladi.Boshida turli shakldagi bir juft mo’ylovlari, murakkab va soda ko’zlar,kuchli kavshovchi og’iz organi joylashgan.Qalqonsimon xitin bilan himoyalangan ko’krak bo’g’imlarida turli avlodlarida xilma – xil tuzilgan oyoqlar joylashgan

  • Qo’ng’izlar nerv faoliyati va instinkt kuchli rivojlanagan.Ba’zida qo’ng’izlaring urg’ochisi yog’och qirindilaridan foydalanib,lichinkalarning ozig’i uchun zamburug’ ekib kopaytirsa,so’ng qo’ng’iz bu maqsadda go’ng to’plab go’ngdan lichinka ozig’i tayyorlaydi.
  • Kapalaklar yoki tangachaqanotlilar turkumi
  • Kapalaklar yer yuzida tarqali va xilma – xil jihatdan birinchi o’rinni egallagan va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan hashoratlardir. Og’iz organi soruvchi(xartumcha) tipida,qanotlari tangachalar bilan qoplangan, qurt deb ataluvchi lichinkalari ko’krak oyoqlaridan boshqa 3-5 juft qorincha oyoqlari bor
  • Kapalakning qanotlari (ayniqsa ust qanot) kata va turli shakldagi nozik va yupqa shakldagi tangachalar bilan qoplangan.Bular ma’lum tartiba biri ikkinchisining asosini qoplab joylashgan.Hid tarqatuvchi bezlari yaxshi rivojlangan ( ba’zi turlarida tangachalar hid tarqatadi).
  • Kapalaklar (xususan issiq qita’alarda tarqalgan turlar) keng qanotlari chiroyli ranglarda tovlanadi.Rangini tangachalardagi pigmentlar vujudga keltiradi
  • Katta yoshli kapalaklar hammasi deyarli gul sharbati, ba’zilari o’simlik shoxchasi bargi yoki tanasidan ajraladigan sharbat bilan oziqlanadi.Qurti ba’zan o’ziga nisbatan ancha kata bo’lib og’iz o’rgani kavshovchi(kemiruvchi) tipda tuzilgan.
  • Kapalak qurtining hammasi deyarli o’simlik mahsuloti bilan oziqlanadi.Shuning uchun ham bu hashoratlarning kopchiligi o’rmonzorlar,meva daraxtlari va deyarli hamma ko’katsimon madaniy o’simlikarga kata zarar yetkazadi.

Pardaqaotlilar(Hymenoptera)

  • Bu turkumga mansub chumolilar,arilar,qovog’ ari,asal ari, parazitlik bilan ko’payadigan mayda parda qanotlilar va boshqa nihoyatda xilma-xil turlari yuqori darajada taraqqiy etgan va nerv faoliyati yaxshi rivojlangan hashoratlar hisoblanadi.300 mingdan ortiq turi ma’lum.
  • Turkumning hamma avlodlarining og’iz organi kavshovchi –yalovchi yoki kavshovchi so’ruvchi tipda; ikki juft qanoti pardasimon – tomirlashgan , bir qancha turlarining urg’ochilarida tuxum qoyuvchi o’simta nayzaga aylangan,lichinka (qurtlarida) oyoq bolmaydi.

Chumolilar – eng ko’p tarqalgan polimorf (xar xil individli) koloniya bolib yashovchi pardaqanotlilardir.Bularning juda ko’p turlari tropik qit’alarda tarqalgan.Rossiyada uchraydigan turlaridan qora chumoli, o’rmonda yashovchi qizil chumoli va boshqa xil o’rmon zararkunandlalarini qirishda kata ahamiyatga ega.

  • Mazkur chumolilar koloniyasi tuproqda ancha kata uya yasab yashaydi.Koloniya “ona” chumoli,erkak(faqat urchish paytida yetishadigan erkaklari keyin o’lib ketadi),”ishchi chumolilar” va “soldat” lardan tarkib topadi.Polimorfizm “Ona” chumoli dastlab o’zi mustaqil ovqatlanib lichinkalarni boqadi
  • Pashshalar yoki ikkiqanotlilar (Diptera) turkumi
  • Ikkiqanotlilar-turlar soning ko’pligi va xilma-xilligi bilan birinchi o’rinni egallagan va yer yuzida eng kop tarqalgan hashoratlardan biridir
  • Ikkiqanotlilar tanasi ixcham tuzulgan og’iz organi sanchuvchi – so’ruvchi tipda, kokrak bo’g’imlarini katta va faqat ustqanotlar saqlangan.
  • Murakkab katta ko’zi boshining katta qismini egallagan.Mo’ylovlari uzun parsimon yoki kalta;ko’krak bo’g’imlari xitin bilan qoplangan,qorincha qismi kattaroq boladi.Oyoqlari xar xil uzunlikda.
  • Uzun mo’ylovli pashshalar (Nemotocera)kichik turkumiga mansub ikki qanotlilarning oyoqlari, mo’ylovlari juda uzun va tukli. Qurtlarning boshi katta, tanasi taksimon o’simtalar bilan qoplangan; og’iz organi yaxshi rivojlangan.
  • Chivin (kechki – chaquvchi pashsha) lar kechasi hayot kechiradi, urg’ochilari qon sorib oziqlanadi.Keng tarqalgan kuleks chivini qushlarda bezgak parazitini tarqatadi. Bezgak chivini – anopheles odamga uch xil parazit – qon plazmodiylarini tarqatib, xavfli bezgak kasalini tez tarqalishiga sabab bo’ladi.

Burgalar (Aphanipthera) turkumi

  • Burgalar – mayda ektoparazit (ba’zilari entoparazit) hashoratlar bo’lib,parazitlik bilan hayot kechirishga ko’chganligidan qanotlari butunlay yo’qolgan.Uzun va muskullashgan orqa oyoqlari yordamida sakrab ancha tez harakatlanadi.Tanasining ustki qismi va oyoqchalari sezgir tukchalar bilan qoplangan.
  • Burga – “xojayinlariga” ortiq darajada ixtisoslashgan hashorat.Masalan odamda uchraydigan burga it,mushuk,sichqon kalamush va boshqa sutemizuvchilarga o’tib yashay oladi.Mazkur hayvonlarda bo’ladigan burgalar odamlarda ham uchrashi mumkin

E’tiboringiz uchun tashakkur


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling